Abduboqiev Muxammad Sharofitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy ta’minotini boshqarish va samaradorligini oshirish yo‘llari », 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4051.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allado‘stov Rustam Jonmurotovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy ta’minot manbalarini diversifikatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.       III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy risklarni kamaytirishga qaratilgan “Konsolidasiyalashgan ishonchli moliyalashtirish” usuli yuqori daromad olish imkonini beruvchi loyihalar, aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilish hamda imtiyozli xorijiy kredit liniyalarini o‘zlashtirish orqali ko‘p sonli mayda investorlar, kompaniya va moliya tashkilotlari bilan birgalikda moliyalashtirishga jalb qilish asosida takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan korporativ obligatsiyalarni emissiya qilish va investorlarning qat’iy foiz to‘lovlarini ixtiyoriy, imtiyozli foizlarda, kompaniya aksiya va obligatsiyalariga ayirboshlash imkoniyatini beruvchi obligatsiyalarni muomalaga kiritish orqali moliyalashtirishning nobank modelidan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha investorlarni jalb qilish taklifi asoslangan;
ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investisiya jarayonlariga aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv tizimida oshkoralikni ta’minlash, mas’uliyatlilik va hisobdorlik, barqaror va manfatdor hamkorlik aloqalarini ta’minlash kabi prinsiplarni joriy etish asosida yangi UCGS (Uzbek Corporate Governance System) korporativ boshqaruv tizimini joriy etish orqali tashqi boshqaruvni samarali tashkil etish taklifi asoslangan;  
O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari kapital qo‘yilmalarining CAPEX (capital expenditure) va daromadlar hajmi o‘zgarishlarini 2030 yilga qadar uzoq va qisqa muddatlarda baholovchi “Profitable forecasting” nomdagi yuqori ko‘rsatkichli prognozlash parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy ta’minotni samarali boshqarish va tashkil etish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy risklarni kamaytirishga qaratilgan “Konsolidatsiyalashgan ishonchli moliyalashtirish” usulini yuqori daromad olish imkonini beruvchi loyihalar, aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilish hamda imtiyozli xorijiy kredit liniyalarini o‘zlashtirish orqali ko‘p sonli mayda investorlar, kompaniya va moliya tashkilotlari bilan birgalikda moliyalashtirish asosida takomillashtirishga doir taklifi “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining investisiyalari va kreditlarini o‘zlashtirish bo‘yicha prognoz va maqsadli parametlarini ishlab chiqishda foydalanilgan  (“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 1 maydagi №01/01-01-01/1329-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-2025 yillarda tarmoqlar va hududlar kesimida investisiya va kreditlarni o‘zlashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda foydalanilgan hamda aksiyadorlik jamiyati tomonidan mazkur yillar mobaynida 318,9 mln AQSh dollari miqdorida investisiyalarni jalb qilish, pirovardida esa 550 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishga doir prognozlari asoslangan; 
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan korporativ obligatsiyalarni emissiya qilish va investorlarning qat’iy foiz to‘lovlarini ixtiyoriy, imtiyozli foizlarda, kompaniya aksiya va obligasiyalariga ayirboshlash imkoniyatini beruvchi obligatsiyalarni muomalaga kiritish orqali moliyalashtirishning nobank modelidan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha investorlarni jalb qilish taklifi “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan  (“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 1 maydagi № 01/01-01-01/1329-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining nominal qiymati 5 million so‘m bo‘lgan 10 000 dona jami 50 milliard so‘mlik korporativ obligatsiyalari savdo auksionlari NEGO savdo maydonchasida o‘tkazilgan bo‘lib, potensial xaridorlardan 478,5 milliard so‘mlik arizalar kelib tushgan, hamda savdo yakunlari bo‘yicha jami 50 milliard so‘mlik obligatsiyalarni fond bozoriga muvaffaqiyatli joylashtirishga erishilgan;    
ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investisiya jarayonlariga aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv tizimida oshkoralikni ta’minlash, mas’uliyatlilik va hisobdorlik, barqaror va manfa’atdor hamkorlik aloqalarini ta’minlash kabi prinsiplarni joriy etish asosida yangi UCGS (Uzbek Corporate Governance System) korporativ boshqaruv tizimini joriy etish orqali tashqi boshqaruvni samarali tashkil etishga doir taklifi “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 1 maydagi №01/01-01-01/1329-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, jamiyatni boshqarish tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, shu jumladan, yangi bozorlarni egallash hisobidan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish hajmini oshirish, mahsulotning tannarxini tushirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni tizimli asosda olib borishga erishilgan; 
O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari kapital qo‘yilmalarining CAPEX (capital expenditure) va daromadlar hajmi o‘zgarishlarini 2030 yilga qadar uzoq va qisqa muddatlarda baholovchi “Profitable forecasting” nomdagi yuqori ko‘rsatkichli prognozlash parametrlari “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan  (“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 1 maydagi №01/01-01-01/1329-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining CAPEX va daromadlar hajmini prognoz yondashuvlariga muvofiq CAPEX miqdori 6,44 foizga o‘sishi va daromadlar xajmi 13,52 tlrn. so‘mni tashkil etishligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish