Seydametov Saidahmad Raxmatullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Po‘latni induksion tigelli pechda qattiq shlakli aralashmalardan foydalanib desulfuratsiyalash texnologiyasini takomillashtirish», 
05.02.01– « Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5334.
Ilmiy rahbar: Tursunov Nodirjon Qayumjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:  Abduraxmanov Umarbek  fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ermatov Ziyadulla Dosmatovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuk vagonlarini yon ramalarini ekspluatatsion xossalarini yaxshilash uchun, qattiq shlak aralashma yordamida induksion tigelli pechda metallni desulfuratsiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
induksion tigel pechida harorati past bo‘lgan qattiq shlak aralashmalari yordamida mahalliy va ikkilamchi metallarni erish desulfuratsiya darajasini 60 % gacha oshirish usuli yaratilgan;
20GL markali po‘lat olish uchun induksion tigel pechida metallni qattiq shlak aralashmalari yordamida desulfuratsiya jarayonini termodinamik va kinetik modeli ishlab chiqilgan;
qattiq shlak aralashmalari miqdorini metallarni desulfuratsiya jarayoni texnologik parametrlariga ta’siri asosida induksion tigel pechida metallni rafinirlash texnologiyasi takomillashtirilgan;
metall eritmalari kompoziyasiyasini induksion tigel pechida desulfuratsiyalash asosida mahalliy va ikkilamchi xomashyolardan harakatlanuvchi tarkib yuk vagonining yon ramasini ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Po‘latni induksion tigelli pechda qattiq shlakli aralashmalardan foydalanib desulfuratsiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida 20GL markali po‘lat olish uchun induksion tigel pechida metallni qattiq shlak aralashmalari yordamida desulfuratsiyalash texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining № 4/E1029-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oltingugurt miqdorini 0,033...0,015% dan kam bo‘lishiga erishish bilan desulfuratsiya darajasini, tayyor mahsulot sifati va uning mexanik xususiyatlarini, metallning makro va mikrostrukturasini, temir yo‘l aravachalari sifatli detallarining chiqishini 40% ga oshirish va qimmatbaho toza lomni arzonrog‘iga almashtirish (amaldagi texnologiyaga nisbatan) imkonini bergan;
temir yo‘l xarakatlanuvchi tarkib yuk vagonlarining yon ramasini quyma detalini ishlab chiqishda induksion tigel pechida qattiq shlak aralashmalarining ratsional tarkibini tanlash, metall tarkibidagi oltingugurtning yakuniy miqdorini va desulfuratsiya jarayonidagi asosiy texnologik ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun EHM kompyuter dasturi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining № 4/E1029-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, temir yo‘l xarakatlanuvchi tarkib yuk vagonlarining yon ramasini quyma detalini ishlab chiqishda induksion tigel pechida qattiq shlak aralashmalarining ratsional tarkibi miqdorini aniqlash, metall tarkibidagi oltingugurtning yakuniy miqdorini va desulfuratsiya jarayonidagi asosiy texnologik ko‘rsatkichlarni hisoblash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish