Mirzaeva Umidaxon Murodjon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘qitishning metodik tizimini PISA xalqaro baholash tadqiqoti topshiriqlari asosida takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi bo‘yicha  falsafa doktori (PhD) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8709  
Ilmiy rahbar: Matkarimov Akramjon Muxtarovich, Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Safibullo Xabibullaevich – Namangan davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori; Ayupov Qutbiddin  – Toshkent davlat texnika universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat  universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishning metodik tizimini PISA xalqaro baholash dasturi topshiriqlari asosida takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda PISA xalqaro baholash tadqiqoti asosida fizikadan tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik jihatlari va pedagogik shart-sharoitlari xalqaro baholash tadqiqoti konsepsiyasida keltirilgan tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholashning yozma va vizual ifodalash, ilmiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish, turli g‘oyalarni ilgari surish, kreativ fikrlash va go‘yalarni baholash hamda takomillashtirish kabi konseptual mezonlari milliy o‘quv dasturi talablarini adekvat namoyon bo‘lish darajasini mazmunli tavsifini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishning metodik tizimini PISA xalqaro baholash tadqiqoti konsepsiyasiga muvofiq rivojlantirish imkoniyatlari bilimlarni transformatsiya qilishning intramondial hamda intermondial shakllari va fizika fanidan topshiriq shakllantirishning “bilimlarni etkazish”, “metodik bilimlarni rivojlantirish”, “kommunikatsiya qilish” va “baholash” bosqichlarini global, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, atrof-muhit, fan va texnologiyalarga doir kontekstual ma’lumotlarni o‘quv jarayoniga intensiv ta’sirchanlik muhitida kiritish orqali aniqlashtirilgan; 
fizika fanidan PISA xalqaro baholash tadqiqoti topshiriqlariga ekvivalent topshiriqlar ishlab chiqish adaptiv metodik yondashuvlari xalqaro baholash tadqiqoti asosida tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholashning ilm-fan mohiyatini anglash, o‘rganilgan bilimlarni qo‘llash, hodisalarni tushuntirish, tabiiy-ilmiy ma’lumotlarni baholay olish, ilmiy muloqot qilish kabi mezonlarini o‘quvchilarning kognitiv mustaqilligini ta’minlash, ularda emotsional labilizatsiyani keltirib chiqarish, samaradorlik preferensiyalarini muammoli vaziyatlar bilan integrativligini ta’minlash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘qitishning metodik tizimini PISA xalqaro baholash tadqiqoti topshiriqlari asosida takomillashtirish” modeli tabiiy fanlarga doir metodologik, epistemik bilimlar hamda hodisalarni ilmiy tushunish, ilmiy tadqiqotlarning loyihalash va baholash, ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyalarni tabiiy fanlarga qiziqish, tadqiq etilayotgan masalaga ilmiy yondashish, global miqyosida tabiiy fanlarga doir masalalardan xabardorlik kabi kognitiv munosabatlarni taqozo etuvchi amaliy bloklarni komponentlar shartlanganligi tarzida rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘qitishning metodik tizimini PISA xalqaro baholash tadqiqoti topshiriqlari asosida takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda PISA xalqaro baholash tadqiqoti asosida tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik jihatlari tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholashga doir vizual ifodalash, ilmiy va ijtimoiy muammolarni fan nuqtai nazaridan tahlil qilish kabi  
xalqaro tajribalarni fizika fani milliy o‘quv dasturida keltirilgan bilim va amaliyot integratsiyasiga doir talablari bilan adekvat darajada uyg‘unlashuvi asosida aniqlashtirilgan metodik jihatlari “PISA topshiriqlar to‘plami” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Andijon davlat universiteti rektorining 2024-yil 12-iyundagi 0102554-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 554-27-raqamli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining PISA xalqaro baholash tadqiqoti konsepsiyasiga muvofiq fizika fanidan tayanch va fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
fizika fanini o‘qitishning metodik tizimini PISA xalqaro baholash tadqiqoti konsepsiyasiga muvofiq ravishda rivojlantirish imkoniyatlari fizik tushunchalarni anglash, ilmiy fikr bildirish va asoslashga doir bilimlarni fanlararo kontekstlarda transformatsiya qilish bosqichlari bilan integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalar “Fizika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘iga asosan berilgan 218-170 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari tabiiy fan o‘qituvchilarining PISA xalqaro baholash tadqiqotiga asosan topshiriqlar ishlab chiqish bo‘yicha didaktik va testologik kompetensiyalarini rivojlanishiga erishilgan;
PISA xalqaro baholash topshiriqlariga ekvivalent bo‘lgan o‘quv topshiriqlarini shakllantirishning adaptiv yondashuvlari tabiiy-ilmiy savodxonlikni o‘rganilgan bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish, ilmiy muloqot qilish kabi mezonlarini o‘quvchilarning kognitiv mustaqilligini ta’minlash, emotsional labilizatsiya darajasini faollashtirish bilan integratsiyalash orqali takomillashtirilgan va Grone ta’lim akademiyasi tomonidan amalga oshirilgan Phy-Didacta “Ta’lim 5.0 sharoitida fizika fanidan didaktik materiallar shakllantirish” loyihasida foydalanilgan (Germaniya Federativ Respublikasi Grona ta’lim Akademiyasi tomonidan 2025-yil 2-sentyabrda berilgan ma’lumotoma). Natijada, fizika fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlari konsepsiyasiga muvofiq tayanch kompetensiyalarini rivojlanishiga erishilgan;
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘qitishning metodik tizimini PISA xalqaro baholash tadqiqoti topshiriqlari asosida takomillashtirish” modeli ma’lumotlar hamda dalillarni ilmiy talqin qilish, global miqyosdagi muammolar bo‘yicha xabardorlik va kognitiv munosabatlarini rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish asosida takomillashtirilgan, hamda, “Umumiy fizika fanidan bilimlarni nazorat qilishda PISA baholash dasturidan foydalanish” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘iga asosan berilgan 898429- raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, PISA xalqaro baholash tadqiqoti topshiriqlari asosida fizika fanini o‘qitishning amaliy namunalari shakllantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish