Yuldoshev Farrux Uktomovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“Oliy ta’lim muassasalarida  “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirish metodikasi” 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped8017.
Ilmiy rahbar: Tursunov Samar Qo‘zievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raximov Xolmurot Abdullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
 Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida  “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishning pedagogik mazmuni tarmoqning strukturaviy tuzilmasini interfeysli-texnik modellashtirish talabiga ko‘ra qayta aloqani ta’minlash imkoniyatlari raqamli semantik intellektning virtual voqelikni loyihalash ko‘nikmasiga ta’sirini pedagogik refleksiyaga bog‘liq baholash asosida takomillashtirilgan; 
“Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishning dasturiy-didaktik ta’minoti kasbiy tayyorgarlik kontekstidagi funksional holat negizida raqamli kontent bilan ishlashning pedagogik madaniyatini shakllantirish muhimligiga ko‘ra web-ma’lumotlarni polimodal xususiyatlarga bog‘liq pedagogik maqsadlarda loyihalash ko‘nikmasining kogerent muhitda namoyon bo‘lishiga pedagogik refleksiya orqali erishish asosida takomillashtirilgan;
“Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasi mustaqil ta’limning intensivligi va kooperativligi tufayli raqamli assimilyativ jarayondagi kommunikativ, konstruktiv ko‘nikmalarning pedagogik persepsiya ta’sirida rivojlanishini online feedback baholashni mediaidentifikatsiya asosida qo‘llashga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligi o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash, ilmiy axborotlarni saralash, qayta ishlashdagi dasturiy-didaktik ta’minot ta’lim jarayonining optimallashuviga olib kelganligi tufayli tarmoq-texnologiya.uz platformasini kasbiy identifikatsion interfeyslar asosida multimodal ta’lim resurslari va proforientatsion multimediali kontentlar ishlab chiqish orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Oliy ta’lim muassasalarida  “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishning dasturiy-didaktik ta’minotini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalar:
Oliy ta’lim muassasalarida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishning pedagogik mazmunini tarmoqning strukturaviy tuzilmasini interfeysli-texnik modellashtirish talabiga ko‘ra qayta aloqani ta’minlash imkoniyatlari raqamli semantik intellektning virtual voqelikni loyihalash ko‘nikmasiga ta’sirini pedagogik refleksiyaga bog‘liq baholash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2973/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga erishilgan.
“Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishning dasturiy-didaktik ta’minotini kasbiy tayyorgarlik kontekstidagi funksional holat negizida raqamli kontent bilan ishlashning pedagogik madaniyatini shakllantirish muhimligiga ko‘ra web-ma’lumotlarni polimodal xususiyatlarga bog‘liq pedagogik maqsadlarda loyihalash ko‘nikmasining kogerent muhitda namoyon bo‘lishiga pedagogik refleksiya orqali erishish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2973/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dasturiy-didaktik ta’minoti vositasida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
“Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini mustaqil ta’limning intensivligi va kooperativligi tufayli raqamli assimilyativ jarayondagi kommunikativ, konstruktiv ko‘nikmalarning pedagogik persepsiya ta’sirida rivojlanishini online feedback baholashni mediaidentifikatsiya asosida qo‘llashga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2973/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida dasturiy-didaktik ta’minot vositasida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligi oshgan.
Oliy ta’lim muassasalarida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash, ilmiy axborotlarni saralash, qayta ishlashdagi dasturiy-didaktik ta’minot ta’lim jarayonining optimallashuviga olib kelganligi tufayli tarmoq-texnologiya.uz platformasini kasbiy identifikatsion interfeyslar asosida multimodal ta’lim resurslari va proforientatsion multimediali kontentlar ishlab chiqish orqali oshirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-maydagi 11-05-2973/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dasturiy-didaktik ta’minot vositasida “Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitish mazmuni boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish