Rixsieva Dilorom Furkat qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha yoshdagi bolalarda sut tishlari kariesi profilaktikasini takomillashtirish» 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3608.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Jaxongir Ravshanovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyarov nomli Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda sut tishlari kariesining xavf darajasini baholash orqali profilaktika usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarda kariesning mahalliy xavf omillarini boshqarish va yangi karioz jarayonlar paydo bo‘lishini kamaytirishda, so‘lakning subklinik ko‘rsatkichlari (pH muhiti, bufer sig‘imi, sekresiya tezligi, streptokokk mutans, laktobatsillus bakteriyalari miqdori) tezkor-test usuli orqali stomatologik klinika sharoitida aniqlangan;     
maktabgacha yoshdagi bolalarda  karies rivojlanishini bashorat qilish, karioz jarayonlarni boshqarish va asoratlarini oldini olishga yo‘naltirilgan, xavf omillari asosida karies xavfini 3  darajada (yuqori, o‘rta va past) aniqlovchi komleks test dastur ishlab chiqilgan;
tishlarida karies mavjud bo‘lmagan bolalarda so‘lakdagi streptokokk mutans miqdorining 10ˆ5 KHB/ml dan oshishi, pH ko‘rsatkichining ˂6.5 dan, bufer sig‘imining pH ˂5.0 dan pasayishi natijasida 15% bolalarda karies xavf darajasi ko‘rsatkichi yuqori  ekanligi klinik aniqlangan;  
kariesning yuqori, o‘rta va past xavf darajali guruhlari kesimida olib borilgan individual profilaktika dasturi yordamida karies o‘sish ko‘rsatkichini 2,2 baravar kamaytiriishga, karies reduksiyasini 67% ga oshirishga, karies xavf darajasini 40% ga kamaytirishga erishish mumkinligi klinik isbotlangan; 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 20-martdagi 14/37-sonli  xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarda kariesning mahalliy xavf omillarini boshqarish va yangi karioz jarayonlar paydo bo‘lishini kamaytirishda so‘lakning subklinik ko‘rsatkichlari (pH muhiti, bufer sig‘imi, sekresiya tezligi, streptokokk mutans, laktobatsillus bakteriyalari miqdorini) tezkor-test usuli bilan stomatologik klinika sharoitida aniqlangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ilmiy tadqiqotdan olingan natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasi (01.05.2024 yildagi №6-142-sonli buyrug‘i) hamda Toshkent viloyati Zangiota tumani 17-oilaviy poliklinikasi (02.05.2024 yildagi №4-86-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarga laborator taxlil uchun qatnovlar sonini kamaytirish, tahlil natijalarini mikrobiologik labaratoriyalarga (5 ish kunida aniqlash) nisbatan qiska vaqt (48 soat) davomida aynan bitta stomatolog shifokor tomonidan aniqlash, barcha jarayonlar yagona stomatologiya kabinetida olib borilishi, shifokor stomatolog uchun esa klinika sharoitida qo‘shimcha laborator uskunalarsiz, mavjud test tarkibiy qismlari orqali tahlillarni olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bitta bolaning so‘lak subklinik ko‘rsatkichlarini mikrobiologik va bioximik laboratoriya sharoitida aniqlash xarajati o‘rta xisobda 590 ming so‘mni tashkil qiladi, tavsiya etilgan tezkor-test (Kariesscreentest+P) to‘plamidan foydalanganda bitta bolaning so‘lak tahlili uchun harajat 250 ming so‘mni tashkil qildi va 340 ming so‘m tejash orqali xarajatni 2,3 barobar kamaytirishga erishilgan. Xulosa: stomatologik klinika sharoitida tezkor-test usulidan foydalanish orqali labarator tahlillarni qisqartirish va bolalarda hamda ota-onalarda og‘iz bo‘shlig‘i holati haqida vizual-informativ tushuncha paydo qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: maktabgacha yoshdagi bolalarda karies rivojlanishini bashorat qilish, karioz jarayonlarni boshqarish va asoratlarini oldini olishga yo‘naltirilgan, xavf omillari asosida karies xavfini 3  darajada (yuqori, o‘rta va past) aniqlovchi komleks test dasturi ishlab chiqilgan. . Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ilmiy tadqiqotdan olingan natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasi (01.05.2024 yildagi №6-142-sonli buyrug‘i) hamda  Toshkent viloyati Zangiota tumani 17-oilaviy poliklinikasi (02.05.2024 yildagi №4-86-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda sut tishlari kariesini keltirib chiqaruvchi mahalliy xavf omillarini aniqlash va ularni baholash orqali xar bir bemorda karies xavf darajasini aniqlash va bu orqali karies jarayonlarni boshqarishga, baholash bosqichlarida ota-onalarning ham ishtirokini  ta’minlash orqali ularning tibbiy savodxonligini oshirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: karies xavf darajasini baholovchi test dasturi yaqin vaqt oralig‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi karioz jarayonlarini bashorat qilish asosida karies va uning asoratlarini oldini olishga yordam beradi, bunda bir dona kariesga uchragan tishni davolashga ketadigan o‘rtacha summa 110 ming sumni, asoratli kariesda esa 255 ming so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: bolalarda karies xavf darajasini baholovchi kompleks test dasturining ishlab chiqilishi karies jarayonlarini erta tashhislash, og‘iz bo‘shlig‘idagi mahalliy ximoya va xavf omillarini boshqarish orqali kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi karioz zararlanish jarayonlarini oldini olish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: tishlarida karies mavjud bo‘lmagan bolalarda so‘lakdagi streptokokk mutans miqdorining 10ˆ5 KHB/ml dan oshishi, pH ko‘rsatkichining ˂6.5 dan, bufer sig‘imining pH ˂5.0 dan pasayishi natijasida 15% bolalarda karies xavf darajasi ko‘rsatkichi yuqori  ekanligi klinik aniqlangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ilmiy tadqiqotdan olingan natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasi (01.05.2024 yildagi №6-142-sonli buyrug‘i) hamda  Toshkent viloyati Zangiota tumani 17-oilaviy poliklinikasi (02.05.2024 yildagi №4-86-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Sog‘lom tishli bolalarda karies xavf omillarini baholash negizida karies xavf darajasini aniqlash va shu xavf  asosida o‘z vaqtida profilaktika davo chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali tishlarning karies bilan zararlanishidan saqlab qolish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: intakt tishlarda karies xavf darajasini bashorat qilish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi karies jarayonlari va uning asoratlarni oldini olish natijasida bitta tish misolida kariesni plombalash uchun ketadigan sarf-xarajat o‘rtacha 110 ming so‘mni, asoratlangan kariesli tishda esa davolashda 230 ming so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: intakt tishli bolalar guruhida kariesni xavf darajasini oldindan aniqlash ushbu tishlarning kelgusida kariesga uchrash xavfini bartaraf etish, tishlarni uzoq muddat sog‘lom holda saqlash, doimiy tishlar va ularning kurtaklarini infeksiya o‘chog‘idan saqlash hamda og‘iz bo‘shlig‘ining  sog‘lom gigienasini yo‘lga qo‘yishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kariesning yuqori, o‘rta va past xavf darajali guruhlari kesimida olib borilgan individual profilaktika dasturi yordamida karies o‘sish ko‘rsatkichini 2,2 baravar kamaytirishga, karies reduksiyasini 67% ga oshirishga, karies xavf darajasini 40% ga kamaytirishga erishish mumkinligi klinik isbotlangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ilmiy tadqiqotdan olingan natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasi (01.05.2024 yildagi №6-142-sonli buyrug‘i) hamda  Toshkent viloyati Zangiota tumani 17-oilaviy poliklinikasi (02.05.2024 yildagi №4-86-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda sut tishlari kariesini keltirib chiqaruvchi mahalliy xavf omillarini baholash orqali karies xavf darajasi yuqori, o‘rta va past darajali guruhlarini shakllantirish avvalo karies profilaktikasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni xar bir xavf guruhiga moslashtirish, xavf omillarini inobatga olgan holda amalga oshiriladigan individual yondashuv, tibbiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kariesning yuqori, o‘rta va past xavf darajasiga mos ravishda amalga oshiriladigan individual profilaktika usuli kariesning xavf darajalarini inobatga olmasdan barcha xavf guruhlari uchun bir hilda olib boriladigan an’anaviy profilaktika usuliga nisbatan yangi karies jarayonlarini paydo bo‘lishini 40% gacha kamaytirishi natijasida o‘rta hisobda bitta bolada 3 tagacha yangi tish kariesi holatlari paydo bo‘lishini  oldini olishi hisobiga kariesni davolashga ketadigan 330 ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: Bolalarda karies xavf darajasiga asoslangan individual profilaktika dasturlarini olib borish karies xavf darajasiga asoslanmagan umumiy profilaktikaga nisbatan sut tishlarini kariesga uchrash holatlarini 2,21 barobar kamaytirdi bu esa o‘z navbatida karies jadalligini pasayishiga yordam beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish