Qobulova Maxpubaxon Yakibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Agroklasterlar faoliyatini rivojlantirishda kadrlar salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti tutash ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt.3902
Ilmiy rahbari: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mirdjalilova Dildora Shuxratovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agroklasterlar faoliyatini rivojlantirishda kadrlar salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agroklasterlar faoliyatida kadrlar salohiyatini boshqarish jarayonining tasnifi milliy iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, mehnat bozorida ish haqini ta’riflash tizimi (10-15 foizlik ustamalar), hududiy bandlik va kasbiy tayyorlash dasturlari (malaka oshirish kurslari bilan qamrab olingan xodimlarning 75-80 foizi), tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimlari hamda davlat-xususiy sheriklik tamoyillarining integratsiyalashuvini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
agroklasterlar faoliyati raqobatbardoshligini boshqarishda sohada kadrlar salohiyatini baholash mezonlari asosida yuqori samarali (4,5≤KSyu≤5), o‘rtacha samarali (3,5≤KSo‘≤4,4), past samarali (2,6≤KSp≤3,4) va samarasiz (1≤KSs≤2,5) ko‘rsatkichlarga guruhlash orqali baholash aniqligini oshirish asoslangan;
agroklaster korxonalarida kadrlar salohiyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, qishloq xo‘jaligi klaster korxonalari va kadrlar resurslari o‘rtasida ta’sirchan o‘zaro aloqalarni ta’minlovchi institutsional vositalar tarkibiga 1 xodimga to‘g‘ri keluvchi mehnat unumdorligini yiliga 8-10% oshirishdan iborat regulyativ hamda rag‘batlantiruvchi vositalar majmuining kiritilishi asoslangan;
agroklasterlarda band bo‘lgan ishchilar soni, ularning o‘rtacha ish staji, boshqaruv xarajatlari va mehnat unumdorligi hajmining o‘zgarishi hisobiga agroklasterlar faoliyatidan olingan foyda hajmining 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agroklasterlar faoliyatini rivojlantirishda kadrlar salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agroklasterlar faoliyatida kadrlar salohiyatini boshqarish jarayonining tasnifi milliy iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, mehnat bozorida ish haqini ta’riflash tizimi (10-15 foizlik ustamalar), hududiy bandlik va kasbiy tayyorlash dasturlari (malaka oshirish kurslari bilan qamrab olingan xodimlarning 75-80 foizi), tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimlari hamda davlat-xususiy sheriklik tamoyillarining integratsiyalashuvini ta’minlash asosida takomillashtirilishi bo‘yicha ilmiy taklifi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 17-iyuldagi 03/25-1738-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida agroklasterlar faoliyatida kadrlar salohiyatini boshqarish tizimining samaradorligi darajasi 10-12 foizga ortgan;
agroklasterlar faoliyati raqobatbardoshligini boshqarishda sohada kadrlar salohiyatini baholash mezonlari asosida yuqori samarali (4,5≤KSyu≤5), o‘rtacha samarali (3,5≤KSo‘≤4,4), past samarali (2,6≤KSp≤3,4) va samarasiz (1≤KSs≤2,5) ko‘rsatkichlarga guruhlash orqali baholash aniqligini oshirish taklifi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 17-iyuldagi 03/25-1738-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida agroklasterlar faoliyati raqobatbardoshligini boshqarishda sohada kadrlar salohiyatini baholash mezonlarini 9 ta guruhga tartiblash asosida kadrlar salohiyatini aniqlash darajasi aniqligi 11-13 foizga ortgan;
agroklaster korxonalarida kadrlar salohiyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, qishloq xo‘jaligi klaster korxonalari va kadrlar resurslari o‘rtasida ta’sirchan o‘zaro aloqalarni ta’minlovchi institutsional vositalar tarkibiga 1 xodimga to‘g‘ri keluvchi mehnat unumdorligini yiliga 8-10% oshirishdan iborat regulyativ hamda rag‘batlantiruvchi vositalar majmuining kiritilishi taklifi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 17-iyuldagi 03/25-1738-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi agroklasterlar faoliyati va bu tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda kadrlar salohiyatini boshqarish tizimini takomillashtirish va mahsulotlar sifatini yaxshilashda zamonaviy boshqaruv modellari va mexanizmlarini qo‘llash samaradorligi ortgan;
agroklasterlarda band bo‘lgan ishchilar soni, ularning o‘rtacha ish staji, boshqaruv xarajatlari va mehnat unumdorligi hajmining o‘zgarishi hisobiga agroklasterlar faoliyatidan olingan foyda hajmining 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 17-iyuldagi 03/25-1738-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Bek klaster” MChJ va “Saxovat teks” agroklasterlarida kelgusi davrda rivojlantirish strategiyalari asosida ssenariylar ishlab chiqish imkoniyati kengaydi hamda amaliyotda foydalanish mumkin bo‘lgan qisqa muddatli davr uchun tarmoqning maqsadli ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.