Atavulloeva Shaxnoza Shavkatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Aralash suvli-organik erituvchili eritmalardan polimer sorbentlar bo‘kishining fizik-kimyoviy asoslari», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K982.
Ilmiy rahbar: Trobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Xalilov Qadritdin Faxritdinovich, kimyo fanlari nomzodi, professor; Maxkamov Muzaffar Abdugaffarovich; kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: aralash suvli-organik erituvchili eritmalardan polimer sorbentlar bo‘kishining fizik-kimyoviy asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
epixlorgidrin bilan polivinil spirtni tikib polivinil spirt geli sintez qilingan va olingan gelning tarkibi IQ - spektroskopiyasi, termogravimetriya (TG va DTT) kabi zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari hamda kvant-kimyoviy hisoblashlar orqali asoslangan;
termogravimetriya (TG va DTT) tahlil natijalaridan foydalanib jarayonning tarmodinamik funksiyalari (ΔH, ΔS) va reaksiya tartibi, faollanish energiyasi kabi kinetik kattaliklari aniqlangan;
optik mikrometriya usulidan foydalanib PVS geli granulalarining suvli va aralash erituvchili eritmalarda ishqorlar, kislotalar hamda turli tuzlar: LiCl, NaCl, KCl, NaI, NH4Cl bo‘kish jarayoning ionlar tabiatiga va eritma konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
PVS gelining aralash erituvchili eritmalarda bo‘kish jarayonining kinetik qonuniyatlari tatbiq etilgan, shuningdek, polimer sorbentlar tuzilishining qo‘sh fazali fizik-matematikaviy modelining kinetik koeffisientlari tajribalarda olingan natijalar bilan isbotlangan;
ilk bora qo‘sh fazali fizik-matematikaviy modelining kinetik koeffisientlari PVS gelining aralash erituvchili eritmalardan bo‘kish jarayoni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aralash suvli-organik erituvchili eritmalarda polimer sorbentlar bo‘kishining fizik-kimyoviy asoslarini tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polivinilspirt gelining aralash suvli-srirtli erituvchili eritmalarda bo‘kish jarayonini tatbiq etishning optik mikrometriya usuli “BioXimMak” korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“BioXimMak” korxonasining (Rossiya) 2025 yil 12 iyundagi 47/34-son ma’lumotnomasi). Natijada, yupqa qatlam xromatografiyasida elyuent sifatida erituvchining kuchini oshirish imkoni yaratilgan;
PVS gelida oqova suvlarni va texnogen eritmalarni tozalashning  regensiz usuli «Elektrokimyozavodi» qo‘shma korxonasi AJda amaliyotga joriy etilgan. («Elektrokimyozavodi» qo‘shma korxonasi AJning 2025 yil 18 iyuldagi 77-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnogen eritmalar tarkibidan to‘liq bir va ikki valentli metall ionlarini ajratishga imkon yaratilgan;
aralash suvli-spirtli erituvchili eritmalarda PVS geli bo‘kish kinetikasini aniqlashning optik mikrometriya usuli “Samarkand England Eco-Medical” korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Samarkand England Eco-Medical” QKning 2025 yil 8 avgustdagi 376-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aralash erituvchili eritmalardan foydalanib qon tarkibidagi monosaxaridlar va disaxaridlarni aniqlashga  imkon yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish