Turabova Sevara Kattaqulovnaning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Talabalarda ilmiy bahs yuritish madaniyatini rivojlantirishning mantiqiy-gnoseologik tahlili. 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq ixtisosligi bo‘yicha (falsafa fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Fal.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti, DSc.03/13.06.2025.F.178.02
Ilmiy maslahatchi: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Sultanova Gulnoza Sabirovna, falsafa fanlari doktori, professor; Davronov Ziyodulla, falsafa fanlari doktori, professor; Ortiqov To‘lanboy Ortiqovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Talabalarda konstruktiv bahs yuritish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mantiqiy-gnoseologik jihatlarni aniqlash hamda ularni amaliyotga joriy etishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq mutafakkirlarining bahs konsepsiyasiga doir ilmiy merosining paradigmal ahamiyati yoshlar ongini g‘oyaviy hujumlardan himoya qilishdagi aksiologo-pragmatik, evristik, germenevtik va sotsiokreativ imkoniyatlari bilan asoslab berilgan;
ilmiy bahs jarayonida shakllanuvchi shaxsiy moslashuvchan ko‘nikmalar (soft skills): tanqidiy va tahliliy fikrlash, refleksiv tahlil, hissiy intellekt hamda kooperativlik, yoshlar ijtimoiy ongini deformatsiyalanishiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan firib, aldov va dezinformatsiya kabi ma’naviy-destruktiv omillar ta’sirini kamaytiruvchi muhim determinant (sababiy omil) ekanligi ilmiy jihatdan dalillangan;
bahsning taktik tuzilmasida konstruktiv dalillash hamda raqibga tuzoq qo‘yish va uni manipulyasiya qilish usullari o‘rtasidagi nisbatni inobatga olgan holda, bahsda qo‘llanishi nojoiz bo‘lgan eristik va sofistik hiylalarni neytrallashtirish tamoyillari analitik so‘roq, kontekstual moslik, shuningdek deduktiv, induktiv va abduktiv xulosalash usullariga tayangan holda asoslangan;
zamonaviy raqamli platformalarning ilmiy bahs-monoza paradigmasini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish potensiali: ilmiy kommunikatsiyaning global interaktivligini ta’minlash, dalillarni algoritmik tahlil qilish, sinxron va asinxron o‘zaro ta’sirni ta’minlash orqali muhokama samaradorligini oshirishning innovatsion raqamli echimlari bilan asoslangan;
zamonaviy ta’lim paradigmalari nuqtai nazaridan talabalarda ilmiy bahs yuritish madaniyatini shakllantirish zaruratining mantiqiy-gnoseologik hamda ijtimoiy-madaniy jihatlari bo‘lajak kadrlarning jahon mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashda muammoga kompetent yondashuv, metakognitiv refleksiya, akademik halollik, ijodiy va tanqidiy fikrlash, tizimli tahlil, konstruktiv muloqotni takomillashtirishga ustuvorlik berish asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Bugungi globallashuv jarayonida talabalarda o‘z nuqtai nazarini konstruktiv bahs va ilmiy dalillar vositasida asoslash malakasini rivojlantirish omillarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan quyidagi amaliy takliflar:
Sharq mutafakkirlarining bahs konsepsiyasiga doir ilmiy merosining paradigmal ahamiyati yoshlar ongini g‘oyaviy hujumlardan himoya qilishdagi aksiologo-pragmatik, evristik, germenevtik va sotsiokreativ imkoniyatlari bilan bilan bog‘liq taklif-tavsiyalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “Buyuk termiziylar” kitobini tayyorlashda foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 
14-sentyabrdagi 01/07-174-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-tadqiqot ishi natijalari “Buyuk termiziylar” ruknidagi xalqchil risolalarni mazmunan takomillashtirishga xizmat qilgan; 
ilmiy bahs jarayonida shakllanuvchi shaxsiy moslashuvchan ko‘nikmalar (soft skills): tanqidiy va tahliliy fikrlash, refleksiv tahlil, hissiy intellekt hamda kooperativlik, yoshlar ijtimoiy ongini deformatsiyalanishiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan firib, aldov va dezinformatsiya kabi ma’naviy-destruktiv omillar ta’sirini kamaytiruvchi muhim determinant (sababiy omil) ekanligi ilmiy jihatdan dalillanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida chop etilgan “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” nomli darslikda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 
29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘iga asosan 438182-raqamli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijalar darslikni yangi ilmiy faktik ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
bahsning taktik tuzilmasida konstruktiv dalillash hamda raqibga tuzoq qo‘yish va uni manipulyasiya qilish usullari o‘rtasidagi nisbatni inobatga olgan holda, bahsda qo‘llanishi nojoiz bo‘lgan eristik va sofistik hiylalarni neytrallashtirish tamoyillari analitik so‘roq, kontekstual moslik, shuningdek deduktiv, induktiv va abduktiv xulosalash usullariga tayangan holda asoslanganligiga oid ilmiy-nazariy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 
2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 2-dekabrdagi 
04/11-8777-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirish, talaba yoshlar ilmiy faoliyatida ilmiy bahsning konstruktiv ta’sir etishiga doir ilmiy-amaliy hamda metodologik g‘oyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
zamonaviy raqamli platformalarning ilmiy bahs-monoza paradigmasini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish potensiali: ilmiy kommunikatsiyaning global interaktivligini ta’minlash, dalillarni algoritmik tahlil qilish, sinxron va asinxron o‘zaro ta’sirni ta’minlash orqali muhokama samaradorligini oshirishning innovatsion raqamli echimlari bilan asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy ishlari rejalariga muvofiq Evropa ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida 2020-2022-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2019-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER – “Hydydlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2024-yil 18-martdagi 03/12-947-son ma’lumotnomasi);
zamonaviy ta’lim paradigmalari nuqtai nazaridan talabalarda ilmiy bahs yuritish madaniyatini shakllantirish zaruratining mantiqiy-gnoseologik hamda ijtimoiy-madaniy jihatlari bo‘lajak kadrlarning jahon mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashda muammoga kompetent yondashuv, metakognitiv refleksiya, akademik halollik, ijodiy va tanqidiy fikrlash, tizimli tahlil, konstruktiv muloqotni takomillashtirishga ustuvorlik berish asosida dalillanganligi bilan bilan bog‘liq taqdim etilgan taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi masʼuliyatini oshirish” 38-bandi “Milliy tarbiya anʼanalari,vositalari, shakllarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tajribalar, to‘plangan tarbiyaviy meros asosida “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 27-fevraldagi 01/22-220-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sodiq etib tarbiyalashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish