Beshimov Murodjon Xamidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Topinambur ildizmevasi quritish jarayonini impulsli elektr maydon ta’sirida intensivlashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/5253.
Ilmiy rahbar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01. 
Rasmiy opponentlar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor; Xayitov Rauf Arifovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: topinambur ildizmevasi quritish jarayonini impulsli elektr maydon ta’sirida intensivlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy topinambur ildizmevasini quritish jarayonini impulsli elektr maydon yordamida jadallashtirish maqsadida optimal rejim sifatida dastlabki kuchlanish 7 kV hamda uzatilayotgan impulslar soni 20 ta bo‘lishi ilmiy isbotlangan;
mahalliy topinambur ildizmevasini quritish jarayonida chiqish omili - topinambur ildizmevasi namligining kirish omillari: quritish kamerasi ichidagi havo harorati va tezligi, quritish davomiyligiga bog‘liqligi isbotlangan; 
python dasturida quritish jarayonini optimallashtirish orqali ta’sir etuvchi omillardan quritish kamerasi ichidagi havoning harorati 60 0C, tezligi  2 m/s, quritish davomiyligi 210 minutga tengligi ilmiy asoslangan;
mahalliy topinambur ildizmevasini impulsli elektr maydonda ishlov berish usuli  yordamida tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonini 1,5 soatga intensivlashtirilgan yangi texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Topinambur ildizmevasi quritish jarayonini impulsli elektr maydon ta’sirida intensivlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
topinambur ildizmevasini quritish jarayonini impulsli elektr maydon ta’sirida jadallashtirish qurilmasi “Livadiya-Bukhara” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 19 noyabrdagi 19-105/11-24-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, quritilgan topinambur ildizmevasi (O‘zDST 32790-2014) talablariga javob berib, taklif qilinayotgan quritish usuli orqali mavjud an’anaviy usuldan quritish vaqti 1,5 soatga qisqarishi natijasida har 500 kg tayyor mahsulotga nisbatan 135 kg ko‘p mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan; 
topinambur ildizmevasini past haroratda quritish texnologiyasi “Usmon Sher Shamshod” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2024 yil 19 noyabrdagi 19-105/11-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tatbiq etilayotgan quritish texnologiyasi orqali mahsulot konsistensiyasi-yumshoq, muvozanat namligi 7-8 %, quritish hajmini 1,5 martaga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish