Dalerjon G‘anijon o‘g‘li Mirzaevning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston viloyatining gazeti” – Turkiston siyosiy tarixi bo‘yicha manba” mavzusidagi 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.2.PhD/Tar1568
Ilmiy rahbar: Azamat Ziyo, tarix fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Baxtiyor Ergashev, tarix fanlari doktori, professor;
Kamol Jamolovich Raxmonov, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalaridagi maqolalar tahlili orqali Turkistonning 19-yuzyillik oxiri – 20-yuzyillik boshlaridagi siyosiy hayoti tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Turkiston viloyatining gazeti”dagi maqola va xabarlar mustamlakachi hukumat tomonidan Turkistonda yuritilgan siyosatga hamohang ravishda o‘lka tarixiga oid ma’lumotlar g‘oyaviy jihatdan 3 davrga: 1) Rossiya imperiyasining Turkistonni to‘la bo‘y sundirish — 1870 – 1885-yillar; 2) turkistonliklar orasida rus tili va madaniyatini yoyish, mustamlakachilik tizimini kuchaytirish hamda yangi bosqichga olib chiqish — 1885 – 1906-yillar; 3) Birinchi rus inqilobi (1905 – 1907-yillar)dan so‘ng siyosiy masalalarni yoritishni kamaytirish — 1906 – 1917-yillarga bo‘linganligi asoslangan;
Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga qarshi olib borilgan bosqinchilik siyosati matbuotda elchilik aloqalari (Rossiya imperiyasining o‘zi xivalik elchilarni qabul qilishdan bosh tortgani), qulchilik (fors qullarini ozod qilish orqali Eron bilan munosabatlarni yaxshilashga intilgani), bosqin natijalari (mavjud shartnoma asosida xivaliklar to‘laydigan soliqning ko‘payishi bilan aholining xonlik fuqaroligidan chiqish hollarining kuchayishi) shaklida yoritilib, undan ko‘zlangan maqsad imperiya hukumatining Xivani qaram qilish orqali xonlik va sharq mamlakatlarining siyosiy va iqtisodiy hayotiga kirib borishidek asl maqsadlari yashirilgani dalillangan;
Rossiya imperiyasining Qo‘qon xonligiga nisbatan olib borgan bosqinchilik siyosatini g‘oyaviy jihatdan 3 qismga bo‘linishi: 1) savdo shartnomasi asosida xonlikda rus savdogarlari faoliyatini kuchaytirish va iqtisodiy ustunlik evaziga siyosiy nazorat o‘rnatish (1868-yil); 2) Nasriddinbekni Rossiya imperiyasi uchun ma’qul shaxs va xondan keyingi obro‘li vakil sifatida siyosiy obro‘sini kuchaytirishga qaratilgan harakatlar; 3) Po‘latxon qo‘zg‘oloni bahonasida hali bosib olmagan hududda o‘z soliq va majburiyatlarini joriy qilish hamda ruslashtirish siyosatini amaliyotda qo‘llagani aniqlangan;
Gazetaning mustamlakachilik siyosatining quroli ekanligi 1885 – 1906-yillardagi faoliyatida aniq ko‘ringan bo‘lib, “Vabo” isyoni davrida turkistonlik boylar tomonidan ochilgan qabristonlar xalq orasida davlatniki deb targ‘ib qilinishi, Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni natijasida qo‘zg‘olonda qatnashmaganlardan ham jarima olib ularni jinoyatchi deb targ‘ib qilinishi, milliy ozodlik harakati vakillarini vatanga yoki oqpodshohning marhamatiga xiyonat sifatida talqin qilingani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
“Turkiston viloyatining gazeti”dagi maqola va xabarlar mustamlakachi hukumat tomonidan Turkistonda yuritilgan siyosatga hamohang ravishda o‘lka tarixiga oid ma’lumotlar g‘oyaviy jihatdan 3 davrga: 1) Rossiya imperiyasining Turkistonni to‘la bo‘y sundirish — 1870 – 1885-yillar; 2) turkistonliklar orasida rus tili va madaniyatini yoyish, mustamlakachilik tizimini kuchaytirish hamda yangi bosqichga olib chiqish — 1885 – 1906-yillar; 3) Birinchi rus inqilobi (1905 – 1907-yillar)dan so‘ng siyosiy masalalarni yoritishni kamaytirish — 1906 – 1917-yillarga bo‘linganligi;
Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga qarshi olib borilgan bosqinchilik siyosati matbuotda elchilik aloqalari (Rossiya imperiyasining o‘zi xivalik elchilarni qabul qilishdan bosh tortgani), qulchilik (fors qullarini ozod qilish orqali Eron bilan munosabatlarni yaxshilashga intilgani), bosqin natijalari (mavjud shartnoma asosida xivaliklar to‘laydigan soliqning ko‘payishi bilan aholining xonlik fuqaroligidan chiqish hollarining kuchayishi) shaklida yoritilib, undan ko‘zlangan maqsad imperiya hukumatining Xivani qaram qilish orqali xonlik va sharq mamlakatlarining siyosiy va iqtisodiy hayotiga kirib borishidek asl maqsadlari yashirilgani yuzasidan qilingan ilmiy xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvlari ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 20-maydagi 01-33/330-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan siyosati matbuot sahifalari maqola va xabarlarning tahlili orqali mazkur davrning bahsli masalalariga oydinlik kiritishga xizmat qiladi.
Rossiya imperiyasining Qo‘qon xonligiga nisbatan olib borgan bosqinchilik siyosatini g‘oyaviy jihatdan 3 qismga bo‘linishi: 1) savdo shartnomasi asosida xonlikda rus savdogarlari faoliyatini kuchaytirish va iqtisodiy ustunlik evaziga siyosiy nazorat o‘rnatish (1868-yil); 2) Nasriddinbekni Rossiya imperiyasi uchun ma’qul shaxs va xondan keyingi obro‘li vakil sifatida siyosiy obro‘sini kuchaytirishga qaratilgan harakatlar; 3) Po‘latxon qo‘zg‘oloni bahonasida hali bosib olmagan hududda o‘z soliq va majburiyatlarini joriy qilish hamda ruslashtirish siyosatini amaliyotda qo‘llagani;
Gazetaning mustamlakachilik siyosatining quroli ekanligi 1885 – 1906-yillardagi faoliyatida aniq ko‘ringan bo‘lib, “Vabo” isyoni davrida turkistonlik boylar tomonidan ochilgan qabristonlar xalq orasida davlatniki deb targ‘ib qilinishi, Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni natijasida qo‘zg‘olonda qatnashmaganlardan ham jarima olib ularni jinoyatchi deb targ‘ib qilinishi, milliy ozodlik harakati vakillarini vatanga yoki oqpodshohning marhamatiga xiyonat sifatida talqin qilingani, kabi ilmiy xulosalardan 2022 – 2024-yillari Tarix institutida bajarilgan “O‘zbek xalqi va davlatchilik tarixi manbalari (eng qadimgi davrdan 1991-yilgacha) elektron “Aqlli kutubxona” platformasini yaratish” hamda 2021 – 2023-yillari bajarilgan “Jadid.uz elektron platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 4-iyun 3/1255-1396-sonli ma’lumotnomasi). Aniqlangan matbuot materiallari Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining kam o‘rganilgan qismini ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.