Usmonova Hilola Isropilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «ZnO nanomateriallarini soponenlar va flavonoidlarni sirt faol modda sifatida qo‘llab, sintezi va ularning fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K769.
Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Eshmamatova Nodira Baxramovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Murodova Dilafruz Kadirovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ZnO nanomateriallarini soponenlar va flavonoidlarni sirt faol modda sifatida qo‘llab, sintezi va ularning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
saponinlar sirt faol modda va flavonoidlarni barqarorlashtiruvchi sifatida qo‘llab, ZnO nanomateriallarini sintez qilish yo‘li ishlab chiqilgan va jarayon maqbullashtirilgan;
(ZnO)n nanoklasterlarining tuzilishi va electron xossalari kvant-kimyoviy usulida baholangan hamda klasterda molekulalar sonining ortishi taqiqlangan hudud o‘lchamini kamayishiga olib kelishi aniqlangan; 
ZnO nanomateriallarining sirt morfologiyasi, sorbsiya izotermasi, fotokataliltik xarakteristikalari baholangan va Fe3+ ionlari bilan doperlash yutiladigan nurni ko‘rinish sohasiga siljishi isbotlangan;
ZnO nanomateriallarining fotokatalitik reaksiyalarda digratatsiya darajisi 91,5 % ni tashkil etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ZnO nanomateriallarini soponenlar va flavonoidlarni sirt faol modda sifatida qo‘llab, sintezi va ularning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ZnO ni qo‘llab, adsorbsion tozalash texnologiyasi O‘zbekiston-Xitoy MChJ "AHMAD ISROIL TEX" qo‘shma korxonada amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston-Xitoy MChJ "AHMAD ISROIL TEX" qo‘shma korxonasining 2024 yil 28 oktyabrdagi 28/10-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ZnO nanozarrachalarining faollashgan ko‘mirga nisbatan bo‘yoqlarni adsorbsiya qilish samaradorligi yuqori bo‘lishi hamda tozalangan suvning sifati ekologik standartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash imkonini bergan;
ZnO ni fotokatalizator sifatida qo‘llash texnologiyasi O‘zbekiston-Xitoy MChJ "AHMAD ISROIL TEX" qo‘shma korxonada amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston -Xitoy MChJ "AHMAD ISROIL TEX" qo‘shma korxonasining 2024 yil 28 oktyabrdagi  28/10-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ZnO nanozarrachalari yordamida sintetik bo‘yoqlarni fotokatalitik parchalashda samaradorlik ~90 % ni tashkil etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish