Butaeva Gulmira Boxodirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini transformatsion yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9149.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shuxratov Sharof Shuxratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Muslimov Sherzod Narzullo o‘g‘li; Innovasion texnologiyalar universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bobomurodova Latofatxon Elmurodovna.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini transformatsion yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tuzilmasi yetakchi sifat tarzida fleksibillikni (moslashuvchanlik, refleksivlik, sintetiklik, aqlning teranligi) dizayn fikrlash, rivojlantiruvchi ta’lim va yaratuvchan ijodkorlik jarayonlari bilan o‘zaro ta’sir darajasi intensivligini shaxsiy motivlashtirishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modelini faoliyatli-mazmunli bloki boshlang‘ich tasavvur, komponentlarni aniqlash, konstuksiyalash, yakuniy artefakt – mahsulotni yaratish bo‘yicha 8K orqali g‘oyalarni amalga oshirish bosqichlarida hamkorlikdagi ijodiy faoliyat tajribasi produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirish jarayonlari muammoni ko‘ra olish va belgilash, variativ g‘oyalarni generatsiyalash qobiliyati, tezkorlik, yuqori hissiyotlilik, originallik, muammoga echim topish kabi ijodiy rivojlanish parametrlarini amaliy-tadqiqiy faoliyat bilan bevosita individual integrativligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirishning vizual o‘yin doskasi, mindconstruct, shaxsiy analogiya, sinektika, muammoli, tadqiqiy, evristik kabi interfaol texnologiyalari texnologik ta’limda texta’lim.uz platformasiga asoslangan raqamli resurslarni grafik loyihalarni yaratishda adaptiv qo‘llash metodikasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini transformatsion yondashuv asosida rivojlantirish darajasini aniqlashga qaratilgan natijalari:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tuzilmasi yetakchi sifat tarzida fleksibillikni (moslashuvchanlik, refleksivlik, sintetiklik, aqlning teranligi) dizayn fikrlash, rivojlantiruvchi ta’lim va yaratuvchan ijodkorlik jarayonlari bilan o‘zaro ta’sir darajasi intensivligini shaxsiy motivlashtirishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalaridan texnologik ta’lim yo‘nalishi uchun yaratilgan “Gazlamalarga ishlov berish praktikumi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 936496-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirish jarayonlari muammoni ko‘ra olish va belgilash, variativ g‘oyalarni generatsiyalash qobiliyati, tezkorlik, yuqori hissiyotlilik, originallik, muammoga echim topish kabi ijodiy rivojlanish parametrlarini amaliy-tadqiqiy faoliyat bilan bevosita individual integrativligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan uyg‘unligida o‘qitishning metodik ta’minoti ishlab chiqishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan texnologik ta’lim yo‘nalishi uchun yaratilgan “Gazlamalarga ishlov berish praktikumi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 936496-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirishning amaliy-metodik jihatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modelini faoliyatli-mazmunli bloki boshlang‘ich tasavvur, komponentlarni aniqlash, konstuksiyalash, yakuniy artefakt – mahsulotni yaratish bo‘yicha 8K orqali g‘oyalarni amalga oshirish bosqichlarida hamkorlikdagi ijodiy faoliyat tajribasi produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalaridan “Farg‘ona davlat universitetida “Proflingva” tarjima faoliyati kovorking markazini tashkil etish” loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 24-sentyabrdagi 04/9644-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini transformatsion yondashuv asosida rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirishning vizual o‘yin doskasi, mindconstruct, shaxsiy analogiya, sinektika, muammoli, tadqiqiy, evristik kabi interfaol texnologiyalari texnologik ta’limda texta’lim.uz platformasiga asoslangan raqamli resurslarni grafik loyihalarni yaratishda adaptiv qo‘llash metodikasini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan texnologik ta’lim yo‘nalishi uchun yaratilgan “Gazlamalarga ishlov berish praktikumi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 936496-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.