Qudratillaev Jaxongir Zokirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Internetdan foydalanish huquqining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari”, 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1032.
Ilmiy rahbar: Bekov Ixtiyor Rustamovich, yuridik fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Muhitdinova Feruza Abdurashidovna; yuridik fanlar nomzodi, dotsent Xakimov G‘ulomjon Turg‘unpulatovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida Internetdan foydalanish huquqining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar tizimida insonning subektiv huquqi sifatida Internetdan foydalanish huquqi konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, Internetdan foydalanish huquqining mustaqil va umume’tirof etilgan inson huquqi sifatida shakllanishi bilan bog‘liq tendensiyalarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi hamda axborotni izlash, olish va tarqatish huquqini amalga oshirishning kafolati sifatida davlatning Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini belgilash zarurligi asoslangan;
axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashning aniq chegarasi va asoslarini belgilash zarurligi asoslangan;
Internetdan foydalanish huquqini asossiz va nomutanosib cheklanishini oldini olish uchun insonning huquq va erkinliklarni cheklashning aniq chegarasi va asoslarini belgilash zarurligi asoslangan;
bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) komissiyalari vakolatli tashkilotida kiritilishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
davlatning Internetda axborot izlash, olish va tarqatish huquqini ta’minlash bilan bog‘liq majburiyatlariga oid taklif 2023-yil 1-maydagi O‘RQ-837-son “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida (33-modda 3-qism) o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2024-yil 7-oktyabrdagi 02/6-09-67-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlatning Internetdan foydalanish huquqini ta’minlash bilan bog‘liq texnik va notexnik majburiyatlari Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilishiga xizmat qilgan;
axborotni izlash, olish va tarqatish huquqi bilan bog‘liq cheklovlarga oid takliflar 2023-yil 1-maydagi O‘RQ-837-son “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiyaviy Qonunida (33-modda 4-qism) o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2024-yil 7-oktyabrdagi 02/6-09-67-sonli dalolatnomasi). Unga ko‘ra axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yilishi nazarda tutadi. Mazkur cheklovlarning Konstitutsiyada belgilanishi Internetdagi qanday xususiyatdagi ma’lumotlar cheklanishi mumkinligini aniqlashga xizmat qilgan;
insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkinligi, ya’ni qaysi hollarda inson huquq va erkinliklarini cheklanishi mumkinligi oid takliflar 2023-yil 1-maydagi O‘RQ-837-son “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiyaviy Qonunida (21-modda 3-qism) o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2024-yil 7-oktyabrdagi 02/6-09-67-sonli dalolatnomasi). Bu orqali Internetdan foydalanish huquqining cheklanish doirasi va cheklovning mutanosibligi Konstitutsiya darajasida belgilab qo‘yilishiga xizmat qilgan;
bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar tizimiga oid takliflar 2023-yil 11-apreldagi
O‘RQ-829-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan 2017-yil 8-sentyabrdagi O‘RQ-444-son “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunida (7-modda 1-qism 3-xatboshi, 9-modda nomi, 9-modda 1-qism 1-xatboshi va 9-modda 2-qismi) o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2024-yil 7-oktyabrdagi 02/6-09-67-sonli dalolatnomasi). Natijada bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) komissiyalari ham vakolatli tashkilotga aylandi.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan Internetdan foydalanish huquqini ta’minlashga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.