Ulug‘murodov Elyor Saydulloevichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Islom falsafasida ontologik va gnoseologik qarashlar tahlili” 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fal169
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi DSc.03/13.06.2025.F.178.02
Ilmiy maslahatchi: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Turaev Baxtiyor Omonovich falsafa fanlari doktori, professor; Namozov Bobir Bahrievich, falsafa fanlari doktori, professor; Tulenova Karima Jandarovna falsafa fanlari doktori(DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi islom falsafasidagi ontologik va gnoseologik qarashlarni tarixiy-zamonaviy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
islom ta’limotida borliq ibtidosi (substansiya), moddiy va nomoddiy borliq dialektikasi, borliqda “yaratilganlik-yo‘qlik-abadiyat” kabi ontologik konseptual triadaning murakkab tabiati falsafiy argumentatsiya asosida ochib berilgan;
globallashuv davrida yoshlar ongida dunyoviylik va diniy ilm korrelyasiyasi asosida e’tiqod, “ilm” va “bilish” tushunchalarining mazmun-mohiyati, bilish va e’tiqodning o‘zaro dialektik aloqasi zamonaviy bilish metodlari (Kumatoid, Causal analiz, Delphi metodlari) orqali dalillangan;
islom falsafasida insonning aqliy va ma’naviy salohiyatini yuksaltiruvchi progressiv g‘oyalar hamda o‘ziga xos intellektual-gnoseologik mohiyatga ega oyat va hadislarni qamrab oluvchi metafizik metodologiya yaratilganligi ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslangan;
islom ta’limotida ma’naviy-moddiy borliq va qazo-qadar dialektikasi, erk va ixtiyor kategoriyalarining fatalistik ko‘rinishlari e’tiqod erkinligi, konfessiyalararo bag‘rikenglik hamda jaholatga qarshi ma’rifiy kurashning gnoseologik va aksiologik asosi ekanligi ochib berilgan;
islom ta’limotida kosmos (fazo), zamon va makon kategoriyalarining diniy-falsafiy mohiyati, shuningdek, bilish muammosining irfoniy (tasavvufiy va qomusiy) talqinlari tizimli tahlil qilinib, ushbu konseptual asoslar doirasida zamonaviy davr soxta salafiylik oqimlarining buzg‘unchi g‘oyalari asossiz ekani falsafiy-argumentativ jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida islom ta’limotida ontologik va gnoseologik qarashlarning ijtimoiy-falsafiy tahliliga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
islom falsafasida borliq ibtidosi (substansiya), moddiy va nomoddiy borliq dialektikasi, borliqda “yaratilganlik-yo‘qlik-abadiyat” kabi ontologik konseptual triadaning murakkab tabiati falsafiy argumentatsiya asosida ochib berilganiga doir taklif va tavsiyalardan 2022 yilda bajarilgan 22/01/01-sonli “Mahallalarda yoshlarning diniy ekstremizm va missionerlik ta’siriga tushib qolishining oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini bajarishda foydalanilgan (Imkon fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2024-yil 18-avgustdagi 24/15-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda yoshlar ongida dunyoviylik va diniylikni uyg‘unligi asosida e’tiqod, mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
globallashuv davrida yoshlar ongida dunyoviylik va diniy ilm korrelyasiyasi asosida e’tiqod, “ilm” va “bilish” tushunchalarining mazmun-mohiyati, bilish va e’tiqodning o‘zaro dialektik aloqasi zamonaviy bilish metodlari (Kumatoid, Causal analiz, Delphi metodlari) orqali dalillanganiga doir taklif tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2024-yildagi saylovoldi dasturining V-Xalqqa xizmat qiluvchi adolatli zamonaviy davlat qurish nomli bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yil 6-avgustdagi 01-27/383-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan taklif va tavsiyalar asosida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot jarayonlarida komillik mezonlarini takomillashtirishda sog‘lom diniy ong va madaniyatning o‘sishiga, halollik, bag‘rikenglik, mehnatsevarlikka yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
Islom falsafasida insonning aqliy va ma’naviy salohiyatini yuksaltiruvchi progressiv g‘oyalar hamda o‘ziga xos intellektual-gnoseologik mohiyatga ega oyat va hadislarni qamrab oluvchi metafizik metodologiya yaratilganligi ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslanganiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2024-yil iyun oyida tashkil etilgan “Yoshlar festivali” tadbirlarini o‘tkazish chora-tadbirlari dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 5-avgustdagi 
1-01-21-4141-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan taklif va tavsiyalar yoshlarni Vatanga sadoqat hissini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tafakkurini rivojlantirish va ularga milliy, diniy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rgatishga qaratilgan targ‘ibot - tashviqot ishlarining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.
Islom ta’limotida ma’naviy-moddiy borliq va qazo-qadar dialektikasi, erk va ixtiyor kategoriyalarining fatalistik ko‘rinishlari e’tiqod erkinligi, konfessiyalararo bag‘rikenglik hamda jaholatga qarshi ma’rifiy kurashning gnoseologik va aksiologik asosi ekanligi ochib berilganiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining  2024-yilda tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston ma’rifatli jamiyat!” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazish chora-tadbirlari dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2024 yil 6-avgustdagi 02-03-04/770-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan taklif va tavsiyalar jamiyatda yoshlar ongida dunyoviylik va diniylikni uyg‘unligi asosida e’tiqod, mafkuraviy immunitet, milliy va diniy qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
Islom ta’limotida kosmos (fazo), zamon va makon kategoriyalarining diniy-falsafiy mohiyati, shuningdek, bilish muammosining irfoniy (tasavvufiy va qomusiy) talqinlari tizimli tahlil qilinib, ushbu konseptual asoslar doirasida zamonaviy davr soxta salafiylik oqimlarining buzg‘unchi g‘oyalari asossiz ekani falsafiy-argumentativ jihatdan isbotlanganiga oid taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yil 20-iyun kuni efirga uzatilgan “Ma’rifat shu’lasi” ko‘rsatuvining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-avgustdagi 01-07/223-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda yoshlarda bag‘rikenglik, undagi sog‘lom ma’naviy olam, yuksak axloqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishdagi taklif va tavsiyalari viloyat teleradiokompaniyasining ma’naviy ko‘rsatuvlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish