Avezova Dilora Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligida o‘pkadagi morfologik o‘zgarishlar” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib 4002.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: kalamushlarda o‘pka to‘qimasining postnatal ontogenezda, surunkali buyrak etishmovchiligida hamda qizilmiya ildizi bilan korreksiya qilingandan keyingi morfologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental surunkali buyrak etishmovchiligidan keyin kalamushlar postnatal ontogenezida o‘pka to‘qimasida  al`veolyar va bronxiolyar strukturalarning qalinlashuvi va diametri ortishi aniqlangan;
ilk bor eksperimental surunkali buyrak etishmovchiligidan keyin o‘pka to‘qimasida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning yoshga bog‘liq xususiyatlari tahlil qilinganda, o‘pka to‘qimasidagi periferik va markaziy al`veolalar soni, kapillyarlar, terminal bronxiolalar hamda al`veolalar ichki diametri kabi muhim morfometrik ko‘rsatkichlarning kamayishi statistik jihatdan isbotlangan;
surunkali buyrak etishmovchiligi oqibatida o‘pkada yuzaga kelgan struktur o‘zgarishlar qizilmiya ildizi ekstrakti orqali o‘tkazilgan korreksiyadan keyingi morfometrik ko‘rsatkichlarida ijobiy ta’siri isbotlangan;
ilk bor surunkali buyrak etishmovchiligidan keyin o‘pka to‘qimasida Ki-67 va CD-31 markerlari asosida proliferatsiya va angiogenez jarayonlarining buzilishi aniqlanib, qizilmiya ildizi ekstrakti ta’sirida, ayniqsa 6 oylik kalamushlarda, ularning ekspressiyasi (Ki-67 – 42,2 %, CD-31 – 41,4 %) oshgani va bu o‘pka to‘qimalarida regeneratsiya hamda angiogenezning tiklanganini ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 “O‘pkaning me’yorda va surunkali buyrak etishmovchiligi fonida morfologik o‘zgarishlarini aniqlash usuli” mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 4-sentyabrdagi 24/27-sonli xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: eksperimental surunkali buyrak etishmovchiligidan keyin kalamushlar postnatal ontogenezida o‘pka to‘qimasida  al`veolyar va bronxiolyar strukturalarning qalinlashuvi va diametri ortishi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka to‘qimasida yoshga bog‘liq morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning aniqlanishi nafas tizimi rivojlanishining normal va patologik jarayonlarini farqlash imkonini berib, ushbu ma’lumotlar yosh omilining o‘pka tuzilmasi va funksiyasiga ta’sirini baholash, shuningdek o‘pka kasalliklarini erta diagnostika qilish va profilaktik nazoratni yo‘lga qo‘yishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, aholining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yoshga xos o‘zgarishlarni hisobga olgan holda o‘pka kasalliklarini erta aniqlash hamda ularning oldini olish chora-tadbirlari sog‘liqni saqlash tizimida uzoq muddatli davolanish, diagnostik tekshiruvlar va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi hamda iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkoniyatini yaratadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental surunkali buyrak etishmovchiligidan keyin o‘pka to‘qimasida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning yoshga bog‘liq xususiyatlari tahlil qilinganda, o‘pka to‘qimasidagi periferik va markaziy al`veolalar soni, kapillyarlar, terminal bronxiolalar hamda al`veolalar ichki diametri kabi muhim morfometrik ko‘rsatkichlarning kamayishi statistik jihatdan isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligi natijasida o‘pka to‘qimasidagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning kamayishi o‘pka tuzilmasining kompensator imkoniyatlari yosh ortishi bilan pasayishini ko‘rsatib, bemorlarda nafas tizimi o‘zgarishlarini erta aniqlash va klinik yondashuvlarni takomillashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pkada aniqlangan patomorfologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda davolash surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarning kasalxonada qolish muddatini qisqartirishga yordam berish hisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak etishmovchiligi oqibatida o‘pkada yuzaga kelgan struktur o‘zgarishlar qizilmiya ildizi ekstrakti orqali o‘tkazilgan korreksiyadan keyingi morfometrik ko‘rsatkichlarida ijobiy ta’siri isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: qizilmiya ildizi spirtli ekstrakti bilan biokorreksiyalash kasallik kechish jarayonlarini sekinlashtirib, inson hayotini ma’lum darafada yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qizilmiya ildizi ekstraktidan foydalanish orqali o‘pka to‘qimasidagi patologik o‘zgarishlarning kamayishi natijasida uzoq muddatli davolanish, dori vositalari sarfi va statsionar kuzatuvga ehtiyoj sezilarli kamayadi. Shuningdek, tabiiy preparatlar asosida korreksiya o‘tkazish sog‘liqni saqlash tizimida bemorlarni davolash xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali buyrak etishmovchiligidan keyin o‘pka to‘qimasida Ki-67 va CD-31 markerlari asosida proliferatsiya va angiogenez jarayonlarining buzilishi aniqlanib, qizilmiya ildizi ekstrakti ta’sirida, ayniqsa 6 oylik kalamushlarda, ularning ekspressiyasi (Ki-67 – 42,2 %, CD-31 – 41,4 %) oshgani va bu o‘pka to‘qimalarida regeneratsiya hamda angiogenezning tiklanganini ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu natijalar surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun yangi diagnostik usullar va terapevtik strategiyalarni ishlab chiqish, ularning holati va hayot sifatini boshqarishni yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda ishlab chiqilgan morfometrik va immunogistokimyoviy baholash usullarini qo‘llash orqali bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish, tashxis va davolash xarajatlarini kamaytirish yil davomida har bir bemor uchun 122 000 so‘mga iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini beradi. Xulosa: Tajribaviy surunkali buyrak etishmovchiligidan keyinki o‘pkadagi morfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash, bu patologiya bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni oldini olish hamda morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy tahlillarga asoslangan kompleks baholash algoritmini qo‘llash orqali o‘pka to‘qimalaridagi jarayonlarni chuqur o‘rganish, ularni korreksiya qilish samaradorligini oshirish va patologik jarayonning rivojlanish hamda og‘ir kechish xavfini kamaytirishga erishilgan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (15.03.2025 yildagi 56-son buyruq) va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.04.2025 yildagi 46-son buyruq) tatbiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish