Pirnazarov Feruz Gulomovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy saponit minerali asosida magniy xlorid va magniy xloratlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 ‒ Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5235.
Ilmiy rahbar: Umirov Farhod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03. 
Rasmiy opponentlar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ergashov Dilmurod Adiljanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Vaush koni saponit minerallarini kimyoviy ishlov berish va magniy saqlovchi mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vaush koni saponit mineralini fizik-kimyoviy tahlil usullari natijasida mineral tarkibi (ogʻirlik %): MgO-23,5%; CaO-32,4%;SiO2-22,1%; Fe2O3-8,8; Al2O3-5,11%; va boshqa oksidlar-5,51% tashkil etishi aniqlangan va magniy xloridi – xloratini olishda foydalanish imkoniyatlari yaratilgan;
saponit mineralini xlorid kislotasi bilan parchalanish jarayonida eritmadagi magniy va temir ionlari konsentrasiyasiga, shuningdek xlorid kislotasining konsentrasiyasi ta’siri aniqlangan va ularning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
saponit mineralini sulfat kislotasi bilan qayta ishlashning konsentrasiyasi ta’siri aniqlangan va qulay sharoitlari asoslangan;
saponit mineralini turli haroratlarda termik ishlov berish jarayoni va CaCl2 ishtirokida termik ishlov berish jarayoni natijasida saponit mineralini tarkibidagi magniy birikmasidan foydalanish imkoniyatlari oshganligi aniqlangan; 
saponit mineralini kompleks qayta ishlash asosida magniy xloridi – xloratini sintezlab olishning moddiy balansini tuzilgan va optimal texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vaush koni saponit mineralini ishlov berish va magniy saqlovchi mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
saponit mineralini xlorid kislotali qayta ishlash asosida magniy xloridini ishlab chiqarish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” AJ-QKning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2023 yil 21 iyuldagi 83-son ma’lumotnomasi). Natijada, magniy saqlagan mahalliy xomashyo saponit minerali asosida 93,15% unum bilan magniy xloridini olish imkonini beradi;
saponit minerali, xlorid kislota va natriy gipoxlorit asosida suyuq magniy xlorat defoliantini olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” AJ-QKning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2023-yil 21-iyuldagi 83-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu turdagi defoliantdan foydalanish suyuq natriy xlorat defoliantiga nisbatan paxta barglarini to‘kilishida 4-5% ga samarali ta’sir etish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish