G‘afforov Nosirjon Nodirjon o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“13-14 yoshli bokschilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped6733.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Usmonov Mansur Qurbonmurotovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 13-14 yoshli bokschilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini rivojlantiruvchi mexanizmlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
13–14 yoshli bokschilarning yillik tayyorgarlik jarayonida jismoniy sifatlar rivojlanishining umumiy dinamik modellarini (jismoniy+psixologik, jismoniy+texnik-taktik kabi) ishlab chiqish orqali tezkorlik va chidamlilik sifatlari o‘rtasida yosh davriga xos bo‘lgan ko‘rsatkichlarining dinamik uyg‘unligi yaxshilangan;
yosh bokschilarning yillik tayyorgarlik siklida jismoniy sifatlar (tezkorlik, kuch, chidamlilik, chaqqonlik va moslashuvchanlik) rivojlanishining umumiy modellarini sportchilarning yosh davriga xos kognitiv yuklamalariga (mexanik, mantiqiy, qisqa va uzoq muddatli xotira) ko‘rsatkichlarning dinamik uyg‘unligini ta’minlash hisobiga jismoniy va psixologik tayyorgarlikning kompleks tizimi takomillashtirilgan;
o‘quv mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi bokschilarning yillik tayyorgarlik tizimi doirasida idrok aniqligi ko‘rsatkichlarining sport mashg‘ulotlari mazmuni va intensivligiga bog‘liq holda o‘zgarish tendensiyasini elementlar, bo‘shliqlar hamda vaqt barqarorligi ko‘rsatkichlarining musobaqa faoliyatidagi muvaffaqiyat darajasi bilan uzviy bog‘liqligi rivojlantirilgan;
13-14 yoshdagi bokschilarning yillik tayyorgarlik bosqichida fikrlash ko‘rsatkichlarini rivojlanishida texnika va taktikasini o‘zlashtirish darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligini mantiqiy, ijodiy va tezkor fikrlash jarayonlarining musobaqa sharoitida qaror qabul qilish tezligi hamda samaradorligiga bevosita ta’siri hisobiga kognitiv jarayonlarning sifat darajasi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh bokschilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
13–14 yoshli bokschilarning yillik tayyorgarlik jarayonida jismoniy sifatlar rivojlanishining umumiy dinamik modellarini (jismoniy+psixologik, jismoniy+texnik-taktik kabi) ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq shahar sport maktabidagi bokschilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025 yil 16-iyuldagi 02-16/7594-son ma’lumotnomasi). Natijada, 13-14 yoshli bokschilarning turnikda tortilish “kuch” sifati 10,2% ga, xotira ko‘rsatkichlari dinamikasi (xotira turlari bo‘yicha ko‘rish) 11,4% ga yaxshilangan;
yosh bokschilarning yillik tayyorgarlik siklida jismoniy sifatlar (tezkorlik, kuch, chidamlilik, chaqqonlik va moslashuvchanlik) rivojlanishining umumiy modellarini sportchilarning yosh davriga xos kognitiv yuklamalariga (mexanik, mantiqiy, qisqa va uzoq muddatli xotira) ko‘rsatkichlarning dinamik uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi bokschilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025 yil 16-iyuldagi 02-16/7594-son ma’lumotnomasi). Natijada, 13-14 yoshli bokschilarning 3x10 moksimon yugurish “chaqqonlik” sifati 13,1% ga, mexanik xotira qobiliyati 10,3% ga, xotirada bo‘shliqlar bo‘yicha qobiliyatlaridagi o‘zgarishlar 12,9% ga, ijodiy fikrlash natijalari esa 14,1%ga yaxshilangan;
o‘quv mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi bokschilarning yillik tayyorgarlik tizimi doirasida idrok aniqligi ko‘rsatkichlarining sport mashg‘ulotlari mazmuni va intensivligiga bog‘liq holda o‘zgarish tendensiyasini elementlar, bo‘shliqlar hamda vaqt barqarorligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi bokschilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025 yil 16-iyuldagi 02-16/7594-son ma’lumotnomasi). Natijada, 13-14 yoshli bokschilarning 12 daqiqa davomida yugurish “chidamlilik” sifati 14,1% ga, xotira ko‘rsatkichlari dinamikasi (qisqa muddatli xotira) 9,9% ga, uzoq muddatli xotira qobiliyati 13,8% ga, vaqtni idrok qilish qobilyati esa 10,6%ga yaxshilangan;
13-14 yoshdagi bokschilarning yillik tayyorgarlik bosqichida fikrlash ko‘rsatkichlarini rivojlanishida texnika va taktikasini o‘zlashtirish darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligini mantiqiy, ijodiy va tezkor fikrlash jarayonlarining musobaqa sharoitida qaror qabul qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq shahar sport maktabidagi bokschilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025 yil 16-iyuldagi 02-16/7594-son ma’lumotnomasi). Natijada, fikrlash turlarini tahlil qilish orqali ularning kognitiv qobiliyatlaridagi o‘zgarishlar 12,2% ga, ijodiy, mantiqiy va fikrlash qobiliyati esa 11,8% ga yaxshilangan.