Zoyirov Laziz Subxonovichning
iqtisodiyot fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta tashkilotlarining investisiya portfelini optimallashtirishda ESG-standartlari va “Yashil moliya” konsepsiyalarini integratsiyalash yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt925.
Ilmiy maslahatchi: Belgilanmagan.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Toshpulatov Davron Akromovich.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sug‘urta tashkilotlarining investisiya portfelini optimallashtirishda ESG-standartlari va “yashil moliya” konsepsiyalarini integratsiyalash yo‘nalishlariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yashil sug‘urta mahsulotlari bo‘yicha sug‘urtalovchilarning bank hisoblarida o‘tgan o‘n ikki oy mobaynida ekologik xavflardan kelib chiqqan sug‘urta tovonlari summasining kamida 3 foizi miqdorida mablag‘lar mavjud bo‘lishi talabiga rioya qilmaganlik uchun lisenziyasining vaqtincha to‘xtatish taklif etilgan;
sug‘urtalovchilar bankrot deb topilganda, yashil sug‘urta badalining 80 foizi miqdoridagi mablag‘ sug‘urta qildiruvchilarning ekologik sug‘urta to‘lovlari yoki mukofotlarining etishmaydigan qismini moliyalashtirishga yo‘naltirish taklif etilgan;
ESG-standartlari asosida shakllangan yashil investisiya portfeli orqali sug‘urta kompaniyalarining investisiya risklarini kamaytirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida investisiya faoliyatini diversifikatsiya qilish taklif etilgan;
sug‘urta sohasida yashil moliya standartlariga mos investisiya portfelini shakllantirish va davlat ulushidagi aksiyalarni mahalliy va xorijiy investorlar uchun qo‘shimcha chiqarish orqali kompaniyalar kapitalini oshirib borish taklif etilgan;
sug‘urta sohasida yashil moliya talablariga muvofiq ESG-standartlari asosida investisiya portfelini diversifikatsiya qilib, sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning ustav kapitalini bosqichma-bosqich ko‘tarish orqali kapitallashuv darajasini ikki barobar oshirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘urta tashkilotlarining investisiya portfelini optimallashtirishda ESG-standartlari va “yashil moliya” konsepsiyalarini integratsiyalash yo‘nalishlari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
yashil sug‘urta mahsulotlari bo‘yicha sug‘urtalovchilarning bank hisoblarida o‘tgan o‘n ikki oy mobaynida ekologik xavflardan kelib chiqqan sug‘urta tovonlari summasining kamida 3 foizi miqdorida mablag‘lar mavjud bo‘lishi talabiga rioya qilmaganlik uchun lisenziyasining vaqtincha to‘xtatish taklifi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan. (“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 22-sentyabrdagi 01/1-32-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanadi sug‘urta tovonlari uchun etarli mablag‘lar bank hisoblarida saqlanishi orqali mijozlarning huquqlari himoyalanishga erishilgan.
sug‘urtalovchilar bankrot deb topilganda, yashil sug‘urta badalining 80 foizi miqdoridagi mablag‘ sug‘urta qildiruvchilarning ekologik sug‘urta to‘lovlari yoki mukofotlarining etishmaydigan qismini moliyalashtirishga yo‘naltirish taklifi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan. (“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 22-sentyabrdagi 01/1-32-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, sug‘urta qildiruvchilarning ekologik tovonlar bo‘yicha moliyaviy himoyasi mustahkamlanadi, sug‘urtalovchilarning moliyaviy qiyinchiliklari ekologik sug‘urta tizimiga salbiy ta’sir qilmasligi ta’minlanadi, ekologik xavflardan himoya qilish sohasida sug‘urta xizmatlarining ishonchliligi oshgan.
ESG-standartlari asosida shakllangan yashil investisiya portfeli orqali sug‘urta kompaniyalarining investisiya risklarini kamaytirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida investisiya faoliyatini diversifikatsiya qilish taklifi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan. (“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 22-sentyabrdagi 01/1-32-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ESG-standartlari asosida amalga oshirilgan investisiyalar kompaniyalarning ijtimoiy va ekologik mas’uliyatini kuchaytirgan.
sug‘urta sohasida yashil moliya standartlariga mos investisiya portfelini shakllantirish va davlat ulushidagi aksiyalarni mahalliy va xorijiy investorlar uchun qo‘shimcha chiqarish orqali kompaniyalar kapitalini oshirib borish taklifi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan. (“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 22-sentyabrdagi 01/1-32-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, ESG-standartlari asosida amalga oshirilgan investisiyalar kompaniyaning ijtimoiy va ekologik mas’uliyatini mustahkamlagan.
sug‘urta sohasida yashil moliya talablariga muvofiq ESG-standartlari asosida investisiya portfelini diversifikatsiya qilib, sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning ustav kapitalini bosqichma-bosqich ko‘tarish orqali kapitallashuv darajasini ikki barobar oshirish taklifi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan. (“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 22-sentyabrdagi 01/1-32-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning moliyaviy barqarorligi va kapitallashuv darajasi sezilarli darajada oshgan.