Rahimova Gulrux Sidiqovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Aznek koni fosforitlarini qayta ishlash asosida suyuq o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 ‒ Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5832.
Ilmiy rahbar: Xurramov Navruzbek Ibraimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03. 
Rasmiy opponentlar: Mamataliev Abdurasul Abdumalikovich, texnika fanlari doktori, professor; Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Aznek koni fosforitlarini nitrat, sulfat-nitrat kislotali qayta ishlash orqali ftorsizlangan kompleks suyuq mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Tashkura va Aznek koni fosforitlarining kimyoviy va minerologik tarkiblari taqqosiy tahlillari asosida Aznek koni fosforitlarining tarkibida karbonat miqdori kamligi aniqlangan;
fosforit xom ashyosini kislotali parchalash orqali suyuq o‘g‘itlar olishda harorat (40-50oC), vaqt davomiyligi (60-240 daqiqa) va kislota normalari (100-110) ta’siri o‘rganilib, optimal parametrlar o‘rnatilgan, eritmadagi kalsiy moduli 0,3 kamayishini gips va mordenit minerallarining kislotaga barqarorligi aniqlangan; 
kislotali parchalashda fosforit tarkibidagi ftorning fazalararo taqsimotiga texnologik omillar ta’siri o‘rganilib gaz va qattiq fazaga 98%dan ortiqroq ftor o‘tishi aniqlangan;
parchalash jarayonining intensivligini oshirish maqsadida nitrat va sulfat kislotalar aralashmalari yordamida fosforitni qayta ishlash amalga oshirilgan. Sulfat kislota konsentratsiyasi 76% dan oshmaganda ko‘piklanish bartaraf etilib reaksiya oxirigacha borishi aniqlangan;
Hosil bo‘lgan ftorli cho‘kmalarni 400°C atrofida termik ishlov berib ftorsiz (<0,5%) sekin eruvchi fosforli o‘g‘it olish mumkinligi isbotlangan;
ICP va SEM tahlillari asosida olingan kompleks suyuq o‘g‘itlar tarkibida o‘simliklar rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan mikroelementlar (Fe – 76,3 mg/l; Co – 2,7 mg/l;  Zn – 8,8 mg/l; Cu – 3,1 mg/l va Mn – 68,5 mg/l) borligi isbotlangan.
Aznek koni fosforitlarining tarkibini chuqur o‘rgangan holda olib borilgan laboratoriya tajriba-sinovlariga asoslanib xomashyoni kislotali qayta ishlash orqali ftorsizlangan kompleks suyuq o‘g‘itlar olishning prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aznek koni fosforit xom ashyosini kislotali qayta ishlash asosida suyuq o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Aznek koni fosforitlarini qayta ishlash asosida suyuq o‘g‘itlar olish usuli “Elektrokimyozavod” AJ-QKning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ QQning 2025 yil 18 iyuldagi 78-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fosforit xomashyosidan kislotali qayta ishlash va bosqichli ammoniyalash asosida suyuq o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
kislotalar aralashmasi 90:10 nisbatida qo‘shimchalardan tozalangan (ftorsizlantirilgan) suyuq o‘g‘itlar olishda usuli “Elektrokimyozavod” AJ-QKning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ QKning 2025 yil 18 iyuldagi  78-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba sinov ishlarida olingan suyuq o‘g‘itlar tarkibidagi mikroelementlarning miqdorlarini aniqlash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish