Rahmatullaeva Ilmira Nazrullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston televideniesining rivojlanish tendensiyalari: sovet davri va mustaqillik yillariga retrospektiv nazar”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Fil870.
Ilmiy maslahatchi: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.30/30.12. 2019.Fil.14.01
Rasmiy opponentlar: Karimov Amrullo Ashurovich, filologiya fanlari doktori, Allambergenova Perxan Xudeybergenovna, filologiya fanlari doktori, Hamdamov Yusuf Qudratovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston televideniesining rivojlanish tendensiyalarini sovet davri va mustaqillik yillari kontekstida tadqiq etish orqali milliy televideniening raqamli media muhitida raqobatbardoshligini ta’minlash uchun ilmiy-amaliy takliflar berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet davri va mustaqillik yillarida O‘zbekiston televideniesining rivojlanish bosqichlari badiiy-malakaviy mushohada va amaliyot kontekstida o‘rganilib, tizimning tashkiliy-huquqiy, iqtisodiy va mafkuraviy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinishi natijasida so‘z erkinligi va demokratiya telejurnalistikaning taraqqiyot tendensiyasiga olib chiquvchi kommunikativ omil ekani isbotlangan;
mustaqillik davrida media bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi telekanallar reytingi pasayishiga sabab bo‘lgani, an'ana va qadriyatlar, tarixga yangicha yondashuvdagi mavzular olib kirilishining milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati o‘rganilib, media boshqaruvining konsepsiyasi dalillangan, innovatsion yondashuv va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarining konstruktiv va distruktik jihatlari aniqlangan;
globallashuv davrida milliy va ommaviy madaniyatning o‘zaro ziddiyatlari, davlat nazoratining kuchaytirilishi millat dunyoqarashi, mentalitetiga zid kontentlar ko‘paygani hamda 2005-2016 yillar telepublisistikasida medianing ijtimoiy institut maqomiga nomutanosib tendensiyalari paydo bo‘lgani aniqlanishi natijasida, siyosiy nigilizmning rag‘batlantirilishi televidenieda milliy identivlikning pasayishi va plyuralizm inqirozini yuzaga keltirgani asoslangan;
yangi O‘zbekistonda ijtimoiy ahamiyatga ega sifatli kontent yaratish jamiyatda fikr erkinligi va demokratik qadriyatlar takomiliga bog‘liqligining progressiv prinsiplari aniqlanib, bu jarayonlar zamonaviy texnologiyalar, xalqaro mediaraqobat hamda mamlakat media siyosati strategiyasiga tayanishi dalillangan; 
davlat mafkurasi va tijoratga yo‘naltirilmagan, jamiyatdagi turli guruhlar  o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish asnosidagi so‘z erkinligi, oshkoralik va milliy mediamakonni rivojlantirish kabi progressiv tamoyillarga asoslangan  jamoatchilik televideniesi konsepsiyasi ishlab chiqilishi jamiyat hayotini modernizatsiyalash imkoniyatini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbekiston televideniesining rivojlanish tendensiyalari yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
sovet davri va mustaqillik yillarida O‘zbekiston televideniesining rivojlanish bosqichlari badiiy-malakaviy mushohada va amaliyot kontekstida o‘rganilib, tizimning tashkiliy-huquqiy, iqtisodiy va mafkuraviy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinishi natijasida so‘z erkinligi va demokratiya telejurnalistikaning taraqqiyot tendensiyasiga olib chiquvchi kommunikativ omilligi masalalariga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024 yil 22-noyabrdagi 02-13-1211-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy televidenie manfaatlarini belgilovchi ko‘rsatuvlar sifati, ularning g‘oyaviy-badiiy samaradorligini oshirish, ijtimoiy mahsuldorlik ahamiyati yuqori bo‘lgan mavzularga murojaat qilish, ekspert va qahramonlarni saralashga eʼtibor berish, dasturlarni tuzish borasida bergan takliflari “Oydin hayot” tok-shousi, “Assalom, O‘zbekiston” tonggi dam olish dasturlari ssenariylarini yaratishda foydalanilgan. “O‘zbekiston” telekanalida milliy anʼana va qadriyatlarga asoslangan, “ommaviy madaniyat” unsurlaridan xoli bo‘lgan “Kim bilan?” nomli yangi badiiy-dam olish dasturiga asos solingan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining topshirig‘iga asosan 2024 yil 8-9 avgustdagi “Mahalla” teleradiokanalining ijodiy va texnik xodimlari uchun  o‘tkazilgan “Globallashuv davrida milliy-ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish” mavzusidagi o‘quv seminarda mustaqillik davrida media bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi telekanallar reytingi pasayishiga sabab bo‘lgani, an'ana va qadriyatlar, tarixga yangicha yondashuvdagi mavzular olib kirilishining milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyatiga oid xulosalaridan “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvining mazmun-mohiyatini yaxshilash, mazmunan mahsuldorligini ko‘tarish, ijtimoiy ahamiyatini oshirish, g‘oyaviy-badiiy mazmundorligini yanada yaxshilash, syujet va kompozisiya yaratish, obrazlarning buyoqdorligini ta’minlash, ssenariylarni tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanalining 2024 yil 12 noyabrdagi 01-15-659 – son ma’lumotnomasi). Natijada ssenariylar sifatini oshirish, ko‘rsatuvlarning auditoriya talab va ehtiyojlariga muvofiq kelishi uchun zarur bo‘lgan maqsad-vazifalar belgilangan;
globallashuv davrida milliy va ommaviy madaniyatning o‘zaro ziddiyatlari, davlat nazoratining kuchaytirilishi millat dunyoqarashi, mentalitetiga zid kontentlar ko‘paygani  hamda 2005-2016 yillar telepublisistikasida medianing ijtimoiy institut maqomiga nomutanosib tendensiyalari paydo bo‘lgani, siyosiy nigilizmning rag‘batlantirilishi televidenieda milliy identivlikning pasayishi va plyuralizm inqirozini yuzaga keltirgani masalasiga oid xulosalardan  O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi tomonidan 2024 yil 30-iyul kuni Nurafshon shahrida  o‘tkazilgan “Ommaviy axborot vositalarida milliy kontent yaratish mas’uliyati” mavzusidagi respublika mediaforumining uslubiy asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasining 2025 yil 15 yanvardagi 02-18/12 son ma’lumotnomasi). Natijada globallashuv jarayonlarida OAV ta’sirchanligini oshirish, jahon zamonaviy televideniesi tajribalaridan  o‘zlashtirish, jurnalistlarda bugungi so‘z erkinligi ustuvorlik qilayotgan jarayonlarda ijtimoiy ahamiyatga molik ko‘rsatuvlarni tayyorlash, matbuot erkinligi sharoitida jamoatchilik bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish singari masalalarga eʼtibor berish zarurligi bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantirilgan;
yangi O‘zbekistonda ijtimoiy ahamiyatga ega sifatli kontent yaratish jamiyatda fikr erkinligi va demokratik qadriyatlar takomiliga bog‘liqligining progressiv prinsiplari, bu jarayonlar zamonaviy texnologiyalar, xalqaro mediaraqobat hamda mamlakat media siyosati strategiyasiga tayanishi masalalaridagi tavsiyalari aks etgan chiqishi “Yangi media talim markazi” NNTning 2024 yil 24 mayda Kun.uz internet nashri tahririyatida tashkil etilgan seminarda “Televizion kontent yaratishda ijtimoiy masalalarni yoritish samaradorligini oshirish” mavzusidagi ma’ruzani yaratishda foydalanilgan (“Yangi media talim markazi” NNTning 07.06.2024 yildagi №08- son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistika sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ularning huquq va majburiyatlarini to‘la anglashlari, telejurnalistikaning yangicha tamoyillarga asoslangan modelini shakllantirish istiqbollari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlarini yanada boyitishga erishilgan; 
davlat mafkurasi va tijoratga yo‘naltirilmagan, jamiyatdagi turli guruhlar  o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish asnosidagi so‘z erkinligi, oshkoralik va milliy mediamakonni rivojlantirish kabi progressiv tamoyillarga asoslangan  jamoatchilik televideniesi konsepsiyasi ishlab chiqilishiga oid taklif va xulosalaridan 2024 yilning 24 dekabr kuni “Sevimli” telekanali ijodkorlari bilan  o‘tkazilgan davra suhbatlarida taqdimot sifatida foydalanilgan (MMP &B MASTER MEDIA Production and broadcastning 6 yanvar 2025 yil 01-01/02 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ijodiy xodimlarda jamoatchilik televideniesi munozara, muhim masalalarni muhokama qilish uchun platformalar yarata olishi, bu esa fuqarolarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishlariga yordam berishi, jamoatchilik fikrini shakllantirish va munozaralarni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynay olishi singari ko‘nikmalar shakllantirilishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish