Amirov Elbek Egamberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda huquqshunos kadrlar tayyorlash jarayoni tarixi (Toshkent davlat yuridik universiteti misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar.1338
Ilmiy rahbar: Muminova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Yulduz Alimovna Ergasheva; tarix fanlari doktori, professor Eshbolta Atamuradovich Qabulov.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda huquqshunos kadrlarni tayyorlash jarayoni tarixini Toshkent davlat yuridik universiteti misolida ilmiy tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sovet davrining dastlabki yillaridan boshlab, boshqaruv sohasi, sud va adliya organlarini mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida dastlab Turkiston universiteti, Toshkent yuridik instituti (1938 – 1955), O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU), keyinchalik Toshkent davlat universitetida kadrlar tayyorlash jarayonlarining tashkil etilishi, XX asrning 50-yillarida kadrlar tayyorlashda jiddiy qisqartirishlar amalga oshirilganligi, 70-yillarga kelganda qabul kvotalar ko‘paytirilishi, bu davrda yuridik soha kadrlari Toshkent davlat universitetidagi huquqshunoslik fakultetida tayyorlanishi, shuningdek, ta’lim muassasasida ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilganligi asoslangan;
mustaqillik yillarida mamlakatimizda yuridik ta’lim sohasini tashkil etish bo‘yicha jiddiy tadbirlar amalga oshirilganligi, yuridik institut faoliyatining takomillashtirilib, jamiyat ehtiyojlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni tashkil etilishi, bunda asosan, o‘quv-tarbiyaviy masalalarga katta etibor qaratilganligi, bakalavriat, magistratura, tayanch doktorantura va doktoranturada ilmiy darajali kadrlar tayyorlanganligi, shuningdek, oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilganligi dalillangan;
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalar va professor-o‘qituvchilar soni dinamikasi tarixiy davrlarga bo‘lingan holda aniqlanib, universitetda o‘quv jarayoniga to‘siq bo‘lib kelgan sabablar (ta’lim berish jarayonida konservativ yo‘nalishning ustunligi, o‘quv rejalarida majburiy fanlar ulushining yuqoriligi, o‘quv adabiyotlarining keskin tanqisligi, professor-o‘qituvchilarning ba’zilari o‘quv mashg‘ulotini olib borish ishiga mas’uliyasizlik bilan yondashganligi) va ilmiy ishlarni rivojlantirishdagi muammolar (ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirishning pastligi, yosh o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etishda targ‘ibotning deyarli yo‘qligi, universitetda doktorantura kvotalarining juda kamligi va h.k.) Toshkent davlat yuridik universiteti misolida aniqlangan;
Toshkent davlat yuridik universitetida o‘quv-tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga ham alohida e’tibor qaratilganligi, “Eng zukko kitobxon”, “Huquq bilimdonlari”, “Zakovat” singari tanlovlarning doimiy o‘tkazilishi talabalarning intellektual darajasini yuksaltirishga xizmat qilganligi, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarining aholi orasida va tashkilot-korxonalarda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbirlardagi faol ishtiroki dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent davlat yuridik universiteti tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
sovet davrining dastlabki yillaridan boshlab, boshqaruv sohasi, sud va adliya organlarini mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida dastlab Turkiston universiteti, Toshkent yuridik instituti (1938 – 1955), O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU), keyinchalik Toshkent davlat universitetida kadrlar tayyorlash jarayonlarining tashkil etilishi, XX asrning 50-yillarida kadrlar tayyorlashda jiddiy qisqartirishlar amalga oshirilganligi, 70-yillarga kelganda qabul kvotalarining ko‘paytirilishi, bu davrda yuridik soha kadrlari Toshkent davlat universitetidagi huquqshunoslik fakultetida tayyorlanishi, shuningdek, ta’lim muassasasida ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yilning 20 dekabrdagi 06-28-1933-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yuridik ta’lim tarixi bo‘yicha tasavvurlarni kengaytirishga va yosh avlodni vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yuridik ta’lim sohasini tashkil etish bo‘yicha jiddiy tadbirlar amalga oshirilganligi, yuridik institut faoliyatining takomillashtirilib, jamiyat ehtiyojlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni tashkil etilishi, bunda o‘quv-tarbiyaviy masalalarga katta etibor qaratilganligi, bakalavriat, magistratura, tayanch doktorantura va doktoranturada ilmiy darajali kadrlar tayyorlanganligi, shuningdek, oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvining senariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yilning 20 dekabrdagi 06-28-1933-son ma’lumotnomasi). Bu tomoshabinlarning yuridik universitetda o‘quv tarbiyaviy jarayonlar bilan yaqindan tanish imkoniyatini yaratdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari soni dinamikasi tarixiy davrlarga bo‘lingan holda aniqlanib, universitetda o‘quv jarayoniga to‘siq bo‘lib kelgan sabablar (ta’lim berish jarayonida konservativ yo‘nalishning ustunligi, o‘quv rejalarida majburiy fanlar ulushining yuqoriligi, o‘quv adabiyotlarining keskin tanqisligi, professor-o‘qituvchilarning ba’zilari o‘quv mashg‘ulotini olib borish ishiga mas’uliyasizlik bilan yondashganligi) va ilmiy ishlarni rivojlantirishdagi muammolar haqidagi ma’lumotlardan Toshkent shahar yuridik texnikumi faoliyatida foydalanilgan (Toshkent shahar yuridik texnikumining 2024 yil 27 noyabrdagi 60-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar yoshlar orasida universitet haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga yordam bergan;
Toshkent davlat yuridik universitetida o‘quv-tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga ham alohida e’tibor qaratilganligi, “Eng zukko kitobxon”, “Huquq bilimdonlari”, “Zakovat” singari doimiy tanlovlarning o‘tkazilishi talabalarning intellektual darajasini yuksaltirishga xizmat qilganligi, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarining aholi orasida va tashkilot-korxonalarda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tadbirlardagi faol ishtiroki haqidagi ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024 yil 28 noyabrdagi 2-12-1/5-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar jamoatchilikning universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar va targ‘ibotchilik faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.