Tursunaliev Ibroximjon Usmonali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshqaruv hisobida balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirishni takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4182.
Ilmiy rahbar: Abdusalomova Nodira Bahodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjan Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Sherzod Axmatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qora metallurgiya sanoati korxonalari boshqaruv hisobida balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimida sifat va amalga oshirish ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda xarajatlarni boshqarish ko‘rsatkichlarini integratsiya qilish orqali tashkilot faoliyati natijalarini strategik va operatsion darajada baholash aniqligini oshirish chegarasi (15% ≤ BA ≤ 20%)da xo‘jalik faoliyatining asosiy jihatlarini to‘liq qamrab olish va strategik boshqaruv samaradorligini oshirish asoslangan;
korxonalar faoliyati samaradorligini moliyaviy barqarorlik (qarz yuki koeffisienti, likvidlik indeksi) va operatsion samaradorlik (resurs aylanish tezligi, mahsulot birligiga sarflanadigan vaqt) ko‘rsatkichlarini xodimlar malakasini rivojlantirish va mijozlar ehtiyojini qondirish ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash orqali balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
tarmoqda kapital zichligi, xalqaro bozorlar ta’siri va ekologik standartlar inobatga olingan holda balanslashgan ko‘rsatkichlar xaritasini tahlil qilish usuli ishlab chiqarish texnologiyasi va resurs taqsimotini strategik rejalashtirishda aniqlik darajasini oshirish asosida takomillashtirilgan;
“Uzmetkombinat” AJ balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimini Activity Based Costing (ABC) modeli bilan integratsiya qilish orqali biznes jarayonlar samaradorligini baholash aniqligi darajasini (0,88 ≤ BDS ≤ 0,92) ta’minlash hamda resurslarni qayta taqsimlash orqali umumiy xarajatlarni 10–12% gacha qisqartirish imkoni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshqaruv hisobida balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimida sifat va amalga oshirish ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda xarajatlarni boshqarish ko‘rsatkichlarini integratsiya qilish orqali tashkilot faoliyati natijalarini strategik va operatsion darajada baholash aniqligini oshirish chegarasi (15% ≤ BA ≤ 20%)da xo‘jalik faoliyatining asosiy jihatlarini to‘liq qamrab olish va strategik boshqaruv samaradorligini oshirish taklifi “Uzmetkombinat” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“Uzmetkombinat” AJning 2025-yil 26-martdagi 01/05-01-01/407-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxona faoliyatini kompleks tahlil qilish, ko‘rsatkichlarni bir butun tizimda baholash va boshqaruv axborotining to‘lig‘ligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
korxonalar faoliyati samaradorligini moliyaviy barqarorlik (qarz yuki koeffisienti, likvidlik indeksi) va operatsion samaradorlik (resurs aylanish tezligi, mahsulot birligiga sarflanadigan vaqt) ko‘rsatkichlarini xodimlar malakasini rivojlantirish va mijozlar ehtiyojini qondirish ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash orqali balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish taklifi “Uzmetkombinat” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“Uzmetkombinat” AJning 2025-yil 26-martdagi 01/05-01-01/407-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turli manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini muvozanatlash hamda qaror qabul qilishni asoslash imkoni yaratilgan;
tarmoqda kapital zichligi, xalqaro bozorlar ta’siri va ekologik standartlar inobatga olingan holda balanslashgan ko‘rsatkichlar xaritasini tahlil qilish usuli ishlab chiqarish texnologiyasi va resurs taqsimotini strategik rejalashtirishda aniqlik darajasini oshirish asosida takomillashtirish taklifi “Uzmetkombinat” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“Uzmetkombinat” AJning 2025-yil 26-martdagi 01/05-01-01/407-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxona faoliyati doirasida asosiy operatsion, moliyaviy va ekologik ko‘rsatkichlarning monitoringi yo‘lga qo‘yilgan;
“Uzmetkombinat” AJ balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimini Activity Based Costing (ABC) modeli bilan integratsiya qilish orqali biznes jarayonlar samaradorligini baholash aniqligi darajasini (0,88 ≤ BDS ≤ 0,92) ta’minlash hamda resurslarni qayta taqsimlash orqali umumiy xarajatlarni 10–12% gacha qisqartirish taklifi “Uzmetkombinat” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“Uzmetkombinat” AJning 2025-yil 26-martdagi 01/05-01-01/407-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xarajat omillari aniqlash, resurslarni taqsimlash samaradorligini oshirish, moliyaviy hisobotlar aniqligi va ishonchliligini kuchaytirish, yashirin xarajatlarni aniqlash imkoni yaratilgan.