O‘rinboev Davlatjon Baxtiyorovichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Strategemalar nazariyasining xorij tajribasi va Yangi O‘zbekistondagi amaliyoti” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.DSc/Fal252
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nazarov Qiyom Normirzaevich falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori, falsafa fanlari doktori, professor Nazarov Nasriddin Atakulovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor Dexqonov Narimon Burxanjonovich, falsafa fanlari doktori, professor Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi strategemalar nazariyasining xorijiy tajribasini o‘rganish hamda uni Yangi O‘zbekistonda samarali tatbiq etishning konseptual asos va amaliy tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborotlashgan jamiyatda boshqaruvdagi strategemalar milliy identifikatsiyada aks etib, jamiyatda milliy o‘zlikni identifikatsiyalovchi ijtimoiy qadriyatlar, kvantifikatsiya, kabi ijtimoiy paradigmalar ta’sirida ichki va tashqi munosabatlarini tartibga solib turuvchi mexanizm ekanligi falsafiy asoslangan;
XXI asrga kelib global strategik paradigmalar o‘zgarishlar globolizm ta’sirida zamonaviy amaliyot dialektikasini keltirib chiqarib, jamiyat “strategik munosabatlar” dinamikasida ratsional va noratsional milliy strategiyalarni keltirib chiqarishi zaruriyati ochib berilgan;
davlatning strategik rivojlanish omillari va tamoyillariga doir xorij tajribalarini ilmiy tahlil qilish asosida Yangi O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida qo‘llash amaliyoti, jamiyatda kishilar milliy mansubligini ifodalovchi o‘ziga xos institutsional (jamoaviylik, o‘ziga xoslik, ijtimoiy konsolidatsiya) asoslarining relyasion ta’siri orqali sotsiokreativ (kumulyativ, aksiologik, akmeologik) qonuniyatlarni keltirib chiqaruvchi diterminant ekanligi aniqlangan;
jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda boshqaruvga doir strategemalarning konstruktiv, rekonstruktiv kompotentlari, globallashuv sharoitida ekzogen (boshqaruv, faoliyat, institutsional muhit) va endogen (ijtimoiy konsolidatsiya, aksiologik kommunakativlik) omillar, jamiyat va davlatning o‘zaro dialektik faoliyatini yaxlitlovchi ijtimoiy mezonlar indikatori ekanligi ilmiy asoslangan;
jamiyatda ijtimoiy munosabatlar barqarorligini ta’minlash, endotransformatsion (ichki o‘zgarish va yangilanishlar) va ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish va yangilanishlar) jarayonlar dinamikasining rivojlanishi, sotsiumda interaktiv va perseptiv muloqotni yuksaltirib, globallashuv sharoitida ratsional va irratsional munosabatlar birligini belgilashi mantiqiy dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dunyo mamlakatlarining strategemalar nazariyasini amaliyotda qo‘llash natijalarini o‘rganishga doir ilmiy izlanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
axborotlashgan jamiyatda boshqaruvdagi strategemalar milliy identifikatsiyada aks etib, jamiyatda milliy o‘zlikni identifikatsiyalovchi ijtimoiy qadriyatlar, kvantifikatsiya, kabi ijtimoiy paradigmalar ta’sirida ichki va tashqi munosabatlarini tartibga solib turuvchi mexanizm ekanligi falsafiy asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalaridan hamda yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining PZ-20170930369 shriftli “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. Tadqiqotchi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston falsafasidagi stratagemlar nazariyasining zamonaviy xususiyatlari” nomli monografiya ilmiy xodimlar, doktorantlar, falsafa ta’limi yo‘nalishi talabalari hamda kitobxonlar ommasi uchun zamonaviy strategemalar nazariyasining Yangi O‘zbekistonga xos namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rganishda muhim manba sifatida jarayonga tatbiq etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 27-maydagi 03-636-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, belgilangan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali amalga oshirish hamda xalqaro amaliyotda qo‘llanilib kelingan strategemalar nazariyasining mazmun-mohiyatini tadqiq etish orqali ularni Yangi O‘zbekistonda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi;
XXI asrga kelib global strategik paradigmalar o‘zgarishlar globolizm ta’sirida zamonaviy amaliyot dialektikasini keltirib chiqarib, jamiyat “strategik munosabatlar” dinamikasida ratsional va noratsional milliy strategiyalarni keltirib chiqarishi ochib berilganligiga oid taklif va tavsiylardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining VI. Xavfsizlik va aholi muhofazasini kuchaytirish bobi, 6.1. Xavfsiz milliy axborot makonini rivojlantirish yo‘nalishida keltirilgan vazifalarga mos keladi. (Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2025 yil 13-iyundagi 02-02-57-son dalolatnomasi). Natijada partiya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy - siyosiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi.
davlatning strategik rivojlanish omillari va tamoyillariga doir xorij tajribalarini ilmiy tahlil qilish asosida Yangi O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida qo‘llash amaliyoti, jamiyatda kishilar milliy mansubligini ifodalovchi o‘ziga xos institutsional (jamoaviylik, o‘ziga xoslik, ijtimoiy konsolidatsiya) asoslarining relyasion ta’siri orqali sotsiokreativ (kumulyativ, aksiologik, akmeologik) qonuniyatlarni keltirib chiqaruvchi diterminant ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 16 –“Yoshlarda siyosiy madaniyat va ijtimoiy faollikni rivojlantirish” bandlarini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2025 yil 13-iyundagi 01-27/263-son dalolatnomasi). Natijada, mazkur xulosalar partiyaning Yangi O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatlar safiga integratsiyalashuvi jarayoni va amaliyot mexanizmini optimallashtirish yo‘llari, usullari va vositalarining samarasini yanada oshirish uchun hissa qo‘shadigan samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.
jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda boshqaruvga doir strategemalarning konstruktiv, rekonstruktiv kompotentlari globallashuv sharoitida ekzogen (boshqaruv, faoliyat, institutsional muhit) va endogen (ijtimoiy konsolidatsiya, aksiologik kommunakativlik) kabi omillar, jamiyat va davlatning o‘zaro dialektik faoliyatini yaxlitlovchi ijtimoiy mezonlar indikatori ekanligi ilmiy asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil fevral va may oylaridagi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va senariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2025 yil 3-iyundagi 05-09-797-son dalolatnomasi). Natijada O‘zMTRK oldiga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etdi.
jamiyatda ijtimoiy munosabatlar barqarorligini ta’minlash, endotransformatsion (ichki o‘zgarish va yangilanishlar) va ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish va yangilanishlar) jarayonlar dinamikasining rivojlanishi sotsiumda interaktiv va perseptiv muloqotni yuksaltirib, globallashuv sharoitida ratsional va irratsional munosabatlar birligini belgilashi mantiqiy dalillanganligiga doir nazariy xulosalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida”, “Adolatli jamiyat olimlarga tayanadi” kabi loyihalari doirasida Namangan viloyat Kengashining tuman va shahar tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot jarayonlarida hamda mahalliy partiya tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan ish rejalarini shakllantirishda keng foydalanildi. (O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasining 2025 yil 19-iyundagi 01-02/173-son dalolatnomasi). Natijada ilmiy ishida ilgari surilgan xulosalar partiyaning siyosiy faoliyatidagi maqsadlariga erishishda katta nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.