Raxmatullaeva Nigora Ruzmetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Eshitishi buzilgan bolalarda koxlear implantatsiyasi o‘tkazguncha va o‘tkazilgach og‘iz bo‘shlig‘i morfofunksional xolatini baxolash» 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3881.
Ilmiy raxbar: Nigmatova Iroda Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Yudin Dmitriy Konstantinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi; Xabilov Nu’mon Luqmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarda koxlear implantatsiyadan oldin va keyin og‘iz bo‘shlig‘ining morfo-funksional xolatini kompleks baxolash xamda nutq reabilitatsiyasi samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompleks tekshiruvlar taxlili asosida eshitishi buzilgan bolalarda nutq faoliyatining rivojlanmasligi og‘iz bo‘shlig‘i morfo funksional holatiga ta’sir etishi va tish jag‘ tizimi anomaliya va deformatsiyalarining yuzaga kelish chastotasi bilan bevosita korrelyasion bog‘liqlik (r>0) aniqlangan;
koxlear implantatsiya o‘tkazilgan bolalar og‘iz bo‘shlig‘i miofunksional, gigienik indeks, xayot indeksi va ortodontik indeks o‘lchov parametrlarini 31,3% dan 57,2% ga ijobiy tomonga o‘zgarishi isbotlangan;
eshitishi buzilgan bolalarning koxlear implantatsiyadan keyin elektromiogramma tahlilida chaynov mushaklarining miqdoriy ko‘rsatkichlar dinamik siklining o‘rtacha davomiyligi 0,85-0,90 sek gacha oshishi bilan isbotlangan;
koxlear implantatsiyadan keyin bolalar salomatligini yaxshilash uchun anomaliyaning kechish davomiyligi va darajasini hisobga olgan xolda kompleks reabilitatsiya algoritmi ishlab chiqilgan va reabilitatsiya samaradorligi 13,3%ga oshishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
2-14 yoshli koxlear implantatsiya o‘tkazilgan bolalarda nutq faoliyati reabilitatsiyasi samaradorligini oshirish maqsadida tish-jag‘ tizimi anomaliyalarini erta tashxislash, oldini olish va davolashning yangicha yondashuvi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Koxlear implantatsiyadan keyin reabilitatsiyaning dastlabki bosqichlarida og‘iz bo‘shlig‘ining morfo funksional xolatiga ko‘ra bolalarda talaffuz qobiliyatini rivojlantirishning individual va shaxsiy xususiyatlari aniqlandi va to‘rtta daraja aniqlandi. Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.25 yildagi 01-r/112 son bilan tasdiqlangan xulosasi “Eshitishi buzilgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘ziga xos klinik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklari amaliyotga joriy etish ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash soxasi amaliyotiga, xususan, Andijon viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasiga (2025 yil 13 aprel` 84 sonli buyruq), Toshkent shaxar Shayxontoxur tumani “TO‘RTINChI” MChJ stomatologiya poliklinkasiga (2025 yil 1 aprel` 39 sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan davolash profilaktik usullar eshitishida nuqsoni bor bolalarda tish-jag‘ tizimida prikus anomaliyalari sababli og‘iz bo‘shlig‘i morfo-funksional o‘zgarishlarda nutq buzilishiga olib kelishini erta tashxislab, hosil bo‘layotgan anomaliyalarning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: eshitishi buzilgan bolalarni Koxlear implantatsiya utkazilgach, prikus anomaliyalari sababli nutq faoliyati buzilgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ini morfo-funksional xolatidagi o‘zgarishlarni aniqlab, erta ortodont shifokori ko‘rigidan o‘tishi tufayli bolalarda ko‘p bosqichli kompleks davolashga extiyoj kamayadi, sarflanadigan mablag‘i to‘liq narxi 450 ming so‘mga qisqarganligini ko‘rsatdi. Xulosa: Koxlear implantatsiyadan keyin nutq reabilitatsiyasni tiklash maqsadida, bolalarda o‘z vaqtida ortodontik davolash iqtisodiy samaradorligi 36,8%ni tashkil etgan. Shuningdek davolanish kunlari o‘rtacha 2-3 oyga qisqartirildi va anomaliyaning qaytalanish darajasi sezilarli darajada kamaytirildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: koxlear implantatsiya o‘tkazilgan bolalarda eshitish qobiliyati va nutqni rivojlantirish xususiyatlariga ega bo‘lgan bolalar guruxi ekanligi, miogimnastik, gigienik, xayotiy va ortodontik indekslar ko‘rsatkichlari yaxshi tomonga o‘zgarishi natijasida ortodontik yordamga muxtojligi 11,6% ga kamayishi isbotlangani Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.25 yildagi 01-r/113 son bilan tasdiqlangan xulosasi “Eshitishi qobiliyati zaif bolalarda koxlear implantatsiyasidan keyin og‘iz bo‘shlig‘ining moro funksional xolatini o‘rganish xamda kompleks reabilitatsiya dasturini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklari amaliyotga joriy etish ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash soxasi amaliyotiga, xususan, Andijon viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasiga (2025 yil 13 aprel` 84 sonli buyruq), Toshkent shaxar Shayxontoxur tumani “TO‘RTINChI” MChJ stomatologiya poliklinkasiga (2025 yil 1 aprel` 39 sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan eshitishida nuqsoni bor bolalarni koxlear implantatsiyadan keyin nutq faoliyatini tiklash maqsadida tish jag‘ anomaliya va deformatsiyalarining kechish davomiyligi , darajasini xisobga olgan xolda kompleks davolash algoritmi ishlab chiqilgan va hosil bo‘layotgan anomaliyalarning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: eshitishi buzilgan bolalarni Koxlear implantatsiya utkazilgach, prikus anomaliyalari sababli nutq faoliyati buzilgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ini morfo-funksional xolatidagi o‘zgarishlarni aniqlab, erta ortodont shifokori ko‘rigidan o‘tishi tufayli bolalarda ko‘p bosqichli kompleks davolashga extiyoj kamayadi, sarflanadigan mablag‘i to‘liq narxi 450 ming so‘mga qisqarganligini ko‘rsatdi. Xulosa: Davolanish kunlari o‘rtacha 2-3 oyga qisqartirildi va anomaliyaning qaytalanish darajasi sezilarli darajada kamaytirildi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda nutqning buzilishiga olib kelgan prikus anomaliyalari mavjud bolalrni salomatligini yaxshiloash uchun anomaliyaning kechish davomiyligi va darajasini xisobga olgan xolda kompleks davolash algoritmi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi bu gurux bolalarda profilaktika xisobiga ortodontik muolajaning 12,3% ga qisqarishi bilan isbotlangani Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.25 yildagi 01-r/113 son bilan tasdiqlangan xulosasi “Eshitishi qobiliyati zaif bolalarda koxlear implantatsiyasidan keyin og‘iz bo‘shlig‘ining moro funksional xolatini o‘rganish xamda kompleks reabilitatsiya dasturini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklari amaliyotga joriy etish ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash soxasi amaliyotiga, xususan, Andijon viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasiga (2025 yil 13 aprel` 84 sonli buyruq), Toshkent shaxar Shayxontoxur tumani “TO‘RTINChI” MChJ stomatologiya poliklinkasiga (2025 yil 1 aprel` 39 sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan eshitishida nuqsoni bor bolalarni koxlear implantatsiyadan keyin nutq faoliyatini tiklash maqsadida tish jag‘ anomaliya va deformatsiyalarining kechish davomiyligi, darajasini xisobga olgan xolda kompleks davolash algoritmi ishlab chiqilgan va hosil bo‘layotgan anomaliyalarning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: eshitishi buzilgan bolalarni Koxlear implantatsiya utkazilgach, prikus anomaliyalari sababli nutq faoliyati buzilgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ini morfo-funksional xolatidagi o‘zgarishlarni aniqlab, erta ortodont shifokori ko‘rigidan o‘tishi tufayli bolalarda ko‘p bosqichli kompleks davolashga extiyoj kamayadi, sarflanadigan mablag‘i to‘liq narxi 450 ming so‘mga qisqarganligini ko‘rsatdi. Xulosa: Koxlear implantatsiyadan keyin nutq reabilitatsiyasni tiklash maqsadida, bolalarda o‘z vaqtida ortodontik davolash iqtisodiy samaradorligi 36,8%ga kamaygan. Shuningdek davolanish kunlari o‘rtacha 2-3 oyga qisqartirildi va anomaliyaning qaytalanish darajasi sezilarli darajada kamaytirildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda Koxlear implantatsiyadan keyin nutq faoliyatini tiklashga qartilgan mul`tidissiplinar kompleks yondoshuvga asoslangan algoritm bo‘yicha reabilitatsiya samaradorligini 17,6% ga oshirilganini isbotlangani Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.25 yildagi 01-r/113 son bilan tasdiqlangan xulosasi “Eshitishi qobiliyati zaif bolalarda koxlear implantatsiyasidan keyin og‘iz bo‘shlig‘ining moro funksional xolatini o‘rganish xamda kompleks reabilitatsiya dasturini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklari amaliyotga joriy etish ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash soxasi amaliyotiga, xususan, Andijon viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasiga (2025 yil 13 aprel` 84 sonli buyruq), Toshkent shaxar Shayxontoxur tumani “TO‘RTINChI” MChJ stomatologiya poliklinkasiga (2025 yil 1 aprel` 39 sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan eshitishida nuqsoni bor bolalarni koxlear implantatsiyadan keyin nutq faoliyatini tiklash maqsadida tish jag‘ anomaliya va deformatsiyalarining kechish davomiyligi , darajasini xisobga olgan xolda kompleks davolash algoritmi ishlab chiqilgan va hosil bo‘layotgan anomaliyalarning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: eshitishi buzilgan bolalarni Koxlear implantatsiya utkazilgach, prikus anomaliyalari sababli nutq faoliyati buzilgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ini morfo-funksional xolatidagi o‘zgarishlarni aniqlab, erta ortodont shifokori ko‘rigidan o‘tishi tufayli bolalarda ko‘p bosqichli kompleks davolashga extiyoj kamayadi, sarflanadigan mablag‘i to‘liq narxi 450 ming so‘mga qisqarganligini ko‘rsatdi. Xulosa: Koxlear implantatsiyadan keyin nutq reabilitatsiyasni tiklash maqsadida, bolalarda o‘z vaqtida ortodontik davolash iqtisodiy samaradorligi 36,8%ga kamaygan. Shuningdek davolanish kunlari o‘rtacha 2-3 oyga qisqartirildi va anomaliyaning qaytalanish darajasi 12%ga kamaytirildi.