Ibragimov Lazizbek Toshpulat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «GIS texnologiyalari asosida suv resurslarini baholash va kadastrini yuritishning ekologik-geografik xususiyatlari (Qashqadaryo viloyati misolida)», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr232.
Ilmiy rahbar: Juraqulov Doniyor Ochilovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, professor; Yaqubov Tursunboy Botirovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyatida er osti va er usti suv resurslaridan foydalanish darajasini baholash hamda suv kadastrini yuritishning ekologik-geografik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ArcGIS 10.8.1 dasturida grunt suvlari bo‘yicha tahlillarga asoslanib 1:1500000 masshtabda grunt suvlari holati va grunt suvlari kadastr kartalari yaratilgan;
masofadan zondlash materiallari va GIS texnologiyalari asosida er usti suv kadastri obektlarini geoekologik monitoring qilish va suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash mexanizmi ishlab chiqilgan;
ilk bor GIS texnologiyalari asosida er osti va er usti suv resurslarining miqdor hamda sifat ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda Qashqadaryo viloyati suv kadastri geoportali yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati suv kadastri ekologik atlasining mazmuni va tarkibiy tuzilishi hamda kartalar seriyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. GIS texnologiyalari asosida suv resurslarini baholash va kadastrini yuritishning ekologik-geografik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ArcGIS 10.8.1 dasturida grunt suvlari bo‘yicha tahlillarga asoslanib 1:1500000 masshtabda grunt suvlari holati va grunt suvlari kadastr kartalari O‘zbekiston Ekologik partiyasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasi markaziy kengashining 2024 yil 9 apreldagi  01-109-son maʼlumotnomasi). Natijada, grunt suvlaridan foydalanish samaradorligi va xavfsizligini oshirish imkonini bergan;
masofadan zondlash materiallari va GIS texnologiyalari asosida er usti suv kadastri obektlarini geoekologik monitoring qilish va suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 15 maydagi 05-5177-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, suv obektlarini optimal geoekologik boshqarish imkonini bergan;
GIS texnologiyalari asosida er osti va er usti suv resurslarining miqdor hamda sifat ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda Qashqadaryo viloyati suv kadastri geoportali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 15 maydagi 05-5177-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, suv resurslarini sanitar-epidemiologik holatini monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyati suv kadastri ekologik atlasining mazmuni va tarkibiy tuzilishi hamda kartalar seriyasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasi markaziy kengashining 2024 yil 9 apreldagi 01-109-son maʼlumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha suv resurslarini taqsimotini tahlil qilish hamda ulardan oqilona foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish