Ro‘ziev Abdumalik Ortig‘alievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishini baholash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.Dsc/Iqt733.
Ilmiy maslahatchi: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Dsc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduvoxidov Abdumalik Maxkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Elmurod Abducattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘chqorov Tohir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar rivojlanishida iqtisodiy resurslar majmuasidan samarali foydalanish darajasini oshirishni baholashning nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
milliy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar qo‘llashni takomillashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etishning nazariy-uslubiy asoslari ishlab chiqilgan va uni tadbiq etishni tizimli baholash metodologiyasi rivojlantirilgan hamda amaliy jihatlari asoslangan;
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida raqamli texnologiyalarga asoslangan faoliyatni axborot bilan ta’minlashning yangi usullari belgilangan, bu usullarda ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan intellektual qayta ishlash va bir nechta tadbirkorlik sub’ektlari bilan AT infratuzilmasidan birgalikda foydalanish zarurati asoslangan;
ma’lumotlarni boshqarish axborot tizimini amalga oshirishni raqamli texnologiyalar faoliyati sifatida qaralishi kerakligi asoslangan hamda elektron hukumat elementlari tizimining mantiqiy-funksional bog‘liqlik sxemasi ishlab chiqilgan;
milliy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarning samaradorligini oshirishga uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan; unda predmet sohada birinchi bo‘lib mamlakatda raqamlashtirilgan axborot resurslarining iqtisodiy funksionallik indeksi (MRARIIFI) tushunchasi ishlab chiqilgan;
raqamli texnologiyalar faoliyatida iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishning miqdoriy va axborot-tahlil metodologiyasi hamda «Raqamli O‘zbekiston-2030» Strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari tahliliga o‘zaro tizimli yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ish natijalari asosida:
axborot (ma’lumot) resurslari dinamikasining monitoringini olib borish hamda ularni optimallashtirish mumkin bo‘lgan jihatlarini aniqlash hamda raqamli texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishini baholash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan metodologik tushincha, MRARIFI tushunchasining kiritilishi va amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha taklifi “UZTELEKOM” AKda foydalanilgan (2025 yil 22 avgustdagi 09-106-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnat unumdorligi 3-4 foizga oshgan, tadqiqot ishida taklif etilgan ma’lumotlarni shakllantirishga yondashuvni tatbiq etilishi natijasida bu ishlarni yuritishga ketadigan xarajatlar 3-5 foizgacha qisqargan. Bu esa tejab qolingan mablag‘larni tashkilot raqobatbardoshligini oshirish va xodimlarni rag‘batlantirish sharoitlari yaratilishiga imkon beradi;
mamlakatni raqamlashtirishda axborot resurslarining iqtisodiy funksionallik indeksi «UZTELEKOM» AK faoliyatida foydalanilgan 2025 yil 22 avgustdagi 09-106-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamli texnologiyalar infratuzilmasi ko‘rinishidagi «UZTELEKOM» AKning faoliyat samaradorligi 5 foizga oshgan. O‘z navbatida, kompaniya xarajatlarini maqbul chegaralarga muvofiq shakllantirish imkoni yaratilgan. Natijada tashkilot oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida inson omili darajasini kamaytirib faoliyatni shaffof yuritilishiga va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirilishiga olib keladi;
«Raqamli O‘zbekiston-2030» Strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlarini raqamlashtirish sohasidagi joriy statistik ma’lumotlar bilan bog‘liqligini aniqlashning tizimli tahlillari usullari «UZTELEKOM» AKda foydalanilgan 2025 yil 22 avgustdagi 09-106-sonli ma’lumotnoma. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, kompaniya mijozlari bilan ishlash unumdorligi 5-7 foizga oshgan va bu ishlarni raqamlashtirish evaziga xarajatlar 3-5 foizga tejalishi hisob-kitob qilinganligi bir tomondan strategik maqsadlarni belgilab olish va yuqori malakali yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatini bersa, boshqa tomondan aholiga sifatli xizmat taqdim etish va xizmatlar uchun barqaror narx belgilash imkoniyatlarini kengaytiradi.
«O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB faoliyatida tadbirkorlik sub’ektlari bilan ishlash jarayoniga dissertatsiya tadqiqoti tadqiqoti taklif va tavsiyalar, ishlab chiqilgan metodologiyalarni joriy etilishi axborot (ma’lumot) resurslari va jarayonlarini optimallashtirish imkonini bergan va bu resurslardan foydalanish natijasida unumdorlik 4-6 foizga oshib, taklif etilgan yondashuvni tatbiq etish natijasida tegishli ma’lumotlarni shakllantirishga ketadigan xarajatlar 6-8 foizgacha qisqargan va umumiy faoliyat samaradorligi 5-7 foizgacha oshgan («2025 yil 21 avgustdagi № 01-01/19965-sonli ma’lumotnoma). Mazkur taklifning prognoz ko‘rsatkichlari va ishlab chiqilgan metodologiyalarni joriy etilishi axborot (ma’lumot) resurslari va jarayonlarini optimallashtirishi mavjud salohiyatdan samarali foydalanish bilan birga bank xizmatlari iste’molchilari talablariga e’tibor qaratish samarali mexanizmlarini joriy etish imkoniyatini yaratadi.
raqamlashtirish sohasidagi joriy statistik ma’lumotlarni «Raqamli O‘zbekiston-2030» Strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini tizimli tahlillari bo‘yicha xulosalarini «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB faoliyatida foydalanilgan («2025 yil 21 avgustdagi № 01-01/19965-sonli ma’lumotnoma). Mazkur amaliy taklifning qo‘llanilishi, ya’ni axborot jarayonlarini raqamlashtirilishda tegishli axborot resurslarining iqtisodiy funksionallik indeksini amalda qo‘llanilishi natijasida bank mijozlari bilan faoliyatni yuritishga ketadigan umumiy xarajatlarni 7 foizga tejab qolinishiga imkon berganligi taqdim etilayotgan takliflar tannarxini kamaytirib, aholi raqamli faolligini oshirilishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.