Nurullaeva Kuvonch Xudayberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish tarixi (Quyi Amudaryo hududi misolida)” 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Sulaymanov Salamat Arepbaevich tarix fanlari doktori (DSc), professor
Abdullaev Diyorjon Nodirjon o‘g‘li tarix fanlari doktori (DSc), dotsent Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllantirilishi hamda rivojlanish tarixini Quyi Amudaryo hududi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, O‘zbekistonda davlatga tegishli korxonalar mulklarini ijaraga berish, savdo va maishiy xizmat shaxobchalarini davlat tasarrufidan chiqarish, mahalliy hunarmandchilikni rivojlantirish kabi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatda bozor munosabatlari asoslari, mulkchilikning turli shakllarini tashkil etish bilan birga ichki bozorni mahsulotlar bilan to‘ldirish, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilgani asoslangan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlar natijasida ishlab chiqarishning turli tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasining rivojlanishi hisobiga yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmida xususiy sektorning ulushi ortib borganligi isbotlangan.
Mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasida xo‘jalik yurituvchi subektlar, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilikning rivojlantirilishi, Quyi Amudaryo hududida bandlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq joylarida aholi daromadlarini oshirish hamda mulkdorlar qatlamini shakllantirishga xizmat qilgani dalillangan.
Mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun qulay sharoitlarning yaratilishi, biznesni rivojlantirish uchun byurokratik to‘siqlarni olib tashlanishi viloyatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari sonini sezilarli darajada oshirishga imkon berganligi, bozor xizmatlari hajmi hamda geografiyasining kengayishi tendensiyasida bank-moliya, turizm, mehmonxona, sug‘urta, axborot-kommunikatsiya, ta’lim, tibbiyot, umumiy ovqatlanish, transport kabi xizmat turlarining o‘rni bo‘lganligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish jarayonlari, tarixiy jihatlari, uni yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi omillarni batafsil ochish asosida namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ishlab chiqarish, xizmatlar sohasining turli tarmoqlarida xususiy mulkchilikni shakllantirish hamda rivojlantirishni tadqiq etishga bag‘ishlangan davlat dasturlarining bajarilishida, shuningdek, mustaqillik davri turizm tarixiga oid yangi darslik, o’quv qo’llanmalarni yaratishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish jarayonlari ko‘rib chiqilib, to‘plangan ma’lumotlardan O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish hamda o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatib berilgan;
Hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning holati, uni yanada takomillashtirish muammosini, shuningdek, xususiy sektorda xo‘jalik yurituvchi subektlarning faoliyatini o‘rganishga qaratilgan hamda o‘quv jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jihatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish tarixi (Quyi Amudaryo hududi misolida)” mavzusini o‘rganish asosida:
Dissertatsiyada ilgari surilgan mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, davlatga tegishli korxonalar mulklarini ijaraga berish, savdo va maishiy xizmat shaxobchalarini davlat tasarrufidan chiqarish, mahalliy hunarmandchilikni rivojlantirish kabi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatda bozor munosabatlari asoslari, mulkchilikning turli shakllarini tashkil etish bilan birga ichki bozorni mahsulot, xizmatlar bilan to‘ldirish, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilganini asoslovchi ilmiy-tahliliy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali DMda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlar ssenariylarini tayyorlashda (2023-2024 yillar) foydalanilgan. (O‘zbeksiton milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 12-noyabrdagi 04-36-1281-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar mavzuga oid masalalarni teletomoshabinlarga keng qamrovda etkazib berish imkonini bergan bo‘lib, O‘zbekistonning eng yangi tarixiga qiziquvchilarni mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish tarixi bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Dissertatsiya ishidagi mustaqillik yillarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlar natijasida ishlab chiqarishning turli tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasining rivojlanishi hisobiga yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmida xususiy sektorning ulushi ortib borganligiga oid tahliliy ma’lumotlardan Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining tadbirkorlik subektlarining malakasini oshirishda foydalanilgan. (Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining 2025-yil 21-fevraldagi 05-06/252-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari tinglovchi-tadbirkorlar, tadqiqotchilarni mavzu bilan keng tanishtirishga xizmat qilgan.
Dissertatsiyada ilgari surilgan mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasida xo‘jalik yurituvchi subektlar, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilikni rivojlantirilishi Quyi Amudaryo hududida bandlik hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq joylarida aholi daromadlarini oshirish hamda mulkdorlar qatlamini shakllantirishga xizmat qilganiga oid tahliliy ma’lumotlardan Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining tadbirkorlik subektlarining malakasini oshirishda foydalanilgan. (Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining 2025-yil 21-fevraldagi 05-06/252-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar, tahliliy ma’lumotlar tinglovchilarning mamlakatda, shu jumladan, Xorazm viloyatidagi iqtisodiy islohotlar, agrar sohada xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tarixiga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilgan.
Dissertatsiya ishidagi mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun qulay sharoitlarni yaratilishi, biznesni rivojlantirish uchun byurokratik to‘siqlarni olib tashlanishi kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subektlari sonini sezilarli darajada oshirishga imkon berganligi, bozor xizmatlari hajmi hamda geografiyasining kengayganligiga oid tahliliy ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 7-bandi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2022-yil yakuni bilan Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish, ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tish, “Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotda mahalliy, xorijiy xususiy investisiyalarni ko‘paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish, shuningdek, o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 26-noyabrdagi 434-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va ilmiy xulosalar mustaqillik yillarida o‘tkazilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarni birlamchi manbalar asosida ilmiy o‘rganishga xizmat qilgan.