Andaniyazova Dilrabo Ro‘ziqulovnaning “O‘zbek tilida muvaqqat onomastik birliklarning badiiy-estetik xususiyatlari” mavzusidagi

filologiya fanlari    doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
O‘zbek tilida muvaqqat onomastik birliklarning badiiy-estetik xususiyatlari, 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fil537 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy maslahatchi: Mahmudov Nizomiddin, filologiya fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, professor Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Umurzoqova Marhabo Egamberdievna. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muvaqqat onomastik birliklarning badiiy-estetik xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
muvaqqat onomastik birliklarining bir marta qo‘llanishga moslanganlik, matnga bog‘liqlik, anormallik, ta’sirchanlik, individuallik, ramziylik, ko‘nikilmaganlik kabi xususiyatlari dalillangan; 
muvaqqat onomastik birliklarning badiiy matnning estetik idrok etilishini yanada qulaylashtirishi, adabiy asarning g‘oyaviy mazmuni va muallif badiiy maqsadini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi, matnlararo aloqadorlikni ta’minlashi va obrazlilikni yuzaga keltirishi kabi lingvopoetik vazifalarni bajarishi isbotlangan;
o‘zbek milliy onomastika an’analari asosida yuzaga kelgan G‘uliston, Quyoshiston, Yo‘qqulobod, Xasisxo‘ja, Tuproqbibi kabi muvaqqat onomastik birliklarning, shuningdek, o‘zbek milliy onomastika an’analariga mos kelmaydigan Xon Man Men, Men Xon Man, Falonchiyan, Turobadze, Gugushidze, Faloniya, Qahratoniya singari nomlarning muallif badiiy niyatiga ko‘ra hosil qilingani asoslanib, ularning real nomlardan farqi ochib berilgan;
Mustafoqulov – Mustaqil domla, Ishlarbek – Shilarbek kabi onomastik transformatsiya, Boqizavr, Ranjkom singari onomastik kontaminatsiya, Bilmasvoy, Bilag‘on singari badiiy tarjimalar asosida yuzaga kelgan nomlarning matndagi ahamiyati asoslangan; 
muvaqqat onomastik birliklarning baholash vazifasi Manguqut, Tongyorug‘, Manguhayot, Tongli, Quvnoqboy, Quyoshiston, Salomobod kabi ijobiy ma’no hamda Xasisxo‘ja, Qog‘oz Bozov, Ebto‘ymasov, G‘iybatillo, Qahratoniya kabi salbiy ma’no ifodalovchi muvaqqat nomlar tahlili asosida ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbek tilida muvaqqat onomastik birliklarning badiiy-estetik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek milliy onomastika an’analari asosida yuzaga kelgan G‘uliston, Quyoshiston, Yo‘qqulobod, Xasisxo‘ja, Tuproqbibi kabi muvaqqat onomastik birliklarning, shuningdek, o‘zbek milliy onomastika an’analariga mos kelmaydigan Xon Man Men, Men Xon Man, Falonchiyan, Turobadze, Gugushidze, Faloniya, Qahratoniya singari nomlarning muallif badiiy niyatiga ko‘ra hosil qilinishi, ularning real nomlardan farqi yoritilgan xulosalaridan OT-F1-78 raqamli “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)” mavzusidagi (2017-2020) fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2025-yil 3-iyuldagi 3/1255-1634-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihaning o‘zbek tilining badiiy uslubi taraqqiyoti haqidagi qismlarining yangi tushunchalar va terminologik birliklar bilan boyitilishiga erishilgan;
muvaqqat onomastik birliklarning ramziylik, matn bilan bog‘liqlik, anormallik, ijodiylik, ta’sirchanlik va individuallik kabi asosiy xususiyatlari va ularning badiiy matnni shakllantirishdagi o‘rni haqidagi xulosa va tavsiyalardan; nom hamda jamiyat munosabatlari in’ikosida antroponim va toponimlarning o‘rniga oid ilmiy-nazariy fikrlardan IL-21071156 raqamli “Antropotsentrik tilshunoslik terminlari izohli lug‘atini tuzish va nashr qilish” (lug‘atning mobil ilovasi va vebsaytini yaratish) mavzusidagi
(2021-2022) innovatsion loyihada foydalanilgan. (Fanlar akademiyasining
2025-yil 3-iyuldagi 3/1255-1634-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek tilshunosligi onomastik birliklarning lingvopoetik, lingvomadaniy xususiyatlari bilan bog‘liq terminlar bilan boyitilishida tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tagan;
muvaqqat onomastik birliklarning badiiy matnning estetik idrok etilishini yanada qulaylashtirishi, adabiy asarning g‘oyaviy mazmuni va muallif badiiy maqsadini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi, matnlararo aloqadorlikni ta’minlashi va obrazlilikni yuzaga keltirishi kabi vazifalari, shuningdek, o‘zbek xalqining dunyoqarashi, turmush tarzi, qadriyatlari, fe’l-atvori, e’tiqod va an’analarini aks ettirgan muvaqqat onomastik birliklar va ularning ijodkor badiiy niyatini yoritishdagi ahamiyati haqidagi xulosalardan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental loyihada (2017-2020) foydalanilgan. (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 9-iyuldagi 394/2-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning folklor asarlaridagi kishi nomlari, joy nomlarining badiiy-estetik xususiyatlari haqidagi qismlari yangi tahlillar va tushunchalar bilan boyitilgan;
onomastik birliklarning xalq tarixi, madaniyati va tilining ko‘p asrlik tajribasi va  an’analarini o‘zida aks ettirishi, badiiy matnda esa ekspressivlikni ta’minlashi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar va tavsiyalardan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grantda (2023–2024) foydalanilgan. (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 30-avgustdagi 70-son ma’lumotnomasi). Natijada nomlar va ularning vazifalari bo‘yicha ma’lumotlar takomillashtirilgan; 
ona tilimizning qimmatli boyligi bo‘lgan kishi nomlari, joy nomlari, ularning jamiyatdagi va badiiy matndagi o‘rni haqidagi ilmiy xulosalar va materiallardan “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan efirga uzatilgan “Xulosa o‘zingizdan” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali”ning 2025-yil 8-iyuldagi 04-16-1499-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvning faktik materiallar bilan boyitilishiga va mazmunli bo‘lishiga erishilgan; 
o‘zbek xalqining uzoq yillik milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettirgan nomlarning badiiy matndagi turli vazifalari, badiiy matndagi nomlarni tahlil qilish bo‘yicha ilmiy qarashlar va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan. (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 10-iyuldagi 26-36-1019-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy dalillar bilan ta’minlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish