Kdirniyazov Omar-Sharipning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi shahar madaniyati tarixi (VII–XVasrlar)», 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar211.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Arxeologik tadqiqotlar instituti, DSc.27.06.2017.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Anarbaev Abdulhamidjon, tarix fanlari doktori; Pardaev Muhtorqul Hasanovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yozma manbalar va arxeologik ma’lumotlar asosida Janubiy Orolbo‘yi hududidagi o‘rta asrlar shaharsozlik madaniyati tarixini tahlil qilish, umumlashtirish va uni Xorazm shaharsozligi madaniyatida tutgan o‘rnini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi hududida ilk o‘rta asrlardan boshlab shahar me’morchiligida mudofaa devorlarning «gofr» uslubida qurilganligi, devorlar peshtoqlar bilan bezatilganligi va qurilish texnikasida paxsa va xom g‘ishtli aralash uslubdan foydalanilganligi aniqlangan;
voha shaharlarida ko‘p sonli mahallalar, zich turarjoylar, keng xona maydonlari va ommaviy uy jihozlari asosida aholi sonining ortishi, etnik tarkibida ko‘chmanchi elementlarning paydo bo‘lishi va urbanizatsiyada o‘zgaruvchanlik bo‘lganligi yoritib berilgan;
ilk va rivojlangan o‘rta asrlar Kerder madaniyati shaharlarining shakllanishi va rivojlanishida mahalliy Xorazm shaharsozlik an’analari – shahar qurilishida parallel`-to‘r tizimining qo‘llanilganligi isbotlangan;
ilk o‘rta asrlarda Janubiy Orolbo‘yi hududida ostodonlar, dahmalar va ibodatxonalar misolida zardo‘shtiylikning tarqalishi hamda turkiy etnoslarga xos bo‘lgan Umay ona tasvirli haykalchalar, engil turarjoylarning (yurta) yoyilishi asosida voha shaharlari va ko‘chmanchi chorvador aholi o‘rtasidagi madaniy aloqalar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi shahar madaniyati tarixi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
VII–XV asrlarga oid Janubiy Orolbo‘yi shaharlarning evolyusiyasi va ularning Xorazm madaniyatida tutgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ma’mun akademiyasida bajarilgan «Xorazm tarixi. (I jild. Eng qadimgi davrlardan V asrgacha. II jild. V asrdan – XVI asrlargacha (2012–2016 yy)» mavzuidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 21 yanvardagi 3/1255-135-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar qadimgi va o‘rta asrlar davri Xorazm shaharlarining rivojlanish jarayonlarini aniqlash, shaharlarning qurilish texnikasi va me’morchiligini xronologik izchillikda yoritishda xizmat qilgan;
Janubiy Orolbo‘yi o‘rta asr shharlariga oid arxeologik materiallar Qoraqalpog‘iston Respubikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeylarining ekspozisiyalariga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 2-02/1087-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeylar eksponatlari orasidan joy olgan Jampikqal`a, Mizdaxkan, Puljoy shaharlaridan topilgan arxeologik materiallar va qazishma chizmalari o‘rta asrlarda Janubiy Orolbo‘yi shaharlarida yashagan ajdodlarimizning madaniy-iqtisodiy hayoti, me’morchilik, qurilish ishlari, hunarmandchilik sohasidagi yutuqlari, aholining kundalik turmush tarzi bilan bog‘liq moddiy madaniyat namunalari haqida muzeyga tashrif buyuruvchilarga ma’lumotlar berishga xizmat iilgan;
Orolbo‘yi madaniy merosini nafaqat yurtimiz fuqarolari balki, xorijiy mehmonlarga ham tanishtirish va shu orqali o‘rta asrlar shaharsozlik madaniyatining yuksak darajada taraqqiy etganligini bo‘yicha xulosalari va materiallaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «O‘lkamiz boylab» ko‘rsatuvi va «Sayoxat va turizm» eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2018 yil 21 maydagi 01-02/222-son ma’lumotnomasi). Unda Orolbo‘yi xalqlarining urbanistik madaniyatini qadimiyligi, shaharsozlikdagi an’anaviylik, uzviylik, shaharlarning tarkibiy qismlari borasidagi ma’lumotlar, qurilish sohalaridagi bunyodkorlik ishlari va qo‘shni davlatlar bilan madaniy aloqalari o‘z aksini topgan.