Xo‘jamqulov Bekzod Turdalievichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning ekonometrik modellari (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4406.
Ilmiy rahbar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataev Jasur Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning ekonometrik modellaridan foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishga qaratilgan va agrar tarmoqlar o‘rtasidagi integratsion aloqalarni o‘ziga birlashtiruvchi klasterlar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish ko‘rsatkichlari yuqori (86-100 %), o‘rta (71-85 %) va past (0-70 %) darajalarda baholash asoslangan;
Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning alternativ-optimal ekonometrik modellaridan foydalanish mumkinligi aniqlangan;
2030-yilgacha Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish ko‘rsatkichlarining prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning ekonometrik modellarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishga qaratilgan va agrar tarmoqlar o‘rtasidagi integratsion aloqalarni o‘ziga birlashtiruvchi ishlab chiqilgan klasterlar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xoʻjaligi erlarni hamda yangidan oʻzlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimining 2025-yil 9-iyuldagi 07-07/1616-son  ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishga qaratilgan klasterlar samaradorligini 3-5 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan;
Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish ko‘rsatkichlari yuqori (86-100 %), o‘rta (71-85 %) va past (0-70 %) darajalarda baholash taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xoʻjaligi erlarni hamda yangidan oʻzlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimining 2025-yil 9-iyuldagi 07-07/1616 -son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa qishloq xo‘jalik tarmog‘ini rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning alternativ-optimal ekonometrik modellaridan foydalanish taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xoʻjaligi erlarni hamda yangidan oʻzlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimining 2025-yil 9-iyuldagi 07-07/1616-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif rivojlanishga muhtoj tumanlarda qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish uchun yo‘l xaritalari ishlab chiqishga imkoniyatini bergan;
2030-yilgacha Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish ko‘rsatkichlarining ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 19-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jalik muhsulotlarini etishtirish va qayta ishlashni rivojlantirish, shuningdek, dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 23-5-0-Q/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimining 2025-yil 9-iyuldagi 07-07/1616-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqani o‘rta va uzoq muddatda qishloq xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan optimal qarorlar qabul qilish mexanizmi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish