Turobova Maloxat Abduraxim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek qo‘g‘irchoq teatri rejissurasi”, 17.00.01 — Teatr san'ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/San2l6.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Anvar Xamdamjonovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nigora G‘anievna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Umarov Ma’mur Botashikovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek qo‘g‘irchoq teatri rejissurasi taraqqiyotining asosiy yo‘na1ishlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek qo‘g‘irchoq teatrining shakllanish va rivojlanish davrida (1930-1990) K.S.Stanis1avskiy sistemasi asosidagi psixologik aktyorlik maktabi yuzaga kelgani natijasida jonli plandagi aktyor ijrosi hamda realistik qo‘g‘irchoq-qahramonlar vujudga kelgani, rok-opera, ertak- opera kabi murakkab musiqiy janrdagi spektakllarda dramatik hamda psixologik obrazlar talqin etilgani aniqlangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida o‘zbek qo‘g‘irchoq teatrida xalq eposi, tarixiy mavzular, jahon klassikasiga e'tiborning ortishi natijasida metaforaga boy ssenografik vositalar, falsafıy va romantik qahramon obrazini talqin etish tajribalari takomillashgani asoslangan;
globallashuv va raqamli texnologiyalar davrida multimedia, proeksiya, sensorli texnologiya, soya teatri elementlarining rivojlanishi natijasida “animant” konsepsiyasi, “gibrid” texnikasi, “ochiq animator”, “obekt teatri” usullari, “niqob-qo‘g‘irchoq” kabi talqin vositalari hamda elektron kuy va ohanglardan keng foydalanilayotganligi dalillangan;
o‘zbek qo‘g‘irchoq teatri rejissurasi sobiq sovet davri (1930-1990), mustaqillikning ilk yillari (1991-2010) hamda globallashuv va raqamli texnologiyalar davri (2025 yilgacha kuzatilgan) singari rivojlanish bosqichlariga bo‘linishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek qo‘g‘irchoq teatri rejissurasining shakllanishi va rivojlanishi masalasi yuzasidan olingan ilmiy xulosalar asosida:
o‘zbek qo‘g‘irchoq teatri rejissurasi sobiq sovet davri (1930-1990), mustaqillikning ilk yillari (1991-2010) hamda globallashuv va raqamli texnologiyalar davri (2025 yilgacha kuzatilgan) singari rivojlanish bosqichlariga bo‘linishi asoslangani hamda globallashuv va raqamli texnologiyalar davrida multimedia, proeksiya, sensorli texnologiya, soya teatri elementlarining rivojlanishi natijasida “animant” konsepsiyasi, “gibrid” texnikasi, “ochiq animator”, “obekt teatri” usullari, “niqob-qo‘g‘irchoq” kabi talqin vositalari hamda elektron kuy va ohanglardan keng foydalanilayotganligi dalillangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yillik hisoboti kengashida qo‘g‘irchoq teatrlari va dramaturglar faoliyatini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 6-oktyabrdagi 01-03/307-son ma’lumotnomasi). Natijada, dramaturgiya va rejissuradagi yutuq va muammolarni aniqlash orqali kelgusida kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
o‘zbek qo‘g‘irchoq teatrining shakllanish va rivojlanish davrida (1930-1990) K.S.Stanislavskiy sistemasi asosidagi psixologik aktyorlik maktabi yuzaga kelgani natijasida jonli plandagi aktyor ijrosi hamda realistik qo‘g‘irchoq-qahramonlar vujudga kelgani, rok-opera, ertak- opera kabi murakkab musiqiy janrdagi spektakllarda dramatik hamda psixologik obrazlar talqin etilgani aniqlangani va mustaqillikning dastlabki yillarida o‘zbek qo‘g‘irchoq teatrida xalq eposi, tarixiy mavzular, jahon klassikasiga e'tiborning ortishi natijasida metaforaga boy ssenografik vositalar, falsafıy va romantik qahramon obrazini talqin etish tajribalari takomillashgani asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efırga ketgan “Ochiq namoyish” ko‘rsatuvining ssenariysini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2023 yil 24 fevraldagi 01-02-01/35-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinning badiiy-tanqidiy savodxonligi yuksalishiga hamda bildirilgan kamchiliklar yuzasidan rejissyor va aktyorlar o‘rinli xulosalarga ega bo‘lib, spektaklni badiiy jihatdan mustahkamlashiga xizmat qilgan.