Raximova Dilfuza Mirzakasimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari” 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3385.
Ilmiy rahbar: Sayfutdinov Shuxratjon Sultonovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori(PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikrom Akramovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Astanakulov Olim Tashtemirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollarini aniqlash va takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ziyorat turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni insonlarni sayohat davomida ruhiy o‘sish, o‘z-o‘zini anglash va ichki olamini boyitish xotirjamlikka erishish jarayoni hisoblanib, ziyorat nafaqat diniy, balki shaxsiy rivojlanish vositasi sifatida tushuntirish hamda ko‘plab ma‘lumotlarga ega bo‘lishini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ziyorat infratuzilmasining klasterlashuv darajasini aniqlashning besh jarayonli algoritmi asosida Toshkent shahridagi 8 ta asosiy ziyoratgohlarning ziyorat klaster indikatori hamda klasterbopligi sifat darajasi “Muborak joy” (0-40 ball), “Ziyoratga arzigulik diniy obekt” (41-70 ball), “Diniy-turistik jozibaga ega maskan” (71-85 ball), “Klasterlashuv darajasidagi ziyoratgoh” (86-100 ball) mezonlari orqali baholangan;
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Toshkent shahrining asosiy ziyoratgohlarini o‘z ichiga olgan “Ilmiy ziyorat turizmi” yo‘nalishida tur dasturi shakllantirish orqali ziyorat turizmini rivojlantirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning ko‘p omilli ekonometrik modellarni qo‘llash asosida 2028 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda istiqbollarini belgilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ziyorat turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni insonlarning sayohat davomida ruhiy o‘sish, o‘z-o‘zini anglash va ichki olamini boyitish, xotirjamlikka erishish jarayoni nafaqat diniy, balki shaxsiy rivojlanish vositasi sifatida tushuntirish hamda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ziyorat turizm menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2023-yil 14-iyuldagi 228-85 sonli guvohnoma). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda ziyorat turizm istiqbollarini belgilashda, “ziyorat turizmi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
ziyorat infratuzilmasining klasterlashuv darajasini aniqlashning besh jarayonli algoritmi asosida Toshkent shahridagi 8 ta asosiy ziyoratgohlarning ziyorat klaster indikatori hamda klasterbopligi sifat darajasi “Muborak joy” (0-40 ball), “Ziyoratga arzigulik diniy ob’ekt” (41-70 ball), “Diniy-turistik jozibaga ega maskan” (71-85 ball), “Klasterlashuv darajasidagi ziyoratgoh” (86-100 ball) mezonlari orqali baholash taklifi asosida ishlab chiqilgan ziyorat turizmi klasterbopligini baholash metodikasi amaliyotga joriy etilib, Toshkent shahridagi “Toshkent islom merosi” ziyorat klasteri tarkibiga kiruvchi muqaddas maskanlarda sinov tariqasida qo‘llanilgan. Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-sonli Farmoniga 3-ilova - Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Toshkent shahar turizm boshqarmasining 2025-yil 30-centyabr 03-10-17-10094-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida ziyoratgohlarning infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish va tur paketlarini diversifikatsiyalash bo‘yicha turistik tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ishlab chiqilgan;
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Toshkent shahrining asosiy ziyoratgohlarini o‘z ichiga olgan “Ilmiy ziyorat turizmi” yo‘nalishida tur dasturi shakllantirish orqali ziyorat turizmini rivojlantirish taklifidan “Tabarruk ziyorat” platformasiga Toshkent shahridagi ziyoratgohlarni ilmiy asoslangan kontentlar ma’lumotlari tayyorlash va platformaga joylashtirishda foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-338-son qaroriga 2-ilova Turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini 2-bandiga ko‘ra chora-tadbirlar rejasiniga asosan platformani ishga tushirish, unda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar moddiy-madaniy meros obektlari, allomalari haqida ma’lumotlarni barcha a’zo va kuzatuvchi davlatlar tillarida muntazam ma’lumotlarni shakllantirish imkoni yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Toshkent shahar turizm boshqarmasining 2025-yil 30-centyabr 03-10-17-10094-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida “Ilmiy ziyorat turizmi” yo‘nalishida tur dasturi shakllantirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning ko‘p omilli ekonometrik modellarini qo‘llash asosida 2028- yilga qadar ishlab chiqilgan o‘rta muddatli prognoz parametrlaridan foydalanish taklifi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-martdagi 12-son bayoniga 9-ilova Turizm qo‘mitasi tomonidan “Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish Kengashining 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan ish rejasi”ning 2-bandi “Ziyoratga kelayotgan turistlarning talablariga javob beradigan turizm infratuzilmasini va transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish” bo‘yicha ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Toshkent shahar turizm boshqarmasining 2025-yil 30-centyabr 03-10-17-10094-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.