Tursunov Abdimo‘min Shaxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Yoshlar ekologik va estetik ongini shakllantirishning aksiologik xususiyatlari” 09.00.02 - Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Estetika).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1023.
Ilmiy rahbar: Tilovov O‘ktamjon G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna – falsafa fanlari doktori, professor, Kadirova Dilbar Salixovna – falsafa fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar ekologik va estetik ongini shakllantirishning aksiologik xususiyatlarini falsafiy yondashuv asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yoshlarda ekologik va estetik ongni shakllantirishda oila, mahalla, ziyoratgoh, tarixiy obidalar va tabiatga ehtiyotkor yondoshuvdan iborat milliy qadriyatlar tizimi elementlari, ekologik inqirozlar, global isish, biotizimlarning buzilishi kabi muammolarga qarshi insoniyatning birgalikdagi javobgarlik hissi singari umuminsoniy qadriyatlar tizimi unsurlarini o‘zaro sintezlash zarurati ilmiy asoslangan.
O‘zbek sotsiomadaniy muhitida tarixan ekologik ongni ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida rivojlantirgan qadimiy dehqonchilik madaniyati, suvga ehtirom, daraxt ekish urf-odatlari, ziyoratgohlarni tabiat bilan bog‘lash kabi an’analar, yoshlar bilan ishlashda barqaror rivojlanish, “yashil” tafakkur va global ekologik mas’uliyatni shakllantirish kabi zamonaviy tendensiyalariga transformatsiyalanayotganligi ochib berilgan.
Yangi O‘zbekiston sharoitida ekologik volontyorlik, ekologik san’at, ekofestival va muqobil hayot tarzi (zero-vaste, minimalizm, urban gardening) kabi ijtimoiy texnologiyalarni tadbiq qilish yoshlarda ekologik-estetik ongni shakllantirish jarayonida samarador funksiya bajarishi ilmiy asoslangan.
Yoshlar ekologik-estetik ongini shakllantirishdagi media vositalarning ekologik aksiyalar, san’at orqali ifodalangan ijtimoiy kampaniyalar, tabiiy muhitni asrashga qaratilgan bloglar va veb-resurslar ko‘rinishidagi konstruktiv, iste’molchilik madaniyati, sun’iy go‘zallik standartlari, atrof-muhitga befarqlikni targ‘ib qiluvchi mediakontentlar orqali esa distruktiv aksiologik ta’sir potensiallari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ekologik va estetik ongini shakllantirishning aksiologik xususiyati mavzusini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yoshlarda ekologik va estetik ongni shakllantirishda oila, mahalla, ziyoratgoh, tarixiy obidalar va tabiatga ehtiyotkor yondoshuvlardan milliy qadriyatlar tizimi elementlari, ekologik inqirozlar, global isish, biotizimlarning buzilishi kabi kabi muammolarga qarshi insoniyatning birgalikdagi javobgarlik hissi singari umuminsoniy qadriyatlar tizimi unsurlarini o‘zaro sintezlash zarurati asoslangan ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 25-bandi “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” bosh g‘oyasi asosida butun mamlakatimiz bo‘ylab “Ma’naviyat marafoni”ni tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tatqiqotlar institutining 2025 yil 3 oktyabrdagi №10/629-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar yoshlar ekologik va estetik ongini shakllantirishda islomiy qadriyatlarning o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilgan.
o‘zbek sotsiomadaniy muhitida tarixan ekologik ongni ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida rivojlantirgan qadimiy dehqonchilik madaniyati, suvga ehtirom, daraxt ekish urf-odatlari, ziyoratgohlarni tabiat bilan bog‘lash kabi an’analar, yoshlar bilan ishlashda barqaror rivojlanish, “yashil” tafakkur va global ekologik mas’uliyatni shakllantirish kabi zamonaviy tendensiyalariga transformatsiyalanayotganligi ochib berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025 yil 1-yanvardagi 01-03/18-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025 yil uchun mo‘ljallangan yillik ish rejasi 46,74,78-bandlarini “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ekologiya va tabiatga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirish” mavzularini amalga oshirish bo‘yicha mexanizmlarini ishlab chiqishda keng foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025 yil 29-sentyabrdagi №05-01-21-5188-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mazkur yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
ekologik va estetik ongning tipologiyasi, shakllanish omillari hamda funksiyalarining islom ta’limoti bilan dialektik bog‘liq jihatlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida yoshlarning ma’naviy tarbiyasini shakllantirish jarayoni bilan uyg‘unlashtirishning ahamiyati ilmiy jihatdan ochib berilgan nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy takliflari va amaliy xulosalaridan O‘zbekiston ekologik harakati nodavlat notijorat tashkilotining 2024 yilda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan yo‘l xaritasining 1,2,9-bandlarini “Mamlakat taraqqiyotida “yashil energiya” manbalarinig o‘rni, aholi va yoshlarning ekologik madaniyatini shakllantirish istiqbollari, yoshlarning ekologik ongini shakllantirishda nodavlat tashkilotlarining o‘rni” mavzularini ishlab chiqilishida foydalanildi. (O‘zbekiston ekologik harakati nodavlat notijorat tashkilotining 2024 yil 11 noyabrdagi №11/01-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalar, amaliy takliflar O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan oʻtkazilayotgan tadqiqotlarning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
yoshlarda ekologik va estetik ongni shakllantirishda oila, mahalla, ziyoratgoh, tarixiy obidalar va tabiatga ehtiyotkor yondoshuvdan iborat milliy qadriyatlar tizimi elementlari, ekologik inqirozlar, global isish, biotizimlarning buzilishi kabi muammolarga qarshi insoniyatning birgalikdagi javobgarlik hissi singari umuminsoniy qadriyatlar tizimi unsurlarini o‘zaro sintezlash zarurati ilmiy jihatdan ochib berilgan, amaliyotda qo‘llashga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan xulosalardan O‘zbekiston ekologik partiyasining 2025 yil “Aholi va yoshlar o‘rtasida atrof-muhit va tabiatga nisbatan ekologik madiyatni shakllantirishning zamonaviy istiqbollari” mavzusidagi targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini tashkil etishda axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda hamda amaliy jihatdan tizimli tahlil qilish jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston ekologik partiyasining 2025 yil 20 oktyabrdagi №02/412-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mazkur yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.