Umarova Saodat Sulaymonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Zamonaviy bosqichda bolalarda revmatik isitmaning profilaktikasi va dispanserizatsiyasini takomillashtirish", 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2737.
Ilmiy raxbar: Muxamadieva Lola Atamurodovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Oliya Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy bosqichda o‘tkir revmatik isitma hamda surunkali streptokokkli infeksiyaning klinik-instrumental va laborator xususiyatlarini o‘rganish asosida kasallikning dispanserizatsiya va profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir revmatik isitma bilan kasallangan bolalarda tana haroratining subfebril ko‘tarilishi, poliartralgiya (68,9%), ko‘pincha subklinik kardit (75,5%) va uni mitral regurgitatsiya (74,6%) bilan kechishi aniqlangan;
bolalarda o‘tkir revmatik isitma subklinik kardit ko‘rinishida kechganda qon zardobida sitokin statusini o‘zgarishi, ya’ni IL-6 miqdorini 1,5 barobar yuqori bo‘lishi aniqlangan;
o‘tkir revmatik isitma bilan og‘rigan bolalarda kardiometrik tekshirishlar orqali gemodinamik, metabolik va adaptiv ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada o‘zgarishi aniqlagan va bu usul keyinchalik surunkali yurak revmatik kasalligi rivojlanish xavfini baholashda yuqori diagnostik qimmatga ega ekanligi asoslangan;
o‘tkir revmatik isitma bilan og‘rigan bolalarda umumiy klinik, immunologik va og‘iz-halqum ajralmasining bakteriologik tahlillarini inobatga olgan holda an’anaviy kompleks davo muolajasiga qo‘shimcha bakteriofag preparatini qo‘llash orqali davolash usuli takomillashtirilgan va uning yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda o‘tkir revmatik isitmaning kechish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 may 18/11-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘tkir revmatik isitma bilan kasallangan bolalarda tana haroratining subfebril ko‘tarilishi, poliartralgiya (68,9%), ko‘pincha subklinik kardit (75,5%) va uni mitral regurgitatsiya (74,6%) bilan kechishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2024 yil 4 dekabrda 4-soni bilan tasdiqlangan "Bolalarda o‘tkir revmatik isitmaning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi" nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati bolalar ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 24 yanvardagi 63-U§2-sonli buyruq asosida kardiorevmatollogiya bo‘limi, Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga kardiologiya bo‘limida 2025 yil 10 fevraldagi 10-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 maydagi 18/11-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorlik: revmatik isitmani klinik kechishini inobatga olgan xolda tashxis kuyish surunkali yurak revmatik kasalligi rivojlanishining oldini olish, bolaning umumiy holatini yaxshilash va asoratlar xavfini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir revmatik isitmani va uning asoratlarini o‘z vaqtida aniqlash tufayli davlat tomonidan bolalar bo‘limidagi har bir bemorni standart davolash uchun sarflanadigan 742 872 so‘m mablag‘ tejalgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘tkir revmatik isitma subklinik kardit ko‘rinishida kechganda qon zardobida sitokin statusini o‘zgarishi, ya’ni IL-6 miqdorini 1,5 barobar yuqori bo‘lishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 4 dekabrdagi 4-soni bilan tasdiqlangan “Bolalarda o‘tkir revmatik isitmaning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 24 yanvardagi 63-U§2-sonli buyrug‘i bilan, Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 10-fevral 10-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 22-maydagi 18/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: interleykin-6 darajasini aniqlash kasalliklarning og‘ir shakllari rivojlanishining zamonaviy oldini olishga, shuningdek, bolaning takroriy kasallanishining oldini olish va shu bilan uning salomatligini saqlash bo‘yicha davolash chora-tadbirlari taktikasini aniqlashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorlik: IL-6 darajasini hisobga olgan holda kompleks davoni qo‘llash o‘tkir revmatik isitmaga chalingan bolalarda subklinik karditni samarali davolash mumkin bo‘lib, har bir bemor uchun yiliga davlat mablaglarini tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: kardiometrik tekshirishlar orqali o‘tkir revmatik isitma bilan og‘rigan bolalarda miokarddagi metabolik o‘zgarishlarni aniqlashda instrumental tadqiqotlarning noinvaziv usuli sifatida kardiometriya orkali kardiovaskulyar buzilishlarni erta tashxislash mumkinligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 4 dekabrdagi 4-soni bilan tasdiqlangan "Zamonaviy bosqichda bolalarda o‘tkir revmatik isitmani dispanserizatsiyasini takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 24 yanvardagi 63-U§2-sonli buyrug‘i bilan, Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 10-fevral 10-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 22-maydagi 18/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: kardiometriyada metabolik o‘zgarishlarni monitoring qilish orqali surunkali yurak revmatik kasalligi rivojlanishini oldindan bashorat qilish va uning kechishini nazorat ostida ushlab turish imkoniyati yaratiladi. Iqtisodiy samaradorlik: miokardda metabolik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida nazorat qilish orqali kasallik qo‘zg‘alishlarining sonini kamaytirish va statsionar davolanish ehtiyojini yiliga 3–5 martadan 1–2 martagacha qisqartirish imkoniyatini berib, bir bemorga to‘g‘ri keladigan dignostika xarajatlarini yiliga 197 000 so‘mgacha kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir revmatik isitma bilan og‘rigan bolalarda umumiy klinik, immunologik va og‘iz-halqum ajralmasining bakteriologik tahlillarini inobatga olgan holda an’anaviy kompleks davo muolajasiga qo‘shimcha bakteriofag preparatini qo‘llash orqali davolash usuli takomillashtirilgan xamda uning yuqori samaradorligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2024 yil 4 dekabrdagi 4-soni bilan tasdiqlangan "Zamonaviy bosqichda bolalarda o‘tkir revmatik isitmani dispanserizatsiyasini takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 24 yanvardagi 63-U§2-sonli buyrug‘i bilan, Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 10-fevral 10-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 22-maydagi 18/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: bakteriofagni antibiotiklar bilan kompleks qo‘llash antibiotiklarga chidamli bakteriyalarni tanlab nishonga olish va natijada o‘tkir revmatik isitma kasalligi bo‘lgan bolalarda kasallikning qaytalanishini oldini olishga bolalar jismoniy faolligini tez tiklanishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorlik: dori vositasining yuqori biomavjudligi va yaxshi o‘zlashtirilishi tufayli qisqa muddat ichida klinik jihatdan ahamiyatli natijaga erishish, nojo‘ya ta’sirlarsiz terapiyani amalga oshirish, bu esa davolash kursi davomiyligini qisqartirish, qo‘shimcha dori vositalarga bo‘lgan ehtiyojni va qayta-qayta shifoxonaga yotqizish holatlarini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimi va bemorning oilasi uchun har bir bolaga xarajat qilinadigan mablag‘larni tejash imkonini beradi.