Qo‘ldoshev Ilyos Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda agrosug‘urtalash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” hamda 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2121.
Ilmiy rahbar: Kenjaev Ilhom G‘iyozovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Primov Abdulla Egamkulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agrosug‘urtalash amaliyotini takomillashtirishga taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
agrobiznes subektlariga xavf intensivligining ekinlar hosildorligiga ta’sirini tavsiflovchi sug‘urta mahsulotlarini joriy qilish taklif etilgan;
agrosug‘urta turlari anderraytingini amalga oshirishda sug‘urtalash jarayonlarida ma’lumotlarni to‘plash, monitoring qilish hamda sug‘urta shartnomasini nazorat qilishni raqamlashtirish taklif etilgan;
sug‘urta tashkiloti bilan agrobiznes subektlari o‘rtasida tuzilayotgan shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarish nuqtai nazaridan multiriskli modelini qo‘llash taklif etilgan;
agrobiznes subektlarining to‘lov qobiliyatini barqarorlashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida sug‘urta shartnomasida sug‘urta mukofotlarini 50 foizini subsidiya qilish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda agrosug‘urtalash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
agrobiznes subektlariga ma’lum bir xavf intensivligining ekinlar hosildorligiga ta’sirini tavsiflovchi sug‘urta mahsulotlarini joriy qilish taklifi «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan («O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 28-iyundagi 04-990-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta tashkilotining sug‘urta dasturlari doirasi kengaytirilishi natijasida sug‘urta shartnomalarining soni 10-15 foizga ko‘payishiga erishildi.
agrosug‘urta turlarini anderraytingini amalga oshirishda sug‘urta biznesi jarayonlarini ya’ni ma’lumotlarni to‘plash, monitoring qilish va agrosug‘urta shartnomasini nazorat qilishni raqamlashtirish taklifi «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan («O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 28-iyundagi 04-990-son ma’lumotnomasi). Natijada agrosug‘urta shartnomalarini amalga oshiruvchi sug‘urta tashkilotlarining anderrayting xarajatlari kamayib, sug‘urta tashkilotining daromadi 10 foiz atrofida oshishiga erishildi.
sug‘urta tashkiloti va agrobiznes subektlari o‘rtasida tuzilayotgan shartnomalar bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarish nuqtai nazaridan multiriskli iqtisodiy modelini qo‘llash taklifi «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan («O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 28-iyundagi 04-990-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta hodisalari ro‘y berganda sug‘urta qoplamasini to‘lash bo‘yicha olingan majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda bajarish maqsadida parametrik xususiyatlardan kelib chiqib, Xevisayd funksiyasini qo‘llagan holda agrosug‘urta bo‘yicha sug‘urta tashkilotining zararlilik ko‘rsatkichlari 14 foizga kamayishiga erishildi.
agrobiznes subektlarining to‘lov qobiliyatini barqarorlashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida sug‘urta shartnomasida sug‘urta mukofotlarini 50 foizini subsidiya qilish taklifi «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy qilingan («O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 28-iyundagi 04-990-son ma’lumotnomasi). Natijada agrobiznes subektlari tomonidan to‘lanadigan sug‘urta mukofotlar miqdori, ya’ni sug‘urta xarajatlari o‘rtacha 20 foizga qishqartirishga erishildi.