Matyakubov Alisher Eshchanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy o‘zgarishlar tarixi (1924-2023-yy., Xorazm viloyati misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar1563.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Xo‘jamuratov Umarjon Rustamovich, (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akamediyasi  Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazm viloyatida 1924-2023-yillardagi ma’muriy-hududiy o‘zgarishlarning dinamikasini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Sovet davlatining rayonlashtirish siyosati natijasida respublika markazidan uzoqda, uning shimoliy g‘arbiy qismida joylashgan 7 ta tuman Xorazm okrugi tarkibiga kiritilgani,  bu davrda okrug Xorazm vohasining markaziy qismini egallagan bo‘lib, O‘zbekistonning o‘sha paytdagi yagona eksklavi bo‘lganligi, okrugga boruvchi temir yo‘l bo‘lmaganligi sababli nafaqat tumanlarda, balki shaharlarda ham sanoat rivojlanmaganligi, mamlakatni industrlashtirish siyosati ta’sirida Xorazmda sanoat o‘zgarishlari yuz bera boshlangani, shuningdek, “yoppasiga jamoalashtirish” shiori ostidagi jarayonlar keskin tus olganligi aniqlangan;
Sovet davrida “sotsialistik” jamiyat qurilishiga yo‘naltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy tamoyillarga asoslangan holda bir necha bosqichda ma’muriy-hududiy o‘zgarishlarning to‘lqini yuz berib,  ularning etarlicha  ilmiy-iqtisodiy asoslarga ega bo‘lmaganligi sababli ma’muriy-hududiy birliklarning ba’zan yiriklashtirilishi, kichik hududlarga bo‘linishi, yoki qayta o‘zgartirilishi kabi jarayonlarning yuz berishi hududlarda byudjet harajatlarini ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘lganligi dalillangan;
XX asrning 50–80-yillaridagi Xorazm viloyatida yuz bergan ma’muriy-hududiy o‘zgarishlarda Sovet Hukumatining markaziy boshqaruvni mustahkamlashga yo‘naltirilgan siyosati bilan bir qatorda “Markaz” manfaatlaridan kelib chiqqan holda hududiy rivojlanish jarayonlari (aholining o‘sishi va joylashishining kengayishi, mehnat resurslarining ko‘payishi, hududlarni elektrlashtirilishi, yangi erlarni o‘zlashtirilishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi) ham muhim rol o‘ynaganligi isbotlangan;
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistondagi institutsional o‘zgarishlar doirasida  ma’muriy-hududiy bo‘linish sifat jihatidan yangi – bozor munosabatlariga muvofiq keladigan bosqichga o‘tganligi, bu jarayonda milliy qonunchilik tizimining shakllantirilishi va mustahkamlanishi asosiy o‘rin tutgani, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yangi ma’muriy-hududiy birliklarning tashkil etilishi, davlat va xo‘jalik boshqaruvining yangi shakllari vujudga kelishi kabi omillarning roli Xorazm viloyati misolida asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot davomida o‘rganishlardan kelib chiqib, olingan ilmiy xulosa va natijalar hamda takliflar asosida: 
Sovet davlatining rayonlashtirish siyosati natijasida respublika markazidan uzoqda, uning shimoliy g‘arbiy qismida joylashgan 7 ta tuman Xorazm okrugi tarkibiga kiritilgani, bu davrda okrug Xorazm vohasining markaziy qismini egallagan bo‘lib, O‘zbekistonning o‘sha paytdagi yagona eksklavi bo‘lganligi, okrugga boruvchi temir yo‘l bo‘lmaganligi sababli nafaqat tumanlarda, balki shaharlarda ham sanoat rivojlanmaganligi, mamlakatni industrlashtirish siyosati ta’sirida Xorazmda sanoat o‘zgarishlari yuz bera boshlangani, shuningdek, “yoppasiga jamoalashtirish” shiori ostidagi jarayonlar keskin tus olganligi ilmiy-tahliliy ma’lumotlardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Tarix ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbeksiton milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 3-iyindagi 05-09-799-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar mavzuga oid masalalarni teletomoshabinlarga keng qamrovda etkazib berish imkonini bergan; 
Sovet davrida “sotsialistik” jamiyat qurilishiga yo‘naltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy tamoyillarga asoslangan holda bir necha bosqichda ma’muriy-hududiy o‘zgarishlarning to‘lqini yuz berib,  ularning etarlicha ilmiy-iqtisodiy asoslarga ega bo‘lmaganligi sababli ma’muriy-hududiy birliklarning ba’zan yiriklashtirilishi, kichik hududlarga bo‘linishi, yoki qayta o‘zgartirilishi kabi jarayonlarning yuz berishi hududlarda byudjet harajatlarini ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘lganligiga  oid natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 17-bandi “Ilmiy metodologik jihatdan asoslangan, tarixiy tajriba va zamonaviy tahlillar hamda yuksak maqsadlarni o‘zida mujassamlashtirgan “Kuchli ma’naviyat bilan Yangi O‘zbekiston sari” nomli yangi ilmiy-ommabop qo‘llanmaning konsepsiyasini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-iyundagi 10/325-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining samaradorligini mustahkamlashga xizmat qilgan; 
XX asrning 50–80-yillaridagi Xorazm viloyatida yuz bergan ma’muriy-hududiy o‘zgarishlarda Sovet Hukumatining markaziy boshqaruvni mustahkamlashga yo‘naltirilgan siyosati bilan bir qatorda “Markaz” manfaatlaridan kelib chiqqan holda hududiy rivojlanish jarayonlari (aholining o‘sishi va joylashishining kengayishi, mehnat resurslarining ko‘payishi, hududlarni elektrlashtirilishi, yangi erlarni o‘zlashtirilishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi) ham muhim rol o‘ynaganligi haqidagi tahliliy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining soha hodimlarining malakasini oshirishda foydalanilgan. (Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining  2025-yil 22-maydagi 05/711-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari tinglovchilar, shuningdek, tadqiqotchilarni mavzu bilan keng tanishtirishga xizmat qilgan;
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistondagi institutsional o‘zgarishlar doirasida  ma’muriy-hududiy bo‘linish sifat jihatidan yangi - bozor munosabatlariga muvofiq keladigan bosqichga o‘tganligi, bu jarayonda milliy qonunchilik tizimining shakllantirilishi va mustahkamlanishi asosiy o‘rin tutgani, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yangi ma’muriy-hududiy birliklarning tashkil etilishi, davlat va xo‘jalik boshqaruvining yangi shakllari vujudga kelishi kabi omillarning roli Xorazm viloyati misolida asoslab berilgan tahliliy ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari” 18-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilish eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-iyundagi 10/325-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi yoshlarda tarixni puxta o‘rganish va undan saboq chiqarish, ularda Vatanga muhabbat hissini uyg‘otishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish