Abdulazizxojieva Ruxona Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Andijon viloyatida yashovchi  1-tur   qandli diabet katta yoshdagi bemorlarda  Covid -19 infeksiyasining kechish xususiyatlari» 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib 3487.
Ilmiy rahbar: Alimova Nasiba Usmanovna, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.11.2024.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Xalikova Adliya Omanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djuraeva Aziza Shaxzadaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand  davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatida yashovchi 18-40 yoshdagi 1-tur qandli diabet  bemorlarda COVID-19 infeksiyasi kechishini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bora Andijon viloyatidagi  ko‘p markazli epidemiologik tadqiqot asosida Covid-19 infeksiyasi 1-tur qandli diabetni keltirib chiqaruvchi omil sifatida isbotlangan va uning 1-tur qandli diabet bilan kasallanishning 1,5 barobarga oshishi  sababchisi ekanligi aniqlangan; 
1-tur qandli diabet bilan Covid-19 infeksiyasida o‘tkazgan bemorlar orasida kasallikning davomiyligi, qaytalanish chastotasi va zararlanish hajmining modifikatsiyalanuvchi xatar omili  uglevodlar miqdori bilan ko‘p bosqichli uzviy bog‘liqligi isbotlangan;  
SARS CoV-2 infeksiyasining kechishi xususiyatlarining 1-tur qandli diabet kasalligining kompensatsiya va dekompensatsiya  bosqichlari rivojlanishiga ta’siri aniqlangan va Covid-19 infeksiyasi natijasida tomirlar endotelial disfunksiyasi bilan bog‘liq gemostaz tizimining buzilishlari natijasida tromboembolik asoratlar  rivojlanishida NbA1s ko‘rsatkichlaring o‘rni isbotlangan;
ishlab chiqilgan algoritmni klinik amaliyotga joriy qilinishi samaradorligi Covid-19 infeksiyasi o‘tkazgan qandli diabet 1-tur bemorlarda kasallik davomiyligini qisqarishi, kasallik asoratlari sonini ozayishi va insulinoterapiyada shaxsiylashtirilgan yondashuv davolash tadbirlari samaradorligining iqtisodiy maqsadga muvofiqligini isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
Andijon viloyatida yashovchi 18-40 yoshli  1-tur qandli diabet bilan bemorlar orasida Covid-19 infeksiyasining  kechish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
birinchi ilmiy yangilik: ilk bora Andijon viloyatidagi  ko‘p markazli epidemiologik tadqiqot asosida Covid-19 infeksiyasi 1-tur qandli diabetni keltirib chiqaruvchi omil sifatida isbotlangan va uning 1-tur qandli diabet bilan kasallanishning 1,5 barobarga oshishi  sababchisi ekanligi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining kengashining 20.06.24 yildagi yig‘ilishida  №01-02/u-t-31-son bilan tasdiqlangan “Qandli diabet 1-tur Covid-19  o‘tkazgan bemorlarda insulinterapiyani optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va RIEIATM Farg‘ona filiali  (24.08.2024 yildagi 48-sonli buyruq) hamda RIEIATM Andijon filiali  (11.11.2024 yildagi 01/5281-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15.02dagi 12-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy kilinishi qandli diabet 1-tur Covid-19 infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarni glikemik kompensatsiyaga erishish, asoratlarini erta aniqlash, o‘lim xavfi omillarini oldini olish, insulinterapiyani optimallashtirish va samarali davolash tizimini yaratish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 1-tur qandli diabet Covid-19 infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarni glikemik kompensatsiyaga erishish, diabet asoratlarini oldini olish va insulinterapiyani optimallashtirish yordamida izohlangan va tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=65) 138874635 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi. Xulosa: Andijon viloyatida ilk bora o‘tkazilgan ko‘p markazli epidemiologik tadqiqot asosida Covid-19 infeksiyasi o‘tkazgan bemorlar orasida 1-tur qandli diabetning tarqalishi 15,7% dan 21,6% gacha oshganligi  tasdiqlangan va Covid-19 infeksiyasi xavf omili mavjudligida bemorlarda insulinterapiyani optimallashtirish, bular o‘z navbatida kasallik asoratlarini davolashga ketadigan harajatlarni kamaytirish va qandli diabet kasalligi bor bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi imkoniyati bilan izohlanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: uglevodlar miqdori bilan ko‘p bosqichli uzviy bog‘liqligi isbotlanganligi   Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining kengashining 20.06.24 yildagi yig‘ilishida  №01-02/u-t-31-son bilan tasdiqlangan “Qandli diabet 1-tur SOVID-19 o‘tkazgan bemorlarda insulinterapiyani optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va RIEIATM Farg‘ona filiali  (24.08.2024 yildagi 48-sonli buyruq) hamda RIEIATM Andijon filiali  (11.11.2024 yildagi 01/5281-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15.02dagi 12-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Covid-19  infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarda glikemik kompensatsiyaga erishish, asoratlarini erta aniqlash, o‘lim xavfi omillarini oldini olish, insulinterapiyani optimallashtirish va samarali davolash tizimini yaratish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi:  mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 1-tur qandli diabet Covid-19 infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarni glikemik kompensatsiyaga erishish va diabet asoratlarini oldini olishda modifisirlanuvchi xavf omillarini bartaraf etish va insulinterapiyani optimallashtirishda modifisirlanmagan xavf omillarini xisobga olib yondoshish tavsiya qilingan. Xulosa: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati qo‘lga kiritilgan natijalar asosida shakllangan amaliy tavsiyalarning tadbiq etilishi, ularni davolashda postprandial glikemiyani baholashda uglevod almashinuvining suboptimal ko‘rsatkichlari xavf omillarini hisobga olgan holda erta tashxislash, insulinterapiyani optimallashtirish va davolash rejasini tuzish bilan izohlanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: SARS CoV-2 infeksiyasining kechishi xususiyatlarining 1-tur qandli diabet kasalligining kompensatsiya va dekompensatsiya  bosqichlari rivojlanishiga ta’siri aniqlangan va Covid-19 infeksiyasi natijasida tomirlar endotelial disfunksiyasi bilan bog‘liq gemostaz tizimining buzilishlari natijasida tromboembolik asoratlar  rivojlanishida NbA1s ko‘rsatkichlari o‘rni iisbotlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining kengashining 20.06.24 yildagi yig‘ilishida  №01-02/u-t-31-son bilan tasdiqlangan “Qandli diabet 1-tur Covid-19  o‘tkazgan bemorlarda insulinterapiyani optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va RIEIATM Farg‘ona filiali  (24.08.2024 yildagi 48-sonli buyruq) hamda RIEIATM Andijon filiali  (11.11.2024 yildagi 01/5281-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15.02dagi 12-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Covid-19  infeksiyasi o‘tkazgan qandli diabet kasalligi bor bemorlarda NbA1s ko‘rsatkichlari yuqori foizlarda ekanligi isbotlanganligi natijasida Covid-19 infeksiyasining qandli diabet kasalliklariga ta’sirini bilgan xolda ularni nazoratlash va davolash algoritmlariga o‘zgartirish kiritish bu bemorlarda diabet kasalligin o‘tkir va surunkali asoratlari ko‘payishi va giperglikemik komaga o‘tishi xolatlarini oldini olish algoritmini qo‘llash bu bemorlarda komaga tushmaslik, nogironlik alomatlari avj olishiga o‘tmasligi choralarini ko‘rishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Covid-19 pandemiyasi natijasida Andijon viloyatida yashovchi qandli diabet 1-tur qandli diabet bemorlarni erta tashxislash va dispanzerizatsiya qilish algoritmlari ishlab chiqilganligi  asoratlar darajasini kamaytirishi natijasida reabilitatsiya vaqti qiskarishini ta’minlab, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi va natijalarning mablag‘ tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minlanadi. Bemorlarni shifoxonada yotish 7,5 million so‘mdan 15 million so‘mgacha tursa, ushbu patologiyani ambulatoriya sharoitida davolash 1.104.400 million so‘mdan kamroq, ya’ni 7 baravar arzonroq bo‘ladi. Xulosa: Kovid-19 infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarga ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llashda QD 1-tur kasalligida NbA1s ko‘rsatkichlari < 7mmol`/l dan past, ya’ni kompensatsiya davrida ushlab turish kasallik asoratlarini oldini olishning optimal strategiyasi hisoblanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan algoritmni klinik amaliyotga joriy qilinishi samaradorligi Covid-19 infeksiyasi o‘tkazgan qandli diabet 1-tur bemorlarda kasallik davomiyligini qisqarishi, kasallik asoratlari sonini ozayishi va insulinoterapiyada shaxsiylashtirilgan yondashuv davolash tadbirlari samaradorligining iqtisodiy maqsadga muvofiqligini isbotlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining kengashining 20.06.24 yildagi yig‘ilishida  №01-02/u-t-31-son bilan tasdiqlangan “Qandli diabet 1-tur Covid-19  o‘tkazgan bemorlarda insulinterapiyani optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan va RIEIATM Farg‘ona filiali  (24.08.2024 yildagi 48-sonli buyruq) hamda RIEIATM Andijon filiali  (11.11.2024 yildagi 01/5281-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15.02dagi 12-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish tibbiyot muassasalarida profilaktika yordami sifatini oshiradigan yangi usulni joriy etishga imkon berdi: ushbu ilmiy yangilik Covid-19 infeksiyasi  o‘tkazgan qandli diabet 1-tur 18 - 40 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda insulinterapiyaga bo‘lgan ehtiyojlari tahlil qilinib ularga sutkalik insulin ehtiyojidan baland ehtiyojga ega ekanligi, qandli diabet kasalligida tez  rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi:  ilmiy yangilikdan foydalanish qandli diabet 1- tur Covid-19  infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarda o‘tkir asoratlarni  13,7% dan 2,4% ga, surunkali asoratlarni  17,6% dan 7,3% ga va o‘lim ko‘rsatgichini 7,8% dan 2,4% ga kamaytirishga imkon berdi. Natijada tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=65) 138874635 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi. Xulosa: Andijon viloyatida yashovchi  1-tur qandli 18 - 40 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda  Covid-19  infeksiyasining kechish xususiyatlari o‘rganish kasalanishni oldini olish muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifadir. Davlat va tibbiyot muassasalari 1-tur   qandli diabet 18 - 40 yoshgacha bemorlarda  Covid-19   infeksiyasining kechish xususiyatlarini hisobga olgan holda profilaktika va davolash dasturlarini joriy etish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratishlari kerak. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish