Amirov Elyor Mansuriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qizilolmasoy ma’danli maydoni Shimoliy-G‘arbiy uchastkasining metasomatitlari: moddiy tarkibi, hosil bo‘lish xususiyatlari va ma’dandorligi», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/GM195.
Ilmiy rahbar: Karabaev Mamatxan Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarozikov Usmonjon Dovronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Karimova Feruza Baxtiyarovna, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilolmasoy ma’danli maydoni Shimoliy-G‘arbiy uchastkasidagi metasomatik o‘zgargan jinslarning petrografik xususiyatlari, moddiy tarkibi, tarqalishi va ma’danlashuv bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qizilolmasoy ma’danli maydoni Shimoliy-G‘arbiy uchastkasidagi magmatik tog‘ jinslari bo‘yicha rivojlangan muskovit-kvars-dala shpatili, propillitli, karbonat-xlorit-slyudali metasomatik o‘zgarishlar aniqlangan;
ilk bor maydondagi turli tarkibli metasomatik hosilalarning tarkibiy xususiyatlari aniqlangan va ular bilan oltin ma’danlashuvining o‘zaro genetik munosabatlari ochib berilgan;
ma’dan-metasomatik minerallarining kimyoviy tarkibi, uchrash shakllari, tipomorf belgilari ajratilgan hamda oltin va hamroh elementlarning ma’danlarda tarqalish xususiyatlari aniqlangan;
metasomatitlar va ma’danlarning geokimyoviy xususiyatlari aniqlangan hamda olingan barcha ma’lumotlar asosida ma’danlashuvning qidiruv-bashoratlash majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qizilolmasoy ma’danli maydoni Shimoliy-G‘arbiy uchastkasidagi metasomatik o‘zgargan jinslarning petrografik, mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shimoliy-G‘arbiy uchastkasidagi magmatik hosilalar bo‘yicha rivojlangan metasomatitlarning petrografik xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Toshkent MGQE amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 16 oktyabrdagi 08-3829-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, magmatik tog‘ jinslari bo‘yicha rivojlangan metasomatitlarning oltin minerallashuvi bilan bog‘liq turlarini aniqlashga imkon bergan;
metasomatik hosilalarning moddiy tarkibi va asosiy minerallarining tipomorf xususiyatlari hamda uchrash shakllari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Toshkent MGQE ning amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 16 oktyabrdagi 08-3829-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, metasomatik hosilalarda minerallar va elementlarning tarqalish miqdorini tavsiflash, maydondagi ma’danlashuv turlarini aniqlash imkonini bergan;
Metasomatitlar va ma’danlarning mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Toshkent MGQE amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 16 oktyabrdagi 08-3829-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, oltin ma’danlashuvini qidiruv-bashoratlash majmuasi va maydonning chuqur gorizontlarida kelgusidagi ishlarni davom ettirishga tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan.