Jo‘raeva Gulzira Ilhomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron tijoratni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish” 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2365.
Ilmiy rahbar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: 
Kenjabaev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Abdullaev Munis Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi elektron tijoratni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ilmiy - uslubiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
elektron tijoratda sunʼiy intellekt asosida avtomatlashtirilgan mijoz tahlilini joriy etish orqali xaridor xatti-harakatlarini real vaqt rejimida bashorat qilish tizimi ishlab chiqildi;
elektron tijorat platformalari orqali iste’molchilarning maqsadli auditoriyasi bilan munosabatlar jarayonida kommunikatsiya, konversiya va monetizatsiya qilish bosqichlarini mos bo‘lgan strategiyalardan foydalanish imkonini beruvchi mexanizm taklif etilgan;
mobil ilovalar asosida ishlovchi elektron tijorat tizimlarining foydalanuvchi xatti-harakatiga ta’sirini tahlil qiluvchi regressiya modeli taklif qilindi;
chiziqli trend modellardan foydalanish asosida elektron savdo maydonchasini rivojlanishining 2026-yil oylar kesimida prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Elektron tijoratni raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektron tijoratda sunʼiy intellekt asosida avtomatlashtirilgan mijoz tahlilini joriy etish orqali xaridor xatti-harakatlarini real vaqt rejimida bashorat qilish tizimi “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ (2025-yil 15-iyul  33-03-1/1161 – son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2025-yil 15-iyuldagi №33-08/6187-son ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Ushbu ilmiy takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida elektron tijorat platformalari real vaqtli prognoz orqali mijozni ushlab qolish darajasi 32% ga oshishga erishishi imkoniyati isbotlandi. Bu esa aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish, tezkor etkazib berish va qulay narxlarni taqdim etish bilan birga, platformalarning barqaror o‘sishi hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, IT mutaxassislarga bo‘lgan talab ortishiga va raqamli ko‘nikmalar rivojlanishiga xizmat qiladi;
elektron tijorat platformalari orqali iste’molchilarning maqsadli auditoriyasi bilan munosabatlar jarayonida kommunikatsiya, konversiya va monetizatsiya qilish bosqichlarini mos bo‘lgan strategiyalardan foydalanish imkonini beruvchi mexanizmi “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ (2025-yil 15-iyul  33-03-1/1161 – son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2025-yil 15-iyuldagi №33-08/6187-son ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Mazkur ilmiy yangilik natijasida kompaniyalarninig reklama strategiyasini maqsadli mijozga yoʻnaltirish natijasida mobil ilovani yuklab olish darajasi 9 foizga, foydalanuvchilar soni 10 foizga oshdi. Natijada aholining raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayib, elektron savdo madaniyati oshadi hamda platformalar kichik biznes uchun yangi bozorlar yaratib, kasb egalari hamda tadbirkorlarga qo‘shimcha iqtisodiy imkoniyatlari yaratiladi;
mobil ilovalar asosida ishlovchi elektron tijorat tizimlarining foydalanuvchi xatti-harakatiga ta’sirini tahlil qiluvchi regressiya modeli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ (2025-yil 15-iyul  33-03-1/1161 – son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2025-yil 15-iyuldagi №33-08/6187-son ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Ushbu ilmiy takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan elektron tijorat platformalari uchun iste’molchi xarid qilish ishonchini baholovchi regressiya model asosida xaridorlarni ilovaga bo‘lgan munosabatlarini baholash imkoniyatiga ega bo‘lindi. Bu o‘z navbatida korxonalarda: xizmat sifatini oshirish, shikoyatlar sonini kamaytirish, iste'molchi huquqlarini himoya qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish imkonini beradi; 
chiziqli trend modellardan foydalanish asosida kichik biznes subektlarining elektron chakana savdo aylanmasini me’yoriy iste’mol hajmiga ko‘ra rivojlanishining 2026-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ (2025-yil 15-iyul  33-03-1/1161 – son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2025-yil 15-iyuldagi №33-08/6187-son ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida kichik biznes subektlarining elektron tijoratdagi salmogʻini 2025-yildagi 2,3 foizdan 6,4 foizga oshirish bo‘yicha strategik yoʻnalishlar belgilashda foydalanilgan. Shu asosida, kichik tadbirkorlarning daromadi oshishiga, ayollar va yoshlar biznesining rivojlanishiga hamda hududlarning raqamli iqtisodiy faolligini oshirishga  imkon yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish