Matyaqubova Nozima Maksatbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xorazm vohasi tarixiy geografiyasi va uning lokalizatsiyasi masalalari (mil. avv VI milodiy – IV asrlar). 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tar2318.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Abdullaev Utkir, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich tarix fanlar doktori, professor; Egamberdieva Nigora Azadovna tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazm vohasining mil.avv.VI- milodiy IV asrlardagi tarixiy geografiyasi va uning lokalizatsiyasi masalalarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dehqonchilik vohalarining geografik joylashuvini xronologik tahlil qilish orqali hududda ikkita yirik dehqonchilik vohasi, ya’ni Janubiy Oqchadaryo va Sariqamish dehqonchilik vohalari mavjud bo‘lganligi dalillandi;
Ko‘zaliqir yodgorligining tarixiy nazariy rekonstruksiyasi ishlab chiqildi;
Mil.avv. IV asrdan boshlab, dehqonchilik vohalarining kengayishi va sun’iy sug‘orish tizimlarining rivojlanishi hududda markazlashgan siyosiy boshqaruvga ega bo‘lgan davlat orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lganligi asoslandi;
Xorazm vohasining geografik joylashuvi murakkab geosiyosiy jarayonni vujudga keltirganligi arxeologik manbalar asosida ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Tadqiqot Xorazm vohasi tarixiy geografiyasi va uning lokalizatsiyasi masalalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
dehqonchilik vohalarining geografik joylashuvini xronologik tahlil qilish orqali hududda ikkita yirik dehqonchilik vohasi, ya’ni Janubiy Oqchadaryo va Sariqamish dehqonchilik vohalari mavjud bo‘lganligi dalillanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2025-yil fevral va avgust oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining 2025-yil 12-avgustdagi 05-09-1294-son ma’lumotnomasi). Natijada, ular teletomoshabinlarning Xorazm vohasi atrofidagi aholining qadimgi turmush tarziga oid tasavvurlarini kengaytirishga imkon bergan;
Ko‘zaliqir yodgorligining tarixiy nazariy rekonstruksiyasi ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi arxeologik tadqiqotlarga oid ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2025-yil fevral va avgust oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining 2025-yil 12-avgustdagi 05-09-1294-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarni arxeologik tadqiqotlar natijalardan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida yaqindan tanishtirishga xizmat qilgan;
mil.avv. IV asrdan boshlab, dehqonchilik vohalarining kengayishi va sun’iy sug‘orish tizimlarining rivojlanishi hududda markazlashgan siyosiy boshqaruvga ega bo‘lgan davlat orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lganligi asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosa va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2025-yil 7-avgust 10/1777-sonli dalolatnomasi). Natijada, tadqiqot xulosalari va ilmiy yangiliklaridan loyiha doirasida ishlab chiqilgan monografiya mazmunini boyitishda foydalanilgan;
Xorazm vohasining geografik joylashuvi murakkab geosiyosiy jarayonni vujudga keltirganligi arxeologik manbalar asosida ko‘rsatilganligi bilan bog‘liq xulosa va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2025-yil 7-avgust 10/1777-sonli dalolatnomasi). Tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundaki, dissertatsiyadagi yangi ma’lumotlar O‘zbekiston tarixi bo‘yicha hududlardagi dehqonchilik markazlari sohasidagi qarashlarni va nazariyalarni takomillashtirish imkonini bergan.