Murodova Dilafruz Sunatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyati aholisi o‘sishi va joylanishining asosiy xususiyatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Gr171.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Maqsud Abdullaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Muhamedov Odil Lapasovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyati aholisining o‘sishi va hududiy joylanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash asosida ijtimoiy-iqtisodiy geografik muammolar echimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati tumanlari aholisining tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari, joylanish xususiyatlari bo‘yicha komplekslilik, hududiylik va tarixiylik tamoyillari asosida bir-biridan tafovut qiladigan geodemografik tasnifi ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyati tumanlari aholisi sonini ularning jami er maydoniga nisbatan brutto va sug‘oriladigan erlariga nisbatan netto (sof) zichliklari aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatining aholi soni va tabiiy o‘sish, shahar va qishloq aholisi joylashishi, aholi migratsiyasi va geodemografik rayonlarining aholi kartalari yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati va geodemografik rayonlar aholisi sonining 2040-yilgacha mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ekstrapolyasiya metodi asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati aholisi o‘sishi va joylanishining asosiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyati tumanlari aholisining tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari, joylanish xususiyatlari bo‘yicha komplekslilik, hududiylik va tarixiylik tamoyillari asosida ajratilgan bir-biridan tafovut qiladigan geodemografik rayonlarning ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2025 yil 14 yanvardagi 01/3-12-09-14-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy va bandlik muammolarini echimiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda tabaqalashgan yondashuvni qo‘llash imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyati tumanlari aholisi sonini ularning jami er maydoniga nisbatan aniqlangan brutto va sug‘oriladigan erlariga nisbatan netto (sof) zichliklarining statistik ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2025 yil 14 yanvardagi 01/3-12-09-14-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mehnat resurslari tarkibini sifat jihatdan yaxshilash va aholi turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatining aholi soni va tabiiy o‘sish, shahar va qishloq aholisi joylashishi, aholi migratsiyasi va geodemografik rayonlar kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2025 yil 14 yanvardagi 01/3-12-09-14-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘sishi va joylanishi bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy muammolar hamda aholi bandligini ta’minlash echimiga qaratilgan mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyati va geodemografik rayonlar aholisi sonining ekstrapolyasiya metodi asosida ishlab chiqilgan 2040-yilgacha mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2025 yil 14 yanvardagi 01/3-12-09-14-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’muriy hududlarda 2040-yilgacha bo‘lgan davrda aholining turmush tarzini yaxshilash, mehnat resurslaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga oid parametrlarni ishlab chiqish hamda hududlarning rivojlanishini takomillashtirishda ijobiy natijalarga erishish imkoniyati yaratilgan.