Rustamov Islombek Odilbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qadimiy Xorazm paxsadevor obidalarini me’moriy xususiyatlari va ularni saqlash tamoyillari», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/A127.
Ilmiy rahbar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.07.2024.A.20.11.
Rasmiy opponentlar: Sulaymanov Salamat Arepbaevich, tarix fanlari doktori, professor; Shoisoev Izzatullo Kenjaevich, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qadimiy Xorazm hududidagi gil xomashyoli me’moriy obidalarda qo‘llanilgan anʼanaviy usullarini, ashyolarni tarixiy izchillikda aniqlash, AKT yordamida ularni saqlash va ta’mirlashda anʼanaviy ta’mirlash metodologiyasini takomillashtirish va paxsadevor obidalarning bugungi kundagi holatini aniqlash asosida elektron ma’lumotlar bazasini tuzishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
antik davrga oid 12 ta,  o‘rta asrlarga oid 8 ta va XIX-XX asrlarga oid 16 ta  paxsadevor yodgorliklarining me’moriy, qurilmaviy va ashyoviy xususiyatlari baholanib, ularning Xorazmning shaharsozlik madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etganligi isbotlangan;
Xorazmdagi  paxsadevor me’moriy yodgorliklarini ta’mirlash ishlarini qisqartirishga asos bo‘ladigan “Ma’lumotlar bazasi” ilk bora AKT vositasi yordamida elektron shaklda yaratilgan;
Deshon Qal’aning devorida  8 xil qorishmadan foydalanib  otkazilgan tajribalar natijasida somon cho‘plari, gilam juni va shakarli tarkibli loylar boshqa tarkibli loylarga qaraganda mustahkam va emirilishga chidamli ekanligi aniqlangan;
“Qalajiq qal’a”, “Oxunlar”, “Ulli Hovli” va “Deshon qal’a”  obidalarining devorlaridan olingan namunalarning mustahkamligi Rg (2,0-2,5MPa) yuqori ekanligi, yaʼni 70-80%ni tashkil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xiva me’moriy yodgorliklarining holatini baholash, saqlash va ta’mirlash tamoillarini yaratish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Xorazmning shaharsozlik madaniyatini shakllantirishda  ahamiyati katta bo‘lgan  37-ta paxsadevor me’moriy yodgorliklari bo‘yicha yaratilgan  elektron shaklda “Ma’lumotlar bazasi” materiallari va Deshon Qal’aning devorida  8 xil qorishmadan foydalanib  otkazilgan ilmiy-amaliy tajribalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Axborot” ko‘rsatuvi, “O‘zbekiston 24”, “Yoshlar” telekanali faoliyatida Xorazm viloyati televideniesining “Xorazm 24”, “Kech yoqtilik” - Xayirli oqshom, “Assalom Xorazm” “Zamondosh”, shuningdek “Xorazmnoma” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 8-yanvardagi 37-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarni ilmiy-amaliy dalillar bilan yanada boyitish, ommabopligini ta’minlash bilan birga,davlatimiz moddiy-madaniy merosining ahamiyatini xalqimizga etkazish vositasi bo‘lib ham xizmat qilgan;
viloyatda hozirda saqlanib qolgan antik davrga oid 12ta,  o‘rta asrlarga oid 8ta va XIX-XX asrlarga oid 16ta  paxsadevor yodgorliklari bo‘yicha bajarilgan monitoring natijalaridan va  “Qalajiq qal’a”, “Oxunlar”, “Ulli Hovli” va “Deshon qal’a”  obidalarining devorlaridan olingan namunalarning mustahkamligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan tajribaviy xulosalardan Xorazm viloyati hududidagi paxsadevor obidalarni joriy ta’mirlash loyihalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zR Madaniy meros agentligining 2025-yil 21-yanvardagi 01-07/233-son ma’lumotnomasi). Natijada paxsadevor me’moriy obidalarning asl holida saqlanishi,  ularning mustahkamlik masalalarini va ta’mirlashga oid ishlarni  to‘g‘ri tashkil  qilish  imkoniyatini yaratgan;
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Reaspublikasi hududida joylashgan paxsadevor obidalari bo‘yicha to‘rtta yo‘nalishda  tayyorlangan - “Qadimiy Xorazm paxsadevor arxitekturaviy obidalarga turistik marshrutlar” katalog ma’lumotlaridan   Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishga oid amaliy ishlarda foydalanilgan (O‘zR Madaniy meros agentligining 2025-yil 21-yanvardagi 01-07/233-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Xorazm viloyatidagi mutasaddilariga turizm sohasini yanada rivojlantirishda ko‘mak beradi va mintaqada sayyohlarga noyob me’moriy yodgorliklarni mazmun-mohiyatini tushuntirish,  keng targ‘ib qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish