O‘rolova Dilshodabonu Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Onlayn medianing yoshlar siyosiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ta’siri”. 
“Vliyanie onlayn-SMI na formirovanie politicheskoy i pravovoy kul`turi molodeji”.
10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1890.
Ilmiy rahbar: Muratova Nozima Faxritdinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.30/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Amrillo, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Alimova Gulnoza, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi onlayn medianing yoshlar siyosiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ta’sirini ilmiy-amaliy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
onlayn medianing siyosiy-huquqiy axborot tarqatish evolyusiyasi fundamental (1995–1999-yillar – raqamli kommunikatsiyaning shakllanishi), sust (2000–2009-yillar – normativ-huquqiy informatizatsiya jarayoni), turg‘un (2010–2016-yillar – media tizimlashuvi) va o‘sish (2016-yildan hozirgacha – kommunikativ konvergensiya jarayonlari) bosqichlari asosida davrlashtirilib, siyosiy-huquqiy madaniyatning mediatizatsiya dinamikasi va huquqiy kommunikatsiyaning kognitiv-affektiv modeli asoslangan;
huquqiy mentalitet tushunchasi media diskurs orqali shakllanuvchi ijtimoiy-kognitiv fenomen sifatida talqin etilib, uning axborot oqimlari, madaniy kod va kommunikativ kontekstlar bilan o‘zaro bog‘liqligi asosida onlayn medianing siyosiy-huquqiy qadriyatlarni modellashtirish va fuqarolik tafakkurini shakllantirishdagi jurnalistik funksional mexanizmlari aniqlangan;
yoshlar auditoriyasining psixologik va kommunikativ xususiyatlaridan kelib chiqib, onlayn medianing siyosiy-huquqiy madaniyatni shakllantirishdagi kommunikativ, edukativ va aksialogik funksiyalari “storytelling”, “gamification” hamda “edutainment” yondashuvlari asosida huquqiy diskursni semiotik soddalashtirish, ma’naviy-intellektual integratsiyani kuchaytirish va huquqiy tafakkurning mediatizatsiyalash jarayonini optimallashtirish nuqtayi nazaridan isbotlangan;
milliy onlayn nashrlarda siyosiy-huquqiy axborotni yaratish va tarqatish jarayonlari mediatexnologik modernizatsiya hamda jurnalistik faoliyatni konvergent media muhiti tendensiyalariga integratsiyalash asosida yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan kontent strategiyalari va jurnalistik amaliy faoliyatni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy tavsiyalar ishlab chiqish orqali huquqiy mentalitetning kompleks psixo-sotsiologik modeli dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Onlayn medianing yoshlar siyosiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ta’siri tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Onlayn medianing siyosiy-huquqiy axborot tarqatish evolyusiyasini davrlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 11-avgustdagi 06-28-1049-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning siyosiy-huquqiy mavzularni yoritish prinsiplari yanada takomillashtirilgan, muharrir hamda ijodiy xodimlar kontentni yoshlar auditoriyasi uchun tayyorlashni optimallashtirish usullari bilan tanishtirilgan hamda mazkur usullar tahririyatning ijodiy jarayoniga tatbiq etilgan.
Huquqiy mentalitet tushunchasi media diskurs orqali shakllanuvchi ijtimoiy-kognitiv fenomen sifatida talqin etilishiga doir ilmiy xulosalar “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga qarashli turli onlayn ommaviy axborot vositalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasining 2023-yil 21-fevraldagi 26-son ma’lumotnomasi). Natijada markazda tayyorlanadigan huquqiy kontentda psixologik va madaniy omillarga moslashtirilgan holda uslub o‘zgartirilgan hamda yoshlar auditoriyasi soni sezilarli darajada oshgan.
“Storytelling”, “gamification” va “edutainment” yondashuvlaridan foydalanish samaradorligiga oid ilmiy xulosalardan “Huquqiy savodxonlik” onlayn tanlovida foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasining 2023-yil 10-avgustdagi 02-18/223-son ma’lumotnomasi). Natijada tanlov jarayonida o‘yin elementlari asosida tashkil etilgan interaktiv vazifalar yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini o‘zlashtirishini engillashtirgan va to‘rt mingdan ortiq ishtirokchida huquqiy savodxonlik ko‘nikmalari shakllangan.
Milliy onlayn nashrlarda siyosiy-huquqiy axborotni yaratish va tarqatish jarayonlarini modernizatsiyalash hamda kompleks psixo-sotsiologik modelni ishlab chiqishga doir tavsiyalar “UzReport TV” telekanali faoliyatida foydalanilgan (“UzReport” axborot agentligining 2023-yil 10-avgustdagi 31-son ma’lumotnomasi). Natijada telekanalda namoyish etiladigan ko‘rsatuvlar orasida yoshlar auditoriyasi uchun alohida ruknlar tashkil etilgan, siyosiy-huquqiy kontentni tayyorlash uslubi o‘zgartirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish