Yuldasheva Farangiz Ismatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Qin mikrobiotsenozi buzilgan ayollarda homiladorlikni olib borishni takomillashtirish va homila tushishi xavfini oldini olish", 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3001.
Ilmiy raxbar: Zakirova Nodira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Negmatjanov Baxodir Baltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ruzieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anamnezida homila tushishi bo‘lgan, hamda qin mikrobiotsenozining buzilishi bilan kasallangan homiladorlarda klinik-laborator ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali davolash-profilaktika chora tadbirlarini takomillashtirish va uning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anamnezida homila tushushi bo‘lgan va qin mikrobiotsenozi buzilgan homiladorlarda eng muhim prognostik xavf omillari: siydik yullari infeksiyasi-53,8%, kamqonlik-82,4%, jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari-42.8%, va homiladorlikning birinchi trimestrida qin mikrobioti tarkibida Gardnerella vaginalis mikroorganizmining uchrash chastotasining ustunligi aniqlangan;
anamnezida homila tushishi bo‘lgan va qin mikrobiotsenozi buzilgan homiladorlarda qin shillig‘ida yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-1 β, IL-8 va TNF-α) miqdorining ko‘payishi, xamda yallig‘lanishga qarshi sitokin (IL-4) miqdorining kamayishi aniqlangan va bu ko‘rsatkichlar homila tushishini bashorat qilishda prognostik marker ekanligi asoslangan;
anamnezida homila tushishi bo‘lgan va qin mikrobiotsenozi buzilgan homiladorlarda qin mikroflorasining nomutanosibligi va yallig‘lanish oldi sitokin ko‘rsatkichlari bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor anamnezida homila tushishi bo‘lgan va qin mikrobiotsenozi buzilgan homiladorlarda kompleks davo chora-tadbirlari probiotiklarni qo‘shimcha qo‘llash orqali takomillashtirilgan va uning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yildagi 7 maydagi 17/14-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: anamnezida homila tushushi bo‘lgan va qin mikrobiotsenozi buzilgan homiladorlarda eng muhim prognostik xavf omillari: siydik yullari infeksiyasi-53,8%, kamqonlik-82,4%, jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari-42.8%, va homiladorlikning birinchi trimestrida qin mikrobioti tarkibida Gardnerella vaginalis mikroorganizmining uchrash chastotasining ustunligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2023 yil 3 maydagi 9-son bilan tasdiqlangan «Qin mikrobiotsenozi buzilgan ayollarda homiladorlikni olib borish taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga 2024 yil 16 maydagi 80-sonli buyrug‘i bilan, Respublika Ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Davlat muassasasining Samarqand viloyati filialiga 2025 yil 12 apreldagi 256-u-sonli buyrug‘i bilan bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/14-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: prognostik omillarning aniqlanishi hamda qin mikrobioti tarkibining tahlili davolash chora-tadbirlarini to‘g‘ri yo‘naltirish orqali homila tushishini oldini olishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: homila tushishiga olib keluvchi xavf omillarini erta aniqlash va davolash qo‘shimcha tekshiruvlar va tahlillar xarajatini kamaytirishga imkon bergan va bir kunlik yotoq kunlar xisobidan (1 kunda 90000 so‘m xisobidan) 630000 so‘m mablag‘ tejalgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: anamnezida homila tushishi bo‘lgan va qin mikrobiotsenozi buzilgan homiladorlarda qin shillig‘ida yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-1 β, IL-8 va TNF-α) miqdorining ko‘payishi, xamda yallig‘lanishga qarshi sitokin (IL-4) miqdorining kamayishi aniqlangan va bu ko‘rsatkichlar homila tushishini bashorat qilishda prognostik marker ekanligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2023 yil 3 mayda 9-soni tasdiqlangan «Qin mikrobiotsenozi buzilgan ayollarda homiladorlikni olib borish taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga 2024 yil 16 maydagi 80-sonli buyrug‘i bilan, Respublika Ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Davlat muassasasining Samarqand viloyati filialiga 2025 yil 12 apreldagi 256-u-sonli buyrug‘i bilan bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/14-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: anamnezida homila tushishi bo‘lgan va qin biotsenozi buzilgan homiladorlar qin shillig‘ida yallig‘lanish markyorlari prognostik omil sifatida aniqlanishi homila tushishini patofiziologik mexanizmlarini asoslashga hamda terapevtik chora-tadbirlar sxemasini to‘g‘ri shakllantirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: prognostik markyorlar asosida homiladorlik kechishini bashorat qilish orqali homiladorlikni olib borish homila tushishini oldini olish va mehnatga layoqatsizlik kunlari sonini qisqartirishga imkon bergan va har bir bemor standart davolanishi uchun sarflanadigan mablag‘ hisobidan 385779 so‘m mablag‘ tejalgan.
uchinchi ilmiy yangilik: anamnezida homila tushishi bo‘lgan va qin mikrobiotsenozi buzilgan homiladorlarda qin mikroflorasining nomutanosibligi va yallig‘lanish oldi sitokin ko‘rsatkichlari bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2023 yil 3 mayda 9-soni tasdiqlangan «Qin mikrobiotsenozi buzilgan ayollarda homiladorlikni olib borish taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga 2024 yildagi 16 maydagi 80-sonli buyrug‘i bilan, Respublika Ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Davlat muassasasining Samarqand viloyati filialiga 2025 yil 12 apreldagi 256-u-sonli buyrug‘i bilan bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/14-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: homila tushishi bo‘lgan va qin biotsenozi buzilgan homiladorlarda qin mikroflorasining nomutanosibligi asosida yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini aniqlash homila tushishi yuz berish ehtimolini oldindan bashorat kilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: anamnezida homila tushishi bo‘lgan va qin mikrobiotsenozining buzilishi bilan homilador ayollarda chuqur klinik patogenetik tadqiqotlar asosida erta diagnostika va davolash samaradorligini oshirish orqali homiladorlikni saqlash va statsionarda yotoq kunlari va murojatlar sonini kamaytirish natijasida byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor anamnezida homila tushishi bo‘lgan va qin mikrobiotsenozi buzilgan homiladorlarda kompleks davo chora-tadbirlari probiotiklarni qo‘shimcha qo‘llash orqali takomillashtirilgan va uning samaradorligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2023 yil 3 mayda 9-soni tasdiqlangan «Homiladorlik davrida qin disbiozini davolashning o‘ziga xos xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga 2024 yildagi 16 maydagi 80-sonli buyrug‘i bilan, Respublika Ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Davlat muassasasining Samarqand viloyati filialiga 2025 yil 12 apreldagi 256-u-sonli buyrug‘i bilan bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17/14-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: anamnezida homila tushishi bo‘lgan va qin biotsenozi buzilgan homiladorlarda kompleks davo chora-tadbirlari probiotiklarni qo‘shimcha qo‘llash homilani saqlab qolishda samarali ta’sir ko‘rsatgan. Iqtisodiy samaradorligi: homila tushishi bo‘lgan va qin biotsenozi buzilgan kasallangan homiladorlarda takomillashtirilgan kompleks davo chora-tadbirlari sifatida probiotiklarni qo‘llash statsionarda ortiqcha yotish kunlarini qisqartirgan va byudjet mablag‘lari tejalgan.