Yaqubova Dilaram Tadjievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
“O‘zbekistonda sovet hukumatining paxtachilikni rivojlantirish sohasidagi siyosati: natijalar va oqibatlar (1920–1990-yillarda Surxondaryo viloyati misolida), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tar244.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy appanentlar: Tursunov Ravshan Normuratovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Haitov Jahongir Shodmonovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish uchun amalga oshirgan siyosatini Surxondaryo viloyatiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda paxta yakkahokimligining o‘rnatilishi, uning natijalari va oqibatlari Surxon vohasi misolida ilk bor e’lon qilinmagan manbalar asosida ochib berilib, vohaga respublikaning boshqa mintaqalaridan aholini ko‘chirib keltirishning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari, ularning mehnatidan beminnat foydalanish, mahalliy mutaxassislarga majburiy mehnat kabi munosabat, ularni rag‘batlantirishdagi tengsizlik maqsadlari aniqlangan;
1920–1930-yillar Sovet hukumatining Surxondaryo viloyatida paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va texnikaviy islohotlar davri ekanligi, bu jarayon orqali ingichka tolali paxta etishtirishda yangi bosqichga o‘tish uchun fundamental asos yaratilganligi dalillangan;
sovet davrida paxtachilik bilan bogʻliq bo‘lgan jamoalashtirish, surgun va ko‘chirish siyosatlari bilan bir qatorda, sovet hukumatining “yangi erlarni o‘zlashtirish”, “paxta hosildorligini keskin oshirish”, “hosildor erlarga paxta ekinlarini ekish”, “ko‘p ming kilogrammchilik harakati” kabi tashabbuslari hamda boshqa ekinlarni keskin kamaytirish siyosati agrotexnik intizomining mohiyati ochib berilgan;
vohada paxtachilikni rivojlantirish masalasida moddiy-texnik imkoniyatlarning ishga solinishi, qishloq xo‘jalik texnikasi va yangi paxta navlarining yaratilishi, uning iqtisodiy samaradorligi baholanib, paxta xomashyosini etishtirishda kimyoviy usullardan foydalanishning oqibatlari, almashlab ekish texnologiyalarining joriy etilishi, er unumdorligining izdan chiqishi, sho‘rlanish hamda tashlandiq erlarning oshib borish sabablari ochib berilgan;
vohada paxta xomashyosini tayyorlash uchun mahalliy aholini partiyaviy nazorat ostida saqlash, paxta narxini arzonlashuvining ittifoq byudjetiga yo‘naltirilganligi sabablari, aholining barcha qatlamini ommaviy paxta terimiga jalb qilinishidan ko‘zlangan eksplutatsion maqsadlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sovet hukumatining paxtachilikni rivojlantirish sohasidagi siyosati: natijalar va oqibatlari (1920–1990-yillarda Surxondaryo viloyati misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishi asosida:
O‘zbekistonda paxta yakkahokimligining o‘rnatilishi, uning natijalari va oqibatlari Surxon vohasi misolida ilk bor e’lon qilinmagan manbalar asosida ochib berilib, vohaga respublikaning boshqa mintaqalaridan aholini ko‘chirib keltirishning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari, ularning mehnatidan beminnat foydalanish, mahalliy mutaxassislarga majburiy mehnat kabi munosabat, ularni rag‘batlantirishdagi adolatsizlik maqsadlari aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining ilmiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2023-yil 12-dekabrdagi 02/01-01-179-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar qalbida O‘zbekiston tarixini o‘rganish, uni soxtalashtirgan siyosatdan farqlay olish, saboq chiqarish, bugungi kunga shukronalik va vatanga muhabbat hissini uyg‘otishda ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilishga erishilgan;
1920–1930-yillar Sovet hukumatining Surxondaryo viloyatida paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va texnikaviy islohotlar davri ekanligi, bu jarayon orqali ingichka tolali paxta etishtirishda yangi bosqichga o‘tish uchun fundamental asos yaratilganligi borasidagi ilmiy dalillardan Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining ilmiy tadqiqot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2023-yil 12 dekabrdagi 02/01-01-179-son ma’lumotnomasi). Natijada Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining manbalari sovet tuzumining aholini ko‘chirish, ularning mehnatidan beminnat foydalanish, jamoalashtirish, surgun qilish, paxta monokulturasiga oid shiorbozligi va paxta siyosatiga doir ishonchli ma’lumotlar bilan boyitilgan;
sovet davrida paxtachilik bilan bogʻliq bo‘lgan jamoalashtirish, surgun va ko‘chirish siyosatlari bilan bir qatorda, sovet hukumatining “yangi erlarni o‘zlashtirish”, “paxta hosildorligini keskin oshirish”, “hosildor erlarga paxta ekinlarini ekish”, “ko‘p ming kilogrammchilik harakati” kabi tashabbuslari hamda boshqa ekinlarni keskin kamaytirish siyosati agrotexnik intizomining mohiyati ochib berilganligi borasidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining ilmiy-amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 07/21-06/1397-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishi qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan qo‘llanma va risolalar tayyorlash hamda turli tadbirlarni o‘tkazishda namuna bo‘lib xizmat qilgan;
vohada paxtachilikni rivojlantirish masalasida moddiy-texnik imkoniyatlarning ishga solinishi, qishloq xo‘jalik texnikasi va yangi paxta navlarining yaratilishi, uning iqtisodiy samaradorligi baholanib, paxta xomashyosini etishtirishda kimyoviy usullardan foydalanishning oqibatlari, almashlab ekish texnologiyalarining joriy etilishi, er unumdorligining izdan chiqishi, sho‘rlanish hamda tashlandiq erlarning oshib borish sabablari ochib berilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 07/21-06/1397-son ma’lumotnomasi). Natijada sovet tuzumining paxta siyosatiga doir ilmiy adabiyotlar, tarixiy hujjatlar va yozma manbalar mazkur tadqiqotda ochiqlangan asosli tarixiy materiallari bilan qiyoslangan va ilmiy xulosalangan;
vohada paxta xomashyosini tayyorlash uchun mahalliy aholini partiyaviy nazorat ostida saqlash, paxta narxini arzonlashuvining ittifoq byudjetiga yo‘naltirilganligi sabablari, aholining barcha qatlamini ommaviy paxta terimiga jalb qilinishidan ko‘zlangan eksplutatsion maqsadlar ochib berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston tarixi telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 13-fevraldagi 01 33/72-son ma’lumotnomasi). Natijalarda teletomoshabinlarda sovet hukumatining O‘zbekistonda amalga oshirgan paxta yakkahokimligi siyosati, sabablari va oqibatlari borasida dunyoqarashini boyishiga xizmat qilgan.