Davronbek Zoxidjon o‘g‘li Olimjonovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Boburnoma” asari turkiy xalqlar etnografiyasini o‘rganishda muhim tarixiy-etnografik manba” mavzusidagi 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antropologiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tar1619
Ilmiy rahbar: Adhamjon Azimboevich Ashirov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Alisher Xudayberdievich Doniyorov, tarix fanlari doktori, professor;
Saodat Tilovberdievna Davlatova, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Boburnoma” asari turkiy xalqlar elshunosligini tadqiq etishda muhim manba sifatidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Boburnoma” matni asosida turkiy xalqlar elshunosligiga oid 100 dan ortiq etnografik atamalar tizimli ravishda jamlanib, tahlil qilindi va ular mavzuli (etnik tarix, toponimlar, xo‘jalik, o‘simliklar, moddiy va nomoddiy madaniyat) yo‘nalishlarda o‘zbek xalqi elshunosligini o‘rganishda muhim manba bo‘lishi ilmiy asosda dalillangan;
“Boburnoma”ni zamondosh manbalari (Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy”, Xondamirning “Habib us-siyar”, Gulbadanbegimning “Humoyunnoma” hamda Abulfazl Allomiyning “Oyini Akbariy”) bilan qiyosiy o‘rganilishi asosida Bobur va Boburiylar sulolasi davrida Hindistonda ekinlarni iqlimga moslashtirish hamda bog‘dorchilikda tajriba-sinov ishlari yangi yo‘nalish sifatida shakllanib, qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlardan biriga aylangani isbotlangan;
Boburiylar davrida Hindiston madaniyatiga Turon xalqlariga xos milliy kiyim (chorqab, joma, poyjoma, nimcha, lachak, toqi kabi liboslar) larning kirib kelganligi va ular hind milliy liboslari bilan uyg‘unlashgan holda yangi kiyim turlari (ulbog‘cha, takauchiya, dutahi, so‘zani, qalami) shakllangani aniqlangan;
“Boburnoma”da qayd etilgan bayramlar (Navro‘z, Ramazon, Qurbon, Hosil bayramlari, lola, suv, uzum, qovun, xazonrez sayillari), marosim va tomoshalar (kurash, ot poygasi, qabaq, zehgirtaroshlik, chavg‘on, lashkar ko‘rigi, xo‘roz, qo‘chqor va tuya urushtirish kabi) turkiylar ijtimoiy hayotida jamoaviy muloqot vazifasini bajarganligi qiyosiy ma’lumotlar asosida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Dissertatsiyaning ilmiy ahamiyati yuzasidan qilingan xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvida Zahiriddin Muhammad Bobur – o‘rta chog‘ning mashhur davlat arbobi, sarkarda va elshunos olimlaridan biri sifatida uning hayoti va faoliyati, shuningdek, “Boburnoma” asarini yozish sabablari, uning mazmuni va boshqa tillarga tarjima qilinishi, manbada keltirilgan tarix hamda elshunoslikka oid materiallar, masalan, etnik tarix bilan bog‘liq turkiy, mo‘g‘ul, afg‘on xalqlarining joylashuvi va madaniyati haqida ilmiy tahlillari, shuningdek, Turon va Hindistondagi o‘rta asrlardagi odatlar, kiyimlar, taomlar, o‘simlik va bog‘ yaratish an’analari Boburiylar orqali Hindiston madaniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi kabi ilmiy xulosalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 24-iyundagi 01-33/484-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarning joriy etilishi Zahiriddin Muhammad Bobur va uning “Boburnoma” asari to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni ommalashtirishga xizmat qilgan.
“Boburnoma” matni asosida turkiy xalqlarga oid etnografik atamalar tizimli va etnik tarix, toponimlar, xo‘jalik hayot, o‘simliklar, moddiy va nomoddiy madaniyatga doir lavhalardan ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 24-iyundagi 01-33/484-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalari o‘rta asrlar madaniyati haqidagi tasavvurni boyitilishiga xizmat qilgan;
Turon kiyimlari hamda ularning turlari Zahiriddin Muhammad Bobur orqali Hindistonga kirib borgani, xususan, joma, poyjoma, nimcha, lachak, toqi kabi o‘zbek liboslari Boburiylar davrida Hindiston madaniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, hind madaniyatida takauchiya, dutahi, so‘zani, qalami kabi yangi kiyim turlari vujudga kelganligi va ularning ilmiy ahamiyati yuzasidan qilingan ilmiy xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston madaniyat vazirligi huzuridagi Ta’lim markazining 2025-yilning 21-avgustdagi 125-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijasi sifatida o‘zbek madaniyatining afg‘on, hind milliy madaniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan kabi lavhalar “Boburnoma” asari orqali namoyon bo‘lib, o‘zbek madaniyatini ommalashtirish targ‘ibotiga xizmat qilgan.
“Boburnoma”da qayd etilgan bayramlar (Navro‘z, Ramazon, Qurbon, Hosil bayramlari, lola, suv, uzum, qovun, xazonrez sayillari), marosim va tomoshalar (kurash, ot poygasi, qabaq, zehgirtaroshlik, chavg‘on, lashkar ko‘rigi, xo‘roz, qo‘chqor va tuya urushtirish kabi) turkiylar ijtimoiy hayotida jamoaviy muloqot vazifasini bajarganligi qiyosiy ma’lumotlar asosida asoslangan (O‘zbekiston madaniyat vazirligi huzuridagi Ta’lim markazining 2025-yilning 21-avgustdagi 125-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijasi sifatida o‘zbek madaniyatining bayram, xalq sayillar va milliy o‘yinlariga oid lavhalar “Boburnoma” asari orqali namoyon bo‘lib, o‘zbek nomoddiy madaniyati bilimlarining targ‘ibotiga xizmat qilgan.