Ahrorova Shahlo O‘rinboevnaning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy ma’naviy muhit va badiiy adabiyotda qadriyatlar dialektikasi” 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4DSc/Fal226
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Saitxonov Akbar Isaxonovich – falsafa fanlari doktori, professor; Pardaeva Marhabo Davlatovna - falsafa fanlar doktori, dotsent, To‘ychieva Sayyora Suyarqulovna – falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Badiiy adabiyot hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rtasidagi dialektik uyg‘unlikni tadqiq etish, ijtimoiy ma’naviy muhitdagi sog‘lomlashtirishda uning muhim ahamiyat kasb etishini ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ma’naviy jarayonlarning ijtimoiylashuvi dinamikasi va ma’naviy qiyofaning ijtimoiy makon bilan dahldorlik aloqasida qadriyatli yondashuvning nafaqat metodologik vositasi, balki, tarkibiy-mohiyat jihatdan mustahkamlovchi (mediativ) funksiyasi substansional asos ekanligi ilmiy dalillar va mantiqiy bog‘lanishlar orqali ochib berilgan;
milliy an’analar, tartib-qoidalar va qadriyatlar asosida jamiyatda muayyan qonuniyatlar tizimi amal qilishi va mazkur qonuniyatlar tarixiy xotira, ijtimoiy ong, milliy tafakkur bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘lib, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi isbotlangan;
O‘zbekistonda yangi ma’naviy makon shakllanishi va ma’naviy jarayonlar transformatsiyasida badiiy adabiyotning obektiv voqelik hamda milliy-madaniy qadriyatlar bilan o‘zaro munosabatlarining ijtimoiy va ma’naviy hayotdagi o‘rni asoslangan;
jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy voqelikni falsafiy va badiiy bilishda, ularning dialektik (o‘zaro bog‘liqliq, ziddiyat) va dinamik (harakatlanish, o‘zgarish) aloqadorligini ta’minlashda umuminsoniy qadriyatlarning milliy identichlik va ma’naviy merosni saqlashdagi ahamiyati ochib berilgan;
globallashuv sharoitida ommaviylik va transformatsiyalashuv oqibatida milliy xususiyatlarning “emirilib borilishi”ni hisobga olgan holda, ijtimoiy-ma’naviy muhitda badiiy, madaniy, milliy qadriyatlarning konstruktivlik mohiyatini oshirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatda ijtimoiy ma’naviy muhit va badiiy adabiyotda milliy qadriyatlarning o‘rnini aniqlash va tadqiq etish asosida:
ma’naviy jarayonlarning ijtimoiylashuvi dinamikasi va ma’naviy qiyofaning ijtimoiy makon bilan dahldorlik aloqasida qadriyatli yondashuvning nafaqat metodologik vositasi balki, tarkibiy-mohiyat jihatdan mustahkamlovchi (mediativ) funksiyasi substansional asos ekanligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy Axborot agentligining 2024-yildagi ish rejasida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 sonli Farmoni 1-bandi bilan tasdiqlangan Taraqqiyot strategiyasining “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” yo‘nalishida belgilangan vazifalarni bajarish” bo‘yicha hamda ushbu yo‘nalishda maqola va materiallar tayyorlashda, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 50-son yig‘ilish bayoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Dastur 6-bandida ko‘rsatilgan “ijtimoiy-iqtisodiy, axborot-psixologik, g‘oyaviy-mafkuraviy xurujlar hamda turli yot va buzg‘unchi g‘oyalarning mazmun-mohiyatini ochib berish”ga qaratilgan tahliliy materiallar tayyorlashda ijodiy foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Axborot agentligining 2025-yil 13-martdagi 01-23/261-son dalolatnomasi). Natijada, tayyorlangan material va tahliliy ma’lumotlarning mavzuga oid ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
milliy an’analar, tartib-qoidalar va qadriyatlar asosida jamiyatda muayyan qonuniyatlar tizimi amal qilishi va mazkur qonuniyatlar tarixiy xotira, ijtimoiy ong, milliy tafakkur bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘lib, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha berilgan ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 17-martdagi 01-30/156-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning milliy va badiiy qadriyatlar uyg‘unlashuvi asosidagi ta’sirchanligi oshirilgan;
O‘zbekistonda yangi ma’naviy makon shakllanishi va ma’naviy jarayonlar transformatsiyasida badiiy adabiyotning obektiv voqelik hamda milliy-madaniy qadriyatlar bilan o‘zaro munosabatlarining ijtimoiy va ma’naviy hayotdagi o‘rni yuzasidan berilgan takliflaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil ish rejasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-264-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahrida “Mustaqillik bayrami”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqish, uni yuksak g‘oyaviy-badiiy saviyada tayyorlash choralarini ko‘rish” bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda hamda ushbu qarorning 5-bandi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston shoir va yozuvchilari o‘rtasida “Vatan uchun yashaylik” an’anaviy ko‘rik-tanlovlarining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 24-martdagi 01-03/129-son ma’lumotnomasi) Natijada, ssenariylar vatanparvarlik g‘oyalariga asoslangan badiiy qadriyatlar talqini bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy voqelikni falsafiy va badiiy bilishda, ularning dialektik (o‘zaro bog‘liqliq, ziddiyat) va dinamik (harakatlanish, o‘zgarish) aloqadorligini ta’minlashda umuminsoniy qadriyatlarning milliy identichlik va ma’naviy merosni saqlashdagi ahamiyatiga doir asoslangan taklif va xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvardagi 1/F buyrug‘ining birinchi ilovasi bilan tasdiqlangan, “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 50-son yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi”ga ko‘ra, “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi, sayti va mobil ilovasini yaratishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 28-martdagi 10/156- son dalolatnomasi). Natijada, jamoatchilikda milliy-ma’naviy va badiiy qadriyatlarning ijtimoiy-ma’naviy muhitdagi o‘rni haqidagi tasavvurlarini kengaytirishda muhim metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida ommaviylik va transformatsiyalashuv oqibatida milliy xususiyatlarning “emirilib borilishi”ni hisobga olgan holda, ijtimoiy-ma’naviy muhitda badiiy, madaniy, milliy qadriyatlarning konstruktivlik mohiyatini oshirish zarurati masalasi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘ZMTRK tizimidagi “Yoshlar” ijodiy birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati “Yoshlar” radiokanalida 2025-yil yanvar oyida efirga uzatilgan “Yoshlar bilan” radioeshittirishi ssenariysini tayyorlashda ijodiy foydalanilgan (O‘ZMTRK tizimidagi “Yoshlar” ijodiy birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati “Yoshlar” radiokanalining 2025-yil 25-martdagi 14-05-45-son ma’lumotnomasi). Natijada, radio tinglovchilarga eshittirish orqali milliy va badiiy qadriyatlar xususiyatlari to‘g‘risidagi fikrlarni ilmiy va ravon tilda etkazishga erishilgan.