Parmanov Oybek Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ctato-dinamik buzilishlarning keksalardagi klinik diagnostik xususiyatlari va davolash profilaktikasi chora-tadbirlarini takomillashtirish”, 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2PhD/Tib4571.
Ilmiy rahbar: O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Qilichev Ibodulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: Stato-dinamik buzilishlarni keksalarda klinik tashxislash va davolash profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa yoshdagi bemorlarda stato-dinamik buzilishlar rivojlanishining salbiy prognostik omillari sifatida komorbid kasalliklardan ko‘ra, kognitiv buzilishlarning ustunlik qilishi isbotlanib, kognitiv disfunksiyalar bilan muvozanat va yurish buzilishlari orasida kuchli to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi asoslangan;
keksa yoshdagi bemorlarda stato-dinamik disfunksiyalarni erta tashxislash va rivojlanish ehtimolligini bashoratlashda serebral gemodinamik (rezistentlik indeksining oshishi, tomir elastikligi zararlanishi, IMK qalinlashish tendensiyasi) buzilishlarning hamda MRTdagi (leykoareoz, ensefalomalyasiya, neyrodegenerativ o‘zgarishlar) natijalarning diagnostik ahamiyati asoslangan;
keksa yoshdagi bemorlarda stato-dinamik buzilishlarni davolashda hamda oldini olishdakompleks patogenetik terapiyaga bioakustik korreksiya usulining samaradorligi isbotlangan;
klinik, nevrologik, gemodinamik va neyrovizual tekshiruvlar tahliliga asosan keksa yoshdagi bemorlarda stato-dinamik buzilishlarni oldini olishning algoritmi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali bosh miya ishemiyasi bilan og‘rigan statodinamik buzilishlari mavjud bemorlarda klinik-nevrologik, neyropsixologik, neyrovizual tekshiruvlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida amaliyotga tat’biq qilish materiallari ishlab chiqilgan. Stato-dinamik buzilishlari mavjud bemorlarni kompleks davolashdan olingan ilmiy natijalar asosida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 28-fevral «Keksa bemorlarda postural beqarorlikni davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (25-m/040-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi bemorlarda gabapentin va fizioterapevtik, psixoterapevtik korreksiya qo‘llanilishining klinik ahamiyatini ochib berish, klinik- nevrologik xususiyatlarni aniqlash imkonini bergan.
birinchi ilmiy yangilik: keksa yoshdagi bemorlarda stato-dinamik buzilishlar rivojlanishining salbiy prognostik omillari sifatida komorbid kasalliklardan ko‘ra, kognitiv buzilishlarning ustunlik qilishi isbotlanib, kognitiv disfunksiyalar bilan muvozanat va yurish buzilishlari orasida kuchli to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: keksa yoshdagi bemorlarda statodinamik buzilishlarning klinik xususiyatlari ularning yondosh kasalliklarini hisobga olgan holda har tomonlama o‘rganilib, bu ularning paydo bo‘lish mexanizmlarini va umumiy salomatlik holatiga qarab aniqroq tashxislash va maqsadli davolashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: keksa yoshdagi bemorlarda statodinamik buzilishlarning statsionarga murojaatlari soni qisqarishi va davolanish ko‘rsatmasi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 1000000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: statodinamik buzilishlarida og‘ir asoratlarning oldini olish bartaraf etish orqali kuzatilishi mumkin bo‘lgan nevrologik asoratlarni oldini olish hisobiga bemorlarning reanimatsion va statsionar xarajatlaridan har 1 bemor uchun byudjet mablag‘lari hisobidan 1540000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 615000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik. keksa yoshdagi bemorlarda stato-dinamik disfunksiyalarni erta tashxislash va rivojlanish ehtimolligini bashoratlashda serebral gemodinamik (rezistentlik indeksining oshishi, tomir elastikligi zararlanishi, IMK qalinlashish tendensiyasi) buzilishlarning hamda MRTdagi (leykoareoz, ensefalomalyasiya, neyrodegenerativ o‘zgarishlar) natijalarning diagnostik ahamiyati asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: keksa yoshdagi bemorlarda statodinamik disfunksiyalarni erta tashxislash va rivojlanish ehtimolligini bashoratlashda insturmental tekshirish usullarining natijalari kasallikning kuchayishini oldini olish, bemorlar salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash orqali nogironlikka olib keluvchi asoratlarni kamaytirib, tibbiy yordam samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik simptomlarni, instrumental ko‘rsatkichlarni erta aniqlanganda bemorlarning statsionarga murojaatlar soni 4 martaga kamaydi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan 108500 so‘m, byudjetdan tashqari 102300 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: statodiamik buzilishlari mavjud bemorlarda klinik va instrumental ko‘rsatkichlarni erta tashxislash hisobidan har 1 nafar bemordan 135100 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi uchinchi ilmiy yangilik. keksa yoshdagi bemorlarda stato-dinamik buzilishlarni davolashda hamda oldini olishdakompleks patogenetik terapiyaga bioakustik korreksiya usulining samaradorligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi:asoratlarning og‘irligini kamaytirish va kasallikning rivojlanish sur’atini sekinlashtirish uchun kompleks davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va kompleks patogenetik terapiyaga bioakustik tuzatish usulini kiritish samaradorligi baholanib, shifoxona yuklamasi va xarajatlar kamayishiga, hamda nogironlik ko‘rsatkichlarining pasayishi va profilaktik tadbirlarning samaradorligi ortishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: yangi va kam o‘rganilgan diagnostik yondoshuv usullari davolash samaradorligini oshirish, kasallikning kuchayishini oldini olishga erishildi. Shu orqali murojaatlar soni 3 martaga kamaydi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 704000 so‘m, byudjetdan tashqari 392000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Davolash jarayonini samarali tashkil etish, shifoxonaga qayta murojaatlar sonini kamaytirish, mutaxassis ko‘rigi va laborator tahlillar sonining qisqartirish hisobidan har bir nafar bemordan 533200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. klinik, nevrologik, gemodinamik va neyrovizual tekshiruvlar tahliliga asosan keksa yoshdagi bemorlarda stato-dinamik buzilishlarni oldini olishning algoritmi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: statodinamik buzilishlari mavjud bemorlarni erta tashxislash peabilitasiya chopa-tadbiplapi algopitmi ishlab chiqilgan. Bu o‘z navbatida davolash muddati va resurslar sarfini qisqartirdi, shifoxonaga qayta murojaatlar soni kamaydi, hamda mehnatga layoqatni tiklash tezlashdi. Iqtisodiy samaradorligi: Statodinamik buzilishlardan keyin nogironlik holatlarining kamayishi, profilaktika chora tadbirlarining samaradorligi hisobiga statsionar sharoitda qo‘llaniladigan tadbirlariga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 1435000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: klinik, nevrologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib Statodinamik buzilishlardan keyingi asoratlarni bemorlarda erta bashoratlash va profilaktik algoritmini qo‘llash kasallikni oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Surunkali miya ishemiyasi bilan og‘rigan statodinamik buzilishlari mavjud bemorlarda klinik- nevrologik xususiyatlarni o‘rganish, vegetativ buzilishlarni erta tashxislash va davolash muddatlarini qisqartirish, profilaktik yordam sifatini oshirish maqsadida sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan Buxoro viloyati Kogon shaxar tibbiyot biplashmaci (12.03.2025 y; buyruq (№700-2-208-TV/2025 son ma’lumotnomasi)., Navoiy viloyati ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazi (17.03.2025; buyruq №36 son). klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Uning natijasida kasallik kechishi barqarorlashgan, bemorlarni kasalxonada davolanish muddatlari kamaygan va ularning hayot sifati ijobiy tomonga o‘zgarishi kuzatilgan. Ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21 sonli xulosasi olingan.