Axmurodov Farrux Xolbozorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash tarixi (1991-2021 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1292.
Ilmiy rahbar: Qodirov Quvonch Bekmurodovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. 
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akram Muminovich tarix fanlari doktori, professor; Abdullaev O‘ktamjon Sheralievich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash tarixi (1991–2021-yillar) bilan bogʻliq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosati 3 bosqichda, ya’ni 1991-1999-yillarda hukumat faol ravishda xalqaro arenalarda terrorizmga qarshi birgalikda kurashga jahon hamjamiyatining eʼtiborini qaratganligi, 2000-yildan 2016-yilga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston terrorizmga qarshi kurash sohasida xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirganligi va xalqaro-huquqiy bazalarini shakllantirilganligi, 2017-2023-yillari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasining huquqiy asoslarining mustahkamlanishi, turli oqimlar safiga adashib kirib qolgan shaxslar kechirilib, ularning ijtimoiy moslashuvi uchun davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ko‘mak berilganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida turli hududlarda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari, ularning ildizlari va yuzaga chiqish sabablari, shu bilan bir qatorda mamlakatda ichki va tashqi kuchlar ko‘magi bilan tashkil etilgan turli ekstremistik guruhlar faoliyati, ular tomonidan amalga oshirilgan harakatlar, oqibatlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ularni oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadborlar va ularning natijalariga oid ma’lumotlar arxiv hujjatlari va boshqa tarixiy qiymati yuqori bo‘lgan manbalarga tayanilib dalillangan;
O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoda diniy-ekstremistik harakatlar faoliyati turli nomlar ostida yuzaga chiqqanligi, ular orasida “Hizb ut-Tahrir”, “Jihodchilar”, “Akromiylar”, “Nurchilar”, “Islom jihodi guruhi” hamda “Turkiston islom harakati” kabi oqim va guruhlar alohida o‘rin tutganligi, ushbu harakatlar o‘z mafkuraviy manbalarini turlicha ta’riflasa-da, ularning barchasi siyosiy hokimiyatni diniy asosda qurish va mavjud davlat tuzumini rad etishga qaratilgan g‘oyalarga tayanganligi bilan umumiylik kasb etishiga oid ma’lumotlar ilmiylik nuqtayi nazaridan asoslangan;
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligi muhim ahamiyatga egaligi, bu ishga hokimliklar, xotin-qizlar qo‘mitalari, ichki ishlar bo‘limlari, “Maʼnaviyat va ma’rifat” markazlari, Yoshlar ishlari agentligi, diniy idoralar, o‘zini o‘zi boshqarish idoralari va ommaviy axborot vositalari vakillari jalb etilganligi, shuningdek, BMT, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Evroosiyo Iqtisodiy Hamkorligi tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom konferensiyasi tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashish borasidagi hujjatlar va shartnomalarni bajarishda faol ishtirokiga oid fikrlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosati tarixi 
3 bosqichda, ya’ni 1991-1999-yillari hukumat faol ravishda xalqaro arenalarda terrorizmga qarshi birgalikda kurashga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratganligi, 2000-yildan 2016-yilga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston terrorizmga qarshi kurash sohasida xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirganligi va xalqaro-huquqiy bazalarini shakllantirilganligi, 
2017-2023- yillari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasining huquqiy asoslarining mustahkamlanishi, turli oqimlar safiga adashib kirib qolgan shaxslar kechirilib, ularning ijtimoiy moslashuvi uchun davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ko‘mak berilganligi kabi ilmiy natijalarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining senariysini shakllantirishda foydalanilgan. (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yilning 19-iyuldagi 784-62-76-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosatining yoshlar ongiga singdirishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida turli hududlarda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari, ularning ildizlari va yuzaga chiqish sabablari, shu bilan bir qatorda mamlakatda ichki va tashqi kuchlar ko‘magi bilan tashkil etilgan turli ekstremistik guruhlar faoliyati, ular tomonidan amalga oshirilgan harakatlar, oqibatlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ularni oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadborlar va ularning natijalariga oid ma’lumotlardan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VI-yo‘nalishi (Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish) 28-bandi “Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish”da foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yilning 7-dekabrdagi 437-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongiga terrorizm va ekstremizmning asl mohiyati, turli oqimlar va ularning rahnamolari xususidagi ma’lumotlarni singdirishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoda diniy-ekstremistik harakatlar faoliyati turli nomlar ostida yuzaga chiqqanligi, ular orasida “Hizb ut-Tahrir”, “Jihodchilar”, “Akromiylar”, “Nurchilar”, “Islom jihodi guruhi” hamda “Turkiston islom harakati” kabi oqim va guruhlar alohida o‘rin tutganligi, ushbu harakatlar o‘z mafkuraviy manbalarini turlicha ta’riflasa-da, ularning barchasi siyosiy hokimiyatni diniy asosda qurish va mavjud davlat tuzumini rad etishga qaratilgan g‘oyalarga tayanganligi bilan umumiylik kasb etishiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muzeyining “Ichki ishlar organlari mustaqillik yillarida” nomli 3-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining 2023-yilning 27-noyabrdagi 2/3521-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongida O‘zbekiston ichki ishlar idoralarining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha faoliyatini, sohadagi islohotlar mohiyatini, terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni asoslab berishga xizmat qilgan.
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligi muhim ahamiyatga egaligi, bu ishga hokimliklar, xotin-qizlar qo‘mitalari, ichki ishlar bo‘limlari, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazlari, Yoshlar ishlari agentligi, diniy idoralar, o‘zini o‘zi boshqarish idoralari va ommaviy axborot vositalari vakillari jalb etilganligi, shuningdek, BMT, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Evroosiyo Iqtisodiy Hamkorligi tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom konferensiyasi tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashish borasidagi hujjatlar va shartnomalarni bajarishda faol ishtirokiga oid fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muzeyining “Ichki ishlar organlari mustaqillik yillarida” nomli 3-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining 2023-yilning 27-noyabrdagi 2/3521-son ma’lumotnomasi). Bu keng jamoatchilik orasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda amalga oshirlayotgan chora-tadbirlar haqida ilmiy ma’lumotlarning paydo bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish