Abdullaev Temur Bobir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dunyoni idrok etish va bilishda tafakkur uslubi imkoniyatlarining falsafiy metodologik jihatlari” mavzusidagi 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq ixtisosligi. 
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal793
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: Ziyod Davronov, falsafa fanlari doktori, professor; Ergasheva Mahbuba Xotambekovna falsafa fanlari doktori DSc, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat tibbiyot universiteti” 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dunyoni sezish, idrok etish va bilish jarayonining tafakkur uslubi o‘zgaruvchanligi va ratsional bilimning shakllanishiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tafakkur uslubi dunyoni sezish, idrok etish va bilish jarayonlarining dialektik birligi sifatida inson ongida shakllanuvchi falsafiy kategoriya sifatida insonning to‘g‘ri fikrlash mahorati orqali voqelikni anglash, baholash va qayta yaratish qobiliyatini namoyon etishi, bilish jarayonining faol subekti bo‘lgan insonning ijtimoiy amaliy faoliyatida yaxlit ma’no va mazmun kasb etishi, bu jarayonda inson tafakkuri ong va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning gnoseologik mahsuli sifatida namoyon bo‘lishi ochib berilgan; 
tafakkur uslubi fikrning oqilona mazmunini tushunish mahsuli sifatida avvalo individual ong darajasida shakllanishi, keyin ijtimoiy kommunikatsiya jarayonlarida mukammallashib, umuminsoniy ma’naviy tajriba bilan boyishi, jamiyatdagi beqarorlik, ya’ni ijtimoiy o‘zgarishlar va ilmiy jarayonlar dinamikasi ta’sirida tafakkur uslubi transformatsiyalanishi, yangi mazmun va qiyofa kasb etishi, shu ma’noda, tafakkur uslubi faqat ongning in’ikosi emas, balki ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarning falsafiy-ilmiy ko‘zgusi ekanligi asoslangan;
epistemiologik nuqtayi nazardan tafakkur uslubi ongdan murakkabroq, dinamik fenomen bo‘lib, u olimning ilmiy faoliyatidagi tahlil uslubi, bilish metodi va ijodiy intuisiyasida namoyon bo‘lishi, tafakkur uslubi ilmiy bilish jarayonidagi murakkablik darajasini belgilashi, shu bilan birga kundalik amaliy faoliyatda fikrning soddalashuvi va uning tezkor qo‘llanishini ta’minlashi, bu jarayonda insonning ijtimoiy kommunikativ faoliyati hal qiluvchi ahamiyatga egaligi, chunki bilimni ijtimoiy taqsimot orqali uzatish va yangilash jarayoni tafakkur uslubining rivojlanishini ta’minlashi isbotlangan; 
metodologik jihatdan tafakkur uslubi va metod tushunchalarining ayniylashtirilishi ma’lum darajada tafakkur uslubining falsifikatsiyasiga olib kelishi, unda metod bilishning tartibli vositasi, tafakkur uslubi ongning umumiy falsafiy yo‘nalishi, fikrlash madaniyatining shakli sifatida bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, bir-birini to‘liq almashtirmasligi, shu nuqtayi nazardan gumanitar fanlar sohasida olimning subektiv fikri jamoa fikri darajasida qabul qilinishi va jamoa tafakkur uslubi fenomeniga aylanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dunyoni idrok etish va bilishda tafakkur uslubi imkoniyatlarining falsafiy metodologik jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tafakkur uslubi dunyoni sezish, idrok etish va bilish jarayonlarining dialektik birligi sifatida inson ongida shakllanuvchi falsafiy kategoriya sifatida insonning to‘g‘ri fikrlash mahorati orqali voqelikni anglash, baholash va qayta yaratish qobiliyatini namoyon etishi, bilish jarayonining faol subekti bo‘lgan insonning ijtimoiy amaliy faoliyatida yaxlit ma’no va mazmun kasb etishi, bu jarayonda inson tafakkuri ong va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning gnoseologik mahsuli sifatida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining O‘zbekiston kanali faoliyatida “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari” teledasturlarining “2024-yil iyun-avgust oylaridagi sonlari dasturlari va ssenariylari tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 24-iyundagi 04-36/774-son ma’lumotnomasi). Natijalar aholining turli qatlamlari ongida to‘g‘ri fikrlash va xulosa chiqarish mahoratini shakllantirish, voqealarning mohiyatini anglashda aqlga tayanish metodologiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
tafakkur uslubi fikrning oqilona mazmunini tushunish mahsuli sifatida avvalo individual ong darajasida shakllanishi, keyin ijtimoiy kommunikatsiya jarayonlarida mukammallashib, umuminsoniy ma’naviy tajriba bilan boyishi, jamiyatdagi beqarorlik, ya’ni ijtimoiy o‘zgarishlar va ilmiy jarayonlar dinamikasi ta’sirida tafakkur uslubi transformatsiyalanishi, yangi mazmun va qiyofa kasb etishi, shu ma’noda, tafakkur uslubi faqat ongning in’ikosi emas, balki ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarning falsafiy-ilmiy ko‘zgusi ekanligi oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining tafakkur uslubi dialektikasidan yangi taraqqiyotni ta’minlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga oid uslubiy qo‘llanmalarini  tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 9-iyul, 14-07 1137-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar fuqarolarning matn mazmunini tushunish orqali fikr teranligiga erishishiga xizmat qilgan;
epistemiologik nuqtayi nazardan tafakkur uslubi ongdan murakkabroq, dinamik fenomen bo‘lib, u olimning ilmiy faoliyatidagi tahlil uslubi, bilish metodi va ijodiy intuisiyasida namoyon bo‘lishi, tafakkur uslubi ilmiy bilish jarayonidagi murakkablik darajasini belgilashi, shu bilan birga kundalik amaliy faoliyatda fikrning soddalashuvi va uning tezkor qo‘llanishini ta’minlashi, bu jarayonda insonning ijtimoiy kommunikativ faoliyati hal qiluvchi ahamiyatga egaligi, chunki bilimni ijtimoiy taqsimot orqali uzatish va yangilash jarayoni tafakkur uslubining rivojlanishini ta’minlashiga oid g‘oyalaridan O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillardagi faoliyatini tizimli tashkil etishga doir uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 15-bandining “Geosiyosiy va mafkura jarayonlarni muntazam o‘rganish, xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 22-iyul 323-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar aholining turli qatlamlari bilan davra suhbatlarini tashkil etishda bilim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan;
metodologik jihatdan tafakkur uslubi va metod tushunchalarining ayniylashtirilishi ma’lum darajada tafakkur uslubining falsifikatsiyasiga olib kelishi, unda metod bilishning tartibli vositasi, tafakkur uslubi ongning umumiy falsafiy yo‘nalishi, fikrlash madaniyatining shakli sifatida bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, bir-birini to‘liq almashtirmasligi, shu nuqtayi nazardan gumanitar fanlar sohasida olimning subektiv fikri jamoa fikri darajasida qabul qilinishi va jamoa tafakkur uslubi fenomeniga aylanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlarda tanqidiy tafakkurni shakllantirish, yosh olimlar ilmiy faoliyatini rag‘batlantirishga doir targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2024-yil 14-avgust 4-16-21-4289-son ma’lumotnomasi). Natijalar metodlardan nafaqat ilmiy faoliyatda balki kundalik faoliyatda foydalanishning ahamiyatini tushunishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish